«O’zbеk tili lеksikоlоgiyasi» fanidan m a ‘ r u z a L a r m a t n I


 Bosma manbaalr orqali so'z o'zlashtiriladi


Download 445.56 Kb.
bet47/66
Sana06.11.2023
Hajmi445.56 Kb.
#1752765
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   66
Bog'liq
Хожибойга ma\'ruza-hozir.org

2. Bosma manbaalr orqali so'z o'zlashtiriladi. Bunda boshqa tildagi matnni
o'zbek tiliga tarjima qilish yoki o'zbek tilida yozilgan maqolalarda, ilmiy va badiiy 
asarlarda boshqa til so'zlarini (ayniqsa, termin va atamalarni) ishlatish orqali
bo'ladigan o'zlashtirish nazarda tutiladi. Matematikadagi katet, gipotenuza
adabiyotshunoslikdagi kulminatsiya, sujet kabi terminlar, ocherk, roman, povest 
kabi so'zlar shu yo'l bilan o'zlashtirilgandir. 
So'z o'zlashtirish usullari 
So'z o'zlashtirish usullari ham ikki xil bo'ladi: 


1. O'zicha olish. Bunda boshqa tildan o'zlashtirilayotgan so'z hech qanday
o'zgarishsiz yoki ayrim (juz'iy) fonetik o'zgarishlar bilan olinadi. Masalan, g'o'za 
(f-t.), gul (f-t.), poya (f-t.), kaptar (kabutar); balo (ar.), bil'aks (ar.), davlat
(ar.), muallim ( mua'llim); direktor (r-b.), rektor (r-b.), institut (r-b.), metro (r-
b.), cho't ( cho'tka (
2. Kalkalab olish. Bunda boshqa tildagi (mas. rus tilidagi) so’zning
morfemik tarkibidan qismma-qism nusxa olish orqali o’zbekcha so’z yasaladi va 
shu so’z bilan boshqa til (mas., rus tili) leksemasining ma’nosi ifodalanadi. Qiyos
qiling: yarimo’tkazgich < rus. pоluprоvоdnik, ilmiy-ommabop

pоpulyarnыy kabi. Kalkalashning bu turi to’liq kalkalash hisoblanadi, chunki unda


boshqa til so’zining ifoda materiali o’zbek tili materiali bilan to’liiq 
almashtirilgandir. Ba’zan boshqa til so’zining bir qismi o’zgarishsiz olinadi,
qolgan qismi esa o’zbek tili materiali bilan almashtiriladi. Qiyos qiling: mikroo’g’it 

meshchanlik < rus. mещanstvо kabi. Kalkalashning bu turi yarim kalka


hisoblanadi. 
To'liq va yarim kalkalar so'z o'zlashtirishning grammatik usuli deb ham
qaraladi, chunki bunda boshqa til so'zlarining ma'noli qismlaridan nusxa ko'chirish 
orqali so'z yasaladi. Ammo tilda ba'zan yangi so'z yasalmay, azaldan mavjud
bo'lgan birorta leksemaga boshqa til leksemasining birorta ma'nosini yuklash orqali 
ham ma'no o'zlashtirilishi ta'minlanadi. O'zlashtirishning bu turi semantik kalka
sanaladi. Masalan, til so'zi “so’zlashuv quroli” nomi sifatida ruscha yazыk so’ziga 
ekvivalentdir. Ayni shu holat rus tilidagi yazыk so’zining “asir” ma’nosini o’zbek
tilidagi til so’zi bilan ifodalashga turtki bo’lgan: “Qo’mondonlik Ostonaqullar 






keltirgan “til”dan hujum jangining planini tuzish uchun eng kerakli ma’lumotlarni


oldi”. (A. Rahm. Ellik bir bahodir). 
O’zbek tilidagi o’zak leksemasida “so’zning o’zagi” ma’nosining paydo
bo’lganligi ham ruscha kоrеn leksemasining “kоrеn slоvо” ma'nosiga 
asoslangandir.

Download 445.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling