«O’zbеk tili lеksikоlоgiyasi» fanidan m a ‘ r u z a L a r m a t n I
Download 445.56 Kb.
|
Хожибойга ma\'ruza-hozir.org
Leksik neologizm turlari
So’zning neologizmlik belgisi leksemaga yaxlit holda yoki uning bir qismiga (mas., ma’nolaridan biriga) aloqador bo’ladi, shunga ko’ra leksik neologizm quyidagi ikki turga bo’linadi: Neologizm-leksem. Bunda leksema yaxlitligicha neologizm bo’ladi: faks, devident, internet, interfaks kabi. Neologizm-semema. Bunda leksemaning o’zi emas, uning ma’nolaridan biri neologizm sanaladi. Bunga ko’k so’zining hozirgi tilda paydo bo’lgan “dollar” ma’nosini misol qilib ko’rsatish mumkin. Neologizmning yuzaga kelishi quyidagi oillarga tayanadi: 1 Bu haqda qarang: M. M. Yo’ldoshev. Cho’lponning badiiy til mahorati (“Kecha va kunduz” romani misolida). NDA. –T.: 2000, 12-13-b. 1. Jamiyatda yangi voqelik paydo bo’ladi, bu voqelikni nomlash zarurati esa tilda yang so’z yoki atamaning yuzaga kelishini taqozo qiladi. Bunda: a) voqelik nomi boshqa tildan o’zlashtiriladi: komputer, monitoring, slayd kabi; b) voqelik nomi o’zbek tilining o’zida yasaladi: MDH (mustaqil avlatlar hamdo’stligi) kabi. 2. Jamiyatda yoki tabiatda mavjud bo’lgan voqelikning nomiga sinonim tarzida yangi so’z yasaladi: eskirtma (arxaizm atamasining yangi yasalgan sinonimi), yangirtma (neologizm atamasining yangi yasalan sinonimi) kabi. Neologizm hodisasi frazemalar va grammatik birliklar doirasida ham uchraydi. (Bu haqda tegishli bo’limlarga qaralsin). Tekshirish savollari va topshiriqlar 1. Tilning lug’at boyligidagi eskirish va yangilanish jarayonlari qanday omillar ta’sirida yuz beradi ? 2. Eskirish jarayonining natijalari nimalarda namoyon bo’ladi ? 3. Leksik istorizmlar nima ? 4. Leksik arxaizmlar nima ? Ularning qanday turlari bor ? 5. Leksik istorizm va leksik arxaizm qanday farqlanadi ? 6. Leksik neologizm nima ? Uning qanday turlari bor ? 7.
Tayanch tushunchalar Download 445.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling