«O’zbеk tili lеksikоlоgiyasi» fanidan m a ‘ r u z a L a r m a t n I
Download 445.56 Kb.
|
Хожибойга ma\'ruza-hozir.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Leksik arxaizmlar Leksik arxaizmlar
- Arxaizm- leksema
Leksik istorizmlar
Leksik istorizmlar o'tmish voqeligi bo'lgan narsa-hodisalarning nomlaridir. Mas., botmon- «O'zbekistonning turli yerlarida turli salmoqqa ega bo'lgan (ikki puddan o'n bir pudgacha) og'irlik o'lchovi»; chaqirim- «1,6 kilometrga teng uzunlik o'lchovi»; cho'ri –«qul xotin», «tutqunlikdagi ayol»; mingboshi- «daha yoki qishloq oqsoqoli, hokimi»; omoch- «ulovga qo'shib yer haydaydigan metall tishli primitiv yog'och asbob» va b.lar. Istorizmlar, odatda, uzoq tarixiy jarayonlar davomida yuz beradigan eskirishning mahsuli bo'ladi, ammo ular, ba'zan, qisqa vaqtda paydo bo'lishlari ham mumkin: yaqin o'tmishda (1991-yilgacha) o'zbek tilining faol so'zlari bo'lgan ayrin leksemalarning ( partkom, raykom, gorkom, obkom, kolxoz, sovxoz kabilarning) hozirgi kunda eskirib,istorizmlar qatoriga qo'shilgani buning dalilidir. Istorizmning muhim belgilaridan biri shuki, uning ifoda plani (nomemasi) va mazmun plani (sememasi) birga eskiradi, binobarin, leksema yaxlit holda hozirgi til birligi bo'lmay qoladi. Leksik arxaizmlar Leksik arxaizmlar-hozirgi paytda mavjud bo'lgan voqelikning eskirgan nomi yoki, aksincha, hozirgi tilda mavjud bo'lgan leksemaning eskirgan ma'nosi (sememasi). Demak, eskirish jarayoni leksemaga yaxlit holda yoki uning bir qismiga (ma'nolaridan biriga) aoqador bo'ladi, shunga ko'ra leksik arxaizm ikki turga bo'linadi: Arxaizm- leksema- hozirgi paytda mavjud bo'lgan voqelikning eskirgan nomi: lab (odam organizmidagi a'zolardan birining hozirgi nomi)- dudoq (shu a'zoning eskirgan nomi, arxaizm-leksema: «Yo'lchining kuchli, erkak nafasini dudoqlarida uning bo'sasining jonli olovini bir lahza sezdi» O.); qassob («mol so'yuvchi»- hozirgi ma'no) – sallox («mol so'yuvchi» ma'nosidagi eskirgan so'z, arxaizm-leksema: «Tikka oldiga borib, devkor salloxlarday shoxidan ushlab «bismillohu ollohu akbar», deb... bo'g'ziga pichoq tortib yubordim,- dedi Shum bola». G'. G'.); elchixona («bir davlatning boshqa davlatdagi diplomatik
qila olg'ay edi. So'ngicha qovg'unchi bordi, o'zini daryog'a soldi, g'arq bo'ldi». «Boburnoma»dan); parol («maxfiy shartli so'z») – o'ron («parol», «maxfiy shartli so'z» ma'nosidagi arxaizm-leksema: «Ul yurushtama'hud o'ron alfazi «Toshkand» bila «Sayram» edi. Toshkand desa, Sayram deyilgay, Sayram desa Toshkand».- «Boburnoma»dan) kabi. Download 445.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling