«O’zbеk tili lеksikоlоgiyasi» fanidan m a ‘ r u z a L a r m a t n I


O'z qatlam-o'zbek tili leksikasining umumturkiy va sof o'zbekcha so'zlardan iborat qismi.  O'zlashgan qatlam-


Download 445.56 Kb.
bet46/66
Sana06.11.2023
Hajmi445.56 Kb.
#1752765
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   66
Bog'liq
Хожибойга ma\'ruza-hozir.org

O'z qatlam-o'zbek tili leksikasining umumturkiy va sof o'zbekcha so'zlardan
iborat qismi. 


O'zlashgan qatlam- boshqa tillardan olingan leksik o'zlashmalar qatlami.

Umumturkiy so'zlar- o'zbek tili lug'at boyligidagi eng qadimgi lug'aviy
birliklar.


Sof o'zbekcha so'zlar-o'zbek tilining o'zida yasalgan (nisbatan yangi)
leksemalar.


Arabcha o'zlashmalar-arab tilidan o'zlashtirilgan so'zlar.

Fors-tojik so'zlari- fors-tojik tillaridan o'zlashtirilgan so'zlar.

Ruscha-baynalmilal o'zlashmalar- rus tilidan va u orqali boshqa tillardan
o'zlashtirilgan so'z va terminlar. 


SO'Z O'ZLASHTIRISH 

So'z o'zlashtirish 

So'z o'zlashtirish boshqa til so'zlarining o'zbek tiliga olinishidir. Bu jarayon,
yuqorida ko'rilganidek, o'zbek tili leksikasining o'zlashgan qatlamini yuzaga 
keltirgan.
So'z o'zlashtirish til taraqqiyotining qonuniy ko'rinishidir: xalqlar o'rtasidagi 
ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-ma'rifiy va ilmiy aloqalar bir tildan ikkinchi tilga so'z



va atamalarning o'tib turishini taqozo qiladi. O'zbek tiliga arab,tojik-fors va rus


tillaridan so'z o'zlashtirilishi ham ana shunday ijtimoiy-tarixiy omillar tufayli sodir 
bo'lgan (Bu haqda «O'zlashgan qatlam» mavzuiga qaralsin).

So'z o'zlashtirishning ikki yo'li 
So'z o'zlashtirishning ikki xil yo'li bor: 


1. Jonli so'zlashuv orqali so'z o'zlashtiriladi. Bunda boshqa til so'zlari
o'zbek tiliga mahalliy aholining og'zaki nutqi orqali o'tadi. Masalan, ruscha ramы, 
klubnika, pоdnоs so’zlari o’zbek tilining jonli so’zlshuvida rom, qulupnay, patnis 
deb talaffuz qilingan, keyinchalik o’zbek adabiy tiliga ham shu shaklda o'zlashgan. 



Download 445.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling