«O’zbеk tili lеksikоlоgiyasi» fanidan m a ‘ r u z a L a r m a t n I


Omonim omoleksemalarning turlanish va tuslanish sistemalariga


Download 445.56 Kb.
bet33/66
Sana06.11.2023
Hajmi445.56 Kb.
#1752765
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   66
Bog'liq
Хожибойга ma\'ruza-hozir.org

Omonim omoleksemalarning turlanish va tuslanish sistemalariga 

munosabati 
Omonim omoleksemalar nutqda turlanib yoki tuslanib turli shakllarga kiradi. 
Qiyos qiling: bog’-1 (ot turkumi: “mevazor, daraxtzor”) va bog’-2 (ot turkumi:
“beda, o’t bog’lami”). Bu ikki ot nutqda turlanib, o’zaro teng bo’lgan so’z 
formalarini (grammatik shakllarini) hosil qiladi:

Bog’-1: bog’ni, bog’ning, bog’ga, bog’lar... kabi.

Bog’-2: bog’ni, bog’ning, bog’ga, bog’lar... kabi.
Bunday shakllar so’z formalari sanaladi. So’z formalaridagi tenglik 
omoforma omoleksemalarga ham xos (yuqorida ko’rib o’tildi). Demak, nutqda
omonimlar ham, omoformalar ham so’z formalari omonimiyasini yuzaga keltirishi 
mumkin.
Omonimlarning yuzaga kelish sabablari 
Omonimlarning yuzaga kelish sabablari hr xildir. Xususan: 
1. Tilda azaldan mavjud bo’lgan ayrim so’zlarning shakllari tasodifan teng
bo’lib qoladi: baqa (“qurbaqa”) va baqa (“suv tegirmonining parrakdan harakat 
olib, tegirmon toshini aylantiruvchi metall qismi”).
2. Bir ma’noli so’z leksik ma’noning ko’chishi oqibatida ko’p ma’noli so’zga 
aylanadi, keyinroq bosh ma’no va hosila ma’no o’rtasidagi bog’lanish unutilib, bir
so’z negizida ikkita boshqa-boshqa leksema paydo bo’ladi: kun (“quyosh”)-kun 
(“sutka”, “kun chiqqandan yana kun chiqqunga qadar bo’lgan vaqt”) kabi.
3. Boshqa tillardan o’zlashgan ayrim leksemalar o’zbek tilidagi u yoki bu 
leksema ga shaklan teng bo’lib qoladi: toy (o’zb: “otning ikki yashardan kichik
bolasi”)- toy (f-t: “katta to’p qilib taxlab yoki bosib bog’langan mol va shu tarzdagi 
mol o’lchovi”).
4. Boshqa tillardan o’zlashtirilgan leksemalar orasida shaklan teng bo’lgan 
so’zlarning uchrashi omonimiyaga oplib keladi: rasm (arabcha: “surat”) – rasm 
(arabcha: “urf-odat”). 
5. Leksemalar yasalishi ham ba’zan omonimlarni keltirib chiqaradi: qo’noq 
(“tariq”) -qo’noq (qo’n+oq: “mehmon”) kabi. 

Download 445.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling