Ma’noning kengayishi
Ma’noning kengayishi –leksemaning ma’no hajmida tor ma’nodan keng
ma’noga qarab siljishning yuz berishi. Masalan, yaylov so’zi dastlab “tog,ning
tepasidagi o’tloq”ni ifodalagan: qadimgi turkiy tilda yay so’zi “yoz”ni, yaylag’
so’zi esa “yozlaydigan joy”ni anglatgan. Chorvadorlar yoz payti molni tog’ning
tepasidagi o’tloqlarda (“yayllag’”da) boqishgan, qishda esa “yaylag’”dan
“qishlag’”ga tushib kelishgan. Hozirgi paytda yaylov so’xi faqat tog’ning
tepasidagi “mol boqiladigan o’tloq”ni emas, balki umuman “mol boqiladigan
maydon”ni anglatadi, bunday maydon tog’ning tepasida ham, dasht-adirlarda va
hatto pasttekisliklarda ham bo’lishi mumkin. Bunday ma’no kengayishi qishloq
so’zining semantikasida ham sodir bo’lgan: u dastlab “qish faslida yashaydigan
joy”ni anglatgan, hozir esa umuman “aholi yashaydigan punktning bir turi”
ma’nosini ifodalaydi.
Tilshunoslikda atoqli otning turdosh otga o’tishini ma’no kengayishi deb
baholash holatlari ham bor. Masalan, Rizamat (atoqli ot) – rizamat (mahalliy,
xo’raki va mayizbop uzum navi). Bu nav mashhur sohibkor Rizamat ota
Musamuhamedov tomonidan yetishtirilgan va shu sohibkor nomi bilan atalgan
(demak, so’zning ma’no hajmi kengaygan).
Ma’noning torayishi
Ma’noning torayishi- leksemaning ma’no hajmida keng ma’nodan tor
ma’noga qarab siljishning yuz berishi. Masalan: vatan (keng ma’noda; “kishi
tug’ilib o’sgan mamlakat, ona yurt”) – vatan (tor ma’noda: “kishi tug’ilib o’sgan
shahar yoki qishloq”).
Turdosh otning atoqli otga o’tishi ham tilshunoslikda ma’no torayishi deb
qaraladi. Masalan, bolta (turdosh ot) – Bolta (atoqli ot), lola (turdosh ot) – Lola
(atoqli ot) kabi.
Leksik ma’no taraqqiyoti natijalari
Do'stlaringiz bilan baham: |