«O’zbеk tili lеksikоlоgiyasi» fanidan m a ‘ r u z a L a r m a t n I


Download 445.56 Kb.
bet39/66
Sana06.11.2023
Hajmi445.56 Kb.
#1752765
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   66
Bog'liq
Хожибойга ma\'ruza-hozir.org

Graduonimiya 

Graduonimiya-leksemalarning ma’no guruhlari a’zolarida u yoki bu
belgilarning darajalanishi. Bunday darajalanish oppozitsiyaning (zidlanishning) bir 
turi deb qaraladi
1
va shu qatordagi bosh so’zga nisbatan belgilanadi. Masalan, 

“yosh” belgisiga ko’ra (bosh so’z ajratib ko’rsatilgan): buzoq-tana-g’unajin-sigir;



qiz-juvon-ayol. “Belgi”dagi darajalanish asosida: chiroyli-suluv-ko’rkam-zebo;
“siljish sur’ati” belgisiga ko’ra: yurmoq-chopmoq-yugurmoq-yelmoq kabi. 
Graduonimiya hodisasini o’z vaqtida Alisher Navoiy ham payqagan va uni
turkiy (o’zbek) tilining boylik ko’rsatkichlaridan biri sifatida izohlagan edi. U 
o’zining “Muhokamatul-lug’atayn” asarida “yig’lamoq” ma’noli so’zlar guruhini
ayni shu darajalanish aspektida talqin qiladi: yig’lamsinmoq-ingramoq-singramoq-


o’kurmoq-hoy-hoy yig’lamoq kabi.
2
Demak, Alisher Navoiyni shu hodisaning ilk 

tadqiqotchisi desak bo’ladi.


Keyingi 20-30 yil ichida o’zbek tilshunosligidagi bu masalaga alohida e’tibor 
berilmoqda.
3

Leksemalarning ma’no munosabatlarida darajalanish hodisasining o’rganilishi


ko’p jihatdan ahamiyatlidir: lug’at boyligining tizim sifatidagi tavsifini berishda, 
sinonimlar va antonimlar lug’atini tuzishda, lug’aviy birliklarning uslubiy vosita
(stilistik figura) sifatidagi qiymatini belgilashda graduonimik tadqiqotlar 
natijasidan foydalanish mumkin.
Partonimiya 

Partonimiya-leksemalarning
ma’no

guruhlarida


butun-bo’lak 
munosabatlarining ifodalanishi. Masalan, avtomobil (butun)– kuzov (bo’lak)–
motor (bo’lak)– g’ildirak (bo’lak) va b.lar. Yana: uy (butun)– xona (bo’lak)– 
ayvon (bo’lak)– koridor (bo’lak). Bularda avtomobil (birinchi qatorda) va uy
(ikkinchi qatorda) leksemalari bosh so’zlardir. Ayni paytda kuzov (butun)- eshik 
(bo’lak)- yukdon (bo’lak) – oyna (bo’lak)- bamfer (bo’lak) qatorida kuzov
leksemasi; xona (butun) – oyna (bo’lak) – eshik (bo’lak) qatorida esa xona 
leksemasi bosh so’z sanaladi.
Ma’lumki, leksemaning ma’nosida borliqdagi narsa-hodisalarning inson 
ongidagi in'’kosi ifodalanadi, demak, ma’nolar tizimidagi bo’lak-butun munosabati
negizida ham, aslida, borliqdagi butun-bo’lak munosabatlarini tilda ifodalash 
zaruriyati yotadi.
Download 445.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling