«O’zbеk tili lеksikоlоgiyasi» fanidan m a ‘ r u z a L a r m a t n I


Paronimiya- ikki yoki undan ortiq leksemaning talaffuzda o’zaro o’xshash, ohangdosh bo’lishi.  Kvaziomonimlar


Download 445.56 Kb.
bet38/66
Sana06.11.2023
Hajmi445.56 Kb.
#1752765
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   66
Bog'liq
Хожибойга ma\'ruza-hozir.org

Paronimiya- ikki yoki undan ortiq leksemaning talaffuzda o’zaro o’xshash,
ohangdosh bo’lishi. 


Kvaziomonimlar-bir fonemasi bilan farqlanadigan ikki so’z (minimal juftlik)

So’z variantlari-bir leksemaning tildagi turli ko’rinishlari.

Paronomaziya- jonli so’zlashuvda paronim so’zlarni qorishtirish hodisasidan
badiiy nutqda uslubiy maqsadlarda foydalanish. 


GIPONIMIYA, GRADUONIMIYA, PARTONIMIYA 

Giponimiya 

Giponimiya- lug’at boyligidagi leksemalarning pag’onali (ierarxik)
aloqasidan kelib chiqadigan ma’no munosabatlari. Bunday munosabatlarning 
mohiyati shundaki, torroq tushuncha yoki ma’no ifodalaydigan leksemalar kengroq
tushuncha yoki ma’no ifodalaydigan leksemalar bilan tur (giponim) va jins 
(giperonim) aloqasida bo’ladi, bunday aloqa birlashtiruvchi (integral) semalar
orqali amalga oshiriladi. Masalan, lola leksemasining ma’nosi gul leksemasining 
ma’no tarkibiga, mushuk leksemasining ma’nosi hayvon leksemasining ma’no
tarkibiga kiradi. Bunday pag’onali (boqichma-bosqich) munosabat, ayniqsa, u yoki 
bu fanning terminologik tizimida keng tarqalgan. Chunonchi, botanikada tur
tushunchasi turkum tushunchasi tarkibiga, turkum tushunchasi oila tushunchasi 
tarkibiga, oila tushunchasi qabila tushunchasi tarkibiga, qabila tushunchasi sinf
tushunchasi tarkibiga, sinf tushunchasi esa eng katta taksonomik kategoriya 
bo’lgan tip tushunchasi tarkibiga kiradi. Leksemalar ma’nosidagi ana shunday
bog’lanish gipo-giperonimik (tur-jins), partonimik (butun-bo’lak) munosabati 
deb qaraladi. Bunday munosabatlar lug’at boyligining yoxud undagi ayrim
terminologik tizimlarning qurilishini belgilaydigan muhim omillardan sanaladi. 
Shu yo’l bilan tildagi leksemalarning paradigmalari (leksemalarning ma’no
to’dalari yoki ma’no guruhlari) aniqlanadi. Masalan, “kiyim” mazmunli guruh 
a’zolari: telpak, ko’ylak, kastum, shim, tufli va hokazolar; “o’simlik” mazmunli
guruh a’zolari: daraxt, buta, o’t, suvo’t va b.lar; “daraxt” mazmunli guruh 
a’zolari: tersk, tol, qayrag’och, archa, qarag’ay va b.lar kabi.
Tilning lug’at boyligini tizim (sistema) sifatida o’rganishda leksemalarning 
gipo-giperonimik munosabatlariga tayanish muhim ahamiyatga ega: u tabiat va
jamiyatdagi narsa- predmetlarning, voqea-hodisalarning tildagi nomlari bo’lgan 
leksemalarning ma’nolari va shu ma’nolar orqali borliqdagi narsa-hodisalarning
o’zlari haqidagi tushuncha-tasavvurlarni umumlashtirish imkonini beradi.
1

11
Bu haqda qarang: Новиков Л. А. Семантика русского языка-М. «Высшая школа», 1982. с. 136 


Ne’matov H, Rasulov R. O’zbek tili sistem leksikologiyasi.-T. “O’qituvchi”, 1995. 111-123-b.


Qo’chqortoyev I. So’zlarning leksik-semantik to’dalari haqida.|| ToshDU ilmiy asarlari, 359-chiqishi, -T. 1969. 
Расулов Р., Лексико-семантические группы глаголов состаяния и их валентность. –Т. 1991.






Download 445.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling