«O’zbеk tili lеksikоlоgiyasi» fanidan m a ‘ r u z a L a r m a t n I


Download 445.56 Kb.
bet24/66
Sana06.11.2023
Hajmi445.56 Kb.
#1752765
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   66
Bog'liq
Хожибойга ma\'ruza-hozir.org

Kontekstual sinonimiya 
Kontekstual 

sinonimiya- 
til

birligi
sifatida 


o’zaro
sinonim

bo’lmaganleksemalarning ma’lum kontekst doirasida (demak, nutq ichida)


sinonimik munosabatga kirishishi. Masalan, chinni va kosa so’zlarining leksik 
ma’nolari birxil emas: chinni “idish-tovoq, izolatsion materiallar yasash uchun
ishlatiladigan oq loy”ni, kosa esa “piyoladan kattaroq idish”ni ataydi, shunga ko’ra 
ular sinonim hisoblanishmaydi, ammo ayrim shevalarda chinni leksemasi “kosa”
ma’nosida ham qo’llanadi, binobarin, shu shevaga xos konrekst ichida u kosa 


leksemasining sinonimiga aylanadi. Masalan, Xoljonbika... xitoyi chinnida moy 



olib keldi. (J. Sh.).
Kontekst doirasida sinonimlashish hodisasi ayniqsa, muallif leksemasining 
nutqdagi qo’llanishida ko’p uchraydi. Ma’lumki, muallif leksemasining sistemasi
tarkibida “yozuvchi”, “shoir”, “hikoyanavis”, “olim”, “ixtirochi” kabi qator 
semalar mujassamlashgan. Demak, uning ma’no ko’lami ancha keng. Kontekst
ichida esa muallif sememasining shu semalaridan biri aktuallashadi, qolganlari 
reallashmaydi. Masalan, roman, hikoya kabi nasriy asarlar haqida gap ketganda

muallif leksemasi faqat “yozuvchi” ma’nosida qo’llanadi, demak, yozuvchi 
leksemasining kontekstual sinonimiga aylanadi, kontekstdan tashqarida esa bu ikki 
so’z sinonim bo’la olmaydi, chunki ularning ma’no ko’lami o‘zaro teng emas.
Tilda leksik manolari o’zaro teng bo’lib, farqlovchi semalari bo’lmagan 
leksemalar ham uchraydi: so’roq va savol, xabar va darak, tema va mavzu, ot va 

nom kabi. Tilshunoslikda bu kabi leksemalar absolut sinonimlar yoki leksik 

dubletlar deb ikki xil nomlanmoqda.

Download 445.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling