«O’zbеk tili lеksikоlоgiyasi» fanidan m a ‘ r u z a L a r m a t n I


Leksemalarning sinonim bo’la olmaydigan holatlari


Download 445.56 Kb.
bet25/66
Sana06.11.2023
Hajmi445.56 Kb.
#1752765
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   66
Bog'liq
Хожибойга ma\'ruza-hozir.org

Leksemalarning sinonim bo’la olmaydigan holatlari 
Quyidagi holatlarda leksemalar o’zaro sinonim bo’la olmaydi:
1. Turli turkum leksemalari: ot bilan sifat, sifat bilan fe’l va b.lar. 
2. Bir turkum leksemalarida keng tushuncha nomlari bilan tor tushuncha
nomlari. Bunday holat ko’proq terminologiyaga xosdir. Masalan, botanikada tur 
va xil tarminlarining tushuncha doirasi teng emas: tur tarmini urug’dosh bo’lgan
bir necha xil va navlarni o’z ichiga olgan takson tushunchasini ifodalaydi, ayni 
paytda turlar turkumlarga, turkumlar esa oilalarga birlashadi. Shunga ko’ra tur 
va xil, tur va turkum kabi sinonimik qatorlar bo’lishi mumkin emas. 
3. Ijtimoiy mohiyati teng bo’lmagan hodisa-voqeliklarning nomlari: qozi va 

sudya, mirshab va militsioner kabilar. Bulardan qozi va mirshab leksemalari
feodal tuzumdagi voqelikni, sudya va militsioner leksemalari esa hozirgi 
demokratik tuzumga xos voqelikni nomlaydi.
Sinonimiyaning turli leksik qatlamlarga mansub bo’lishi 
Sinonimik munosabatda bo’lgan so’zlar o’zbek tili lug’at boyligining turli
leksik qatlamlariga mansubdir. Masalan, anglamoq (o’zb.)- tushunmoq (o’zb.); 


go’zal (umumtil.)-suluv (dial.); husn (ar.)- chiroy (f-t.); xat (ar.)-maktub (ar.)-noma 
(f-t.); kishi (o’zb.)-odam (ar.); ko’k (o’zb.)-osmon (t-f.)-falak (ar.); analiz (r-b.)- 


tahlil (ar.); tema (r-b.)-mavzu (ar.) kabi.


Sinonimiya va polisemiya 
Sinonimiya va polisemiya o’rtasida ma’lum bir bog’lanish bor. Xususan,
polisemantik leksema har bir ma’nosi bilan boshqa-boshqa sinonimik qatorlarga 
kirishi mumkin: olov yoqmoq va o’t yoqmoq (sinonimlar: olov va o’t), quyosh

olovi va quyosh harorati (sinonimlar: olov va harorat), olov yigit va g’ayratli
yigit (sinonimlar: olov va g’ayratli): bunda olov leksemasining “predmet” semasi 
so’nib, “belgi” semasi faollashgan.



Sinonimlar nutqda muhim uslubiy vosita sanaladi: ular nutqning ravon va


ta’sirli bo’lishini, fikrning aniq va obrazli chiqishini ta’minlaydi. 
I z o h: Sinonimiya hodisasi frazemalar va grammatik birliklar (morfemalar,
so’z birikmalari va gaplar) doirasida, shuningdek, leksema va frazema 
munosabatlarida ham uchraydi. (Bu haqda “Frazeologiya” va “Grammatika”
bo’limlariga qaralsin).
Tekshirish savollari va topshiriqlar 
1.

Sinonimiya nima ?


2.

Sinonimiya hodisasining so’z turkumlariga munosabati qanday ?


3.

Sinonimik qator va dominanta haqida ma’lumot bering.


4.

Leksik sinonimlarning qanday turlari bor ?


5.

Ma’no sinonimlari, uslubiy sinonimlar va nutqiy sinonimlar qanday


farqlanadi ? 
6.

Qanday holatlarda kontekstual sinonimlar yuzaga keladi ? 


7.
Absolut sinonimlar yoki leksik dubletlar haqida ma’lumot bering. 


8.
Qanday holatlarda leksemalar sinonimik munosabatda bo’lmaydi ? 


9.
Sinonimiya va polisemiya o’rtasida qanday bog’lanish mavjud ? 


10. Sinonimiya hodisasi tilning qaysi sathlarida uchraydi ?


11. Sinonimlarning uslubiy vosita sifatidagi rolini tushuntiring. 
Tayanch tushunchalar 


Download 445.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling