«O’zbеk tili lеksikоlоgiyasi» fanidan m a ‘ r u z a L a r m a t n I


Download 445.56 Kb.
bet51/66
Sana06.11.2023
Hajmi445.56 Kb.
#1752765
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   66
Bog'liq
Хожибойга ma\'ruza-hozir.org

Kasb-hunar leksikasi 

Kasb-hunar leksikasi ijtimoiy mehnatning u yoki bu turiga, ishlab chiqarish,
ilm-fan, adabiyot, san’at ba hokazo sohalarga oid narsa-hodisa hamda tushuncha 
nomlaridir: degrez-“qozon, omoch tishi va boshqa cho’yan asboblar quyuvchi
usta”, kavshar – “metall buyum, detal va sh. k.ni bir-biriga ulash uchun 
ishlatiladigan metall yoki qotishma”,changchi, urug’chi, gultoj (botanikaga oid
tushuncha nomlari) kabi. Bular tilshunoslikda professioalizmlar yoki professional 

leksika deb ham ataladi. Professional leksikaning ilm-fanga, texnika va adabiyotga


oid qismi terminlar deb ataladi: fonema, morfema, semema (tilshunoslik 
terminlari), tangens, sinus, teorema, katet (matematika terminlari) kabi.
(“Terminlar” mavzusiga ham qarang). 
Kasb-hunar leksikasi (professionalizmlar), asosan, muayyan sohaga oid
og’zaki va yozma matnlarda faol qo’llanadi, umumtil doirasida esa ular ancha 
passiv bo’ladi. Bunday qatlam leksemalarining ishlatilish doirasidagi chegaralanish
shu bilan belgilanadi. 
Kasb-hunar leksikasidan uslubiy vosita sifatida

foydalanish hollari 





Kasb-hunar leksikasidan badiiy asar tilida ma'lum uslubiy maqsadlarda


foydalanish holatlari ham uchraydi. Masalan: 

Payshanba- maosh kuni edi. Peshindan keyin atrofi taxta devor bilan omonat

o'ralgan qurilish hovlisiga chang-to'zon ko'tarib «ZIL» mashinasi kirib keldi.

Chekkadagi ko'chma vagoncha oldida voshillab to'xtadi. Kabina eshigi ochilib,

qo'ltig'iga qora sumka qistirgan kassir qiz-Faya sakrab tushdi. Vagoncha zinasiga

pildirab chiqib baqirdi:

-Yigitlar, kelig'iz, zarplata olig'iz!

Betonchi Safar aka ayiqdek lapanglab vagoncha tomonga birinchi bo'lib

yurdi. Ketidan payvandchimiz Ikrom aka. Uning ketidan Erkin degan takellajchi

yigit. (O'. H.)


Yuqoridagi matn parchasida qurilishdagi bir epizod yoritilganligi tufayli
unda betonchi, vagoncha, payvandchi, takellajchi kabi qurilish leksikasiga oid
so'zlar ishlatilgan. 

Download 445.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling