«O’zbеk tili lеksikоlоgiyasi» fanidan m a ‘ r u z a L a r m a t n I
Download 445.56 Kb.
|
Хожибойга ma\'ruza-hozir.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sof ozbek sozlari
o'r-dak), to'la yopiq (bay-ram, bay-roq), ikkinchi bo'g'ini esa boshi yopiq (o-ta, o-
na) va to'la yopiq (ol-tin, ku-mush) strukturali bo'ladi; f) ikkinchi bo'g'in hech qachon unli bilan boshlanmaydi, ammo unli bilan tugash holatlari keng tarqalgan: ik-ki, yet-ti, bo-la, ar-pa, bol-ta kabi; g) so'z tarkibida ikki unli yonma-yon kelmaydi; f, h, j, j (dj), ts undoshlari esa umuman qo'llanmaydi; h) r, l, v, ng, g', g, d, z undoshlari so'z boshida uchramaydi; i) e, o' unlilari so'z oxirida ishlatilmaydi (ayrim undov so'zlar bundan mustasno); j) urg'u ko'pincha so'z oxiriga tushadi. Semantik belgilari: umumturkiy so'zlarning aksariyati ko'p ma'nolidir: bosh- 1) «odamning boshi»; 2) «ko'chaning boshi»; 3) «ishning boshi»; 4) «bosh agronom»; ko'z- 1) «odamning ko'zi»; 2) «uzukning ko'zi»; 3) «taxtaning ko'zi»; 4) «derazaning ko'zi» kabi. Bu qatlamda «qon-qarindoshlik», «inson a'zolari», «yovvoyi hayvonlar», «parrandalar», «mehnat faoliyati», «uy-ro'zg'or buyumlari», «rang-tus», «maza- ta'm», «miqdor», «sanoq», «harakat», «holat», «urf-odat» ma'noli so'zlar ko'pchilikni tashkil etadi. Morfologik belgilari: a) umumturkiy so'zlar hozirgi o'zbek tilining barcha so'z turkumlarida uchraydi; b) turlanadi va tuslanadi; d) o'zak va affiks morfemalar erkin va standart bo'ladi: ko'zim, ko'zing, ko'zi, ko'zni, ko'zning, boraman, borasan, boramiz kabi; e) so'z tarkibida prefikslar qo'llanmaydi. Sof o'zbek so'zlari- o'zbek tilining o'zida yasalgan leksemalar. Ular o'z qatlamning ikkinchi (nisbatan yangi) qismini tashkil qiladi. Bunday yasalishning quyidagi turlari bor: a) semantik usul- ma'no taraqqiyoti mahsuli sifatida yangi leksemaning yuzaga kelishi: ko'k («rang») -ko'k («osmon»), yetti («son») -yetti («ma'raka nomi»), yupqa (sifat) –yupqa (ot: «ovqatning bir turi») kabi; b) affiksatsiya usuli. Bunda o'zak va affikslar turli til materiallari bo'lishi mumkin, ammo ularning qo'shilishi o'zbek tili tarkibida yuz beradi, o'zbek tilining so'z yasash qoliplariga asoslanadi, shu sababli bunday yasama so'zlar o'zbek tilining o'z qatlami birligi sanaladi. Masalan: bosh (umumturkiy)+ «-la» (o'zb.)– boshla (o'zb), temir (umumturkiy)+ «-chilik» (o'zb.)-temirchilik (o'zb.), jang (f-t.)+ «-chi» (o'zb.)-jangchi (o'zb.), madaniyat (ar.)+ «-li» (o'zb.)- madaniyatli (o'zb.), obuna (r-b.)+ «-chi» (o'zb.)- obunachi (o'zb.), axta (mo'g'.)+ «-chi» (o'zb.)- axtachi (o'zb.), «be-» (f-t.)+ bosh (umumturkiy)-bebosh (o'zb.)+ «-lik» (o'zb.)-beboshlik (o'zb.), bil (umumturkiy)+ «-im» (o'zb.) –bilim (o'zb.)+ «-don» (f-t.)- bilimdon (o'zb.) kabi. Sof o'zbek so'zlarining yasovchi asosi arabcha yoki ruscha-baynalminal bo'lganda, yasalmaning o'zagida yoki asosida ikki unli yonma-yon kelishi, so'z |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling