2. Bosma manbaalr orqali so'z o'zlashtiriladi. Bunda boshqa tildagi matnni
o'zbek tiliga tarjima qilish yoki o'zbek tilida yozilgan maqolalarda, ilmiy va badiiy
asarlarda boshqa til so'zlarini (ayniqsa, termin va atamalarni) ishlatish orqali
bo'ladigan o'zlashtirish nazarda tutiladi. Matematikadagi katet, gipotenuza,
adabiyotshunoslikdagi kulminatsiya, sujet kabi terminlar, ocherk, roman, povest
kabi so'zlar shu yo'l bilan o'zlashtirilgandir.
So'z o'zlashtirish usullari
So'z o'zlashtirish usullari ham ikki xil bo'ladi:
1. O'zicha olish. Bunda boshqa tildan o'zlashtirilayotgan so'z hech qanday
o'zgarishsiz yoki ayrim (juz'iy) fonetik o'zgarishlar bilan olinadi. Masalan, g'o'za
(f-t.), gul (f-t.), poya (f-t.), kaptar (kabutar); balo (ar.), bil'aks (ar.), davlat
(ar.), muallim ( mua'llim); direktor (r-b.), rektor (r-b.), institut (r-b.), metro (r-
b.), cho't ( cho'tka (
2. Kalkalab olish. Bunda boshqa tildagi (mas. rus tilidagi) so’zning
morfemik tarkibidan qismma-qism nusxa olish orqali o’zbekcha so’z yasaladi va
shu so’z bilan boshqa til (mas., rus tili) leksemasining ma’nosi ifodalanadi. Qiyos
qiling: yarimo’tkazgich < rus. pоluprоvоdnik, ilmiy-ommabop
pоpulyarnыy kabi. Kalkalashning bu turi to’liq kalkalash hisoblanadi, chunki unda
boshqa til so’zining ifoda materiali o’zbek tili materiali bilan to’liiq
almashtirilgandir. Ba’zan boshqa til so’zining bir qismi o’zgarishsiz olinadi,
qolgan qismi esa o’zbek tili materiali bilan almashtiriladi. Qiyos qiling: mikroo’g’it
meshchanlik < rus. mещanstvо kabi. Kalkalashning bu turi yarim kalka
hisoblanadi.
To'liq va yarim kalkalar so'z o'zlashtirishning grammatik usuli deb ham
qaraladi, chunki bunda boshqa til so'zlarining ma'noli qismlaridan nusxa ko'chirish
orqali so'z yasaladi. Ammo tilda ba'zan yangi so'z yasalmay, azaldan mavjud
bo'lgan birorta leksemaga boshqa til leksemasining birorta ma'nosini yuklash orqali
ham ma'no o'zlashtirilishi ta'minlanadi. O'zlashtirishning bu turi semantik kalka
sanaladi. Masalan, til so'zi “so’zlashuv quroli” nomi sifatida ruscha yazыk so’ziga
ekvivalentdir. Ayni shu holat rus tilidagi yazыk so’zining “asir” ma’nosini o’zbek
tilidagi til so’zi bilan ifodalashga turtki bo’lgan: “Qo’mondonlik Ostonaqullar
keltirgan “til”dan hujum jangining planini tuzish uchun eng kerakli ma’lumotlarni
oldi”. (A. Rahm. Ellik bir bahodir).
O’zbek tilidagi o’zak leksemasida “so’zning o’zagi” ma’nosining paydo
bo’lganligi ham ruscha kоrеn leksemasining “kоrеn slоvо” ma'nosiga
asoslangandir.
Do'stlaringiz bilan baham: |