Giponim-tur tushunchasini ifodalaydigan leksema.
Giperonim- jins (turkum) tushunchasini ifodalaydigan leksema.
Graduonimiya-leksemalarning ma’no guruhlari a’zolarida u yoki bu
belgining darajalanishi.
Partonimiya-leksemalarning
ma’no
guruhlarida
butun-bo’lak
munosabatlarining ifodalanishi.
O’ZBEK TILI LEKSIKASINING TARIXIY TARAQQIYOTI
Til taraqqiyotining xalq tarixi bilan bog’liqligi
O'zbek xalqi, ma'lumki, eng qadimgi turkiy urug' va qabilalardan o'sib
chiqqan, demak, uning tili ham shu urug' va qabilalar tili negizida rivoj topgan.
Markaziy Osiyodagi turli tarixiy va ijtimoiy-siyosiy jarayonlar, xususan, arablar,
mo'g'ullar va ruslar istelosi, qardosh qozoq, qirg'iz, turkman, tojik xalqlari bilan
qo'shnichilik munosabatlari ham o'zbek tili taraqqiyotiga jiddiy ta'sir o'tkazgan,
bunda, ayniqsa, turkiy-arab, o'zbek-arab, o'zbek-tojik, o'zbek-qozoq, o'zbek-qirg'iz
va o'zbek-turkman bilingvizmi kabi omillarning roli katta bo'lgan. Ana shu tarixiy
jarayonlar nuqtayi nazaridan qaraganda, hozirgi o'zbek tilining lug'at boyligida
ikkita yirik qatlam- o'z va o'zlashgan qatlamlar borligi ma'lum bo'ladi.
O'z qatlam so'zlari
O'z qatlam-o'zbek tili leksikasining umumturkiy so'zlar va sof o'zbek
so'zlaridan iborat qismi.
Umumturkiy so'zlar o'zbek tili leksikasining eng qadimgi lug'aviy
birliklaridir. Ularning aksariyati hozirgi qozoq, qirg'iz, turkman, ozarbayjon
tillarida ham saqlangan. Qiyos qiling: bosh (o'zb.)-bas (qoz., qoraq.)-bash (qirg'.,
turkm.); til (o'zb., qoz., qirg'.)-dil (turkm., ozarb., gagauz.); tog' (o'zb)-too (qirg'.)-
tav, tau (qoraq., qoz.)-dag' (turkm., ozarb.) kabi.
O'zbek tili leksikasidagi umumturkiy so'zlarning o'ziga xos fonetik va
semantik belgilari bor.
Fonetik belgilari: a) so'zlarning ko'pchiligi bir yoki ikki bo'g'inlidir. Bir
bo'g'inli so'zlar: qo'l, ko'z, bosh, tosh, bir, uch; ikki bo'g'inli so'zlar: ikki, olti, yetti,
oltin, ona, ota va b.lar. Uch bo'g'inli so'zlar juda kam: qo'rg'oshin, qumursqa,
yigirma kabi; b) so'z yoki bo'g'in boshida undosh tovushlar qatorlashib kelmaydi;
d) so'z oxirida undosh tovushlar yonma-yon qo'llanishi mumkin, ammo bu hodisa
juda kam uchraydi: ort, ost, ust, to'rt, qirq kabi; e) ikki bo'g'inli so'zlarning birinchi
bo'g'ini to'la ochiq ( o-na, o-ta), boshi yopiq ( ku-mush, bo-la), oxiri yopiq ( ol-tin,
Do'stlaringiz bilan baham: |