«O’zbеk tili lеksikоlоgiyasi» fanidan m a ‘ r u z a L a r m a t n I


Download 445.56 Kb.
bet27/66
Sana06.11.2023
Hajmi445.56 Kb.
#1752765
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   66
Bog'liq
Хожибойга ma\'ruza-hozir.org

Kontekstual antonimiya 

Kontekstual antonimiya o’zaro zid ma’no ifoda etmagan leksemalarning
ma’lum kontekst ichida so’zlovchi yoki muallif tomonidan antonimik 
munosabatlarga kiritilishidir. Buni quyidagi she’riy misralar tahlilida ko’rish
mumkin:

Ushoq qand oq tuzga monand erur,


Va lekin biri tuz, biri qand erur. 
(A.

Navoiy) 

Aytur so’zni ayt, 
Aytmas so’zdan qayt
(A.

Navoiy) 

Sichqonlarga nisbatan
Poyloqchiman to’g’riman. 
Ko’rsam tekin go’sht ba’zan
Chidolmayman- o’g’riman. 
1
Antonimlarni tavsiflash va tasvirlashda ko’proq quyidagi adabiyotlarga tayanildi. 

Rahmatullayev Sh., Mamatov N., Shukurov R., “O’zbek tili antonimlarining izohli lug’ati”.-T.: “O’qituvchi”, 1980.


Tursunov U., Muxtorov J., Rahmatullayev Sh., Ko’rsatilgan asar. 120-126-b. 
Usmonov S. Antonimlar // “O’zbek tili va adabiyoti masalalari” jurn., 1958, 2-son, 38-b.
Исабеков В. О. Лексическая антонимия в современном узбекском языке. АКД.-Т.: 1973. 
Шукуров Р. Лексико-семантическая природа антонимов. АКД. –Т.: 1973.
Shukurov R., O’zbek tilida antonimlar.-T.: 1977.


(O. Q.)
Bu misollarda qo’llangan qand va tuz, ayt va qayt hamda to’g’ri va o’g’ri


so’zlari aslida (tilda) antonimlar emas, ammo birinchi misolning ikkinchi misrasida
qand va tuz leksemalari muallifning leksik qo’llashi natijasida “achchiq” va
“shirin” (demak, “yaxshi” va “yomon”) ma’nolarini, ikkinchi misoldagi ayt va 


qayt leksemalari “ayt” va “aytma” degan zid ma’nolarni, uchinchi misoldagi

to’g’ri va o’g’ri leksemalari esa “o’g’ri emas” va “o’g’ri” ma’nolarini ifoda etib,
kontekstual antonimiya hosil qilgan (bunda to’g’ri leksemasi otlashgan). 
Bunday qo’llanish olmoshlarda va sonlarda ham uchraydi: Bir u deydi, bir bu 

deydi, deganda va bu olmoshlarida kontekstual zidlanish bor.



Download 445.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling