«O’zbеk tili lеksikоlоgiyasi» fanidan m a ‘ r u z a L a r m a t n I
Download 445.56 Kb.
|
Хожибойга ma\'ruza-hozir.org
Arxaizm-semema-hozirgi tilda mavjud bo'lgan leksemaning eskirgan nomi.
Mas., g'am so'zi hozirgi o'zbek tilida «qayg'u», «xasrat», «alam», «tashvish», «kulfat» ma'nolarida qo'llanadi, o'tmishda (eski o'zbek tilida) esa bu so'z «ishq», «muhabbat», «sevgi» ma'nolarini ham ifodalagan: «Bir yuzi gulgun g'amidin yuz tugon ko'nglumdadur, Xor-xorimning iloji bodan gulgun dengiz»- «Xazoyinul- maoniy»dan. Hozirgi g'am so'zining «ishq», «muhabbat» ma'nolari eskirgan bo'lib, arxaizm-semema sanaladi. Bunday holni harf so'zi ma'nolarida ham ko'ramiz. Bu so'z hozirgi o'zbek tilida «alifbodagi grafik belgi» ma'nosini anglatadi, eski o'zbek tilida esa harf so'zining «so'z», «nutq» ma'nolari ham bo'lgan: «Har harfi oning tanimda jon bo'ldi yana, Har lafzi hayoti jovidon bo'ldi yana»- «Xazoyinul- maoniy»dan. «...Ul masal borkim: «On guzarro burd». Aning davlatining va navkarining intiqomida bu harfni aning tiliga tengri soldi»- «Boburnoma»dan. Harf so'zining ana shu ikki ma'nosi hozirgi o'zbek tiliga nisbatan arxaizm-semema
edi... Qo’buzni yaxshi cholur edi”. “Boburnoma”dan); bugun (payt ravishi) – bukun (shu so’zning eskirgan talaffuz varianti, leksik-fonetik arxaizm: Bukun sendin xabar topa olmaduq.-“Holoti Sayyid Hasan Ardasher”dan); ilon (“sudralib yuruvchi jonivorning bir turi”) – yilon (shu jonivor nomining eskirgan talaffuz varianti, leksik-fonetik arxaizm: “muloyim takallum vahshiylarni ulfat sari boshqarur, fusungar afsun bilan yilonni to’shukdin chiqarur”-“Mahbubul- qulub”dan). Talaffuzdagi arxiaklashish leksemalardagina emas, balki leksik ma’noga ega bo’lmagan so’zlarda (olmoshlarda, ko’makchilarda) ham uchraydi. Mas., u, bu, shu, o’sha (kishilik va ko’rsatish olmoshlarining hozirgi fonetik- orfoepik shakllari) – ul, bul, shul, o’shal, o’shul (shu olmoshlarning eskirgan talaffuz variantlari). M i s o l l a r: Ahli irfon soliki atvori ul, Ma’rifat bozorining Attori ul. (“Lisonut-tayr”dan); Bul Rustamdurkim, amirul-mo’minin Umar... Madoying’a Sa’d Vaqqosni arab cherikin boshlatib yibarganda... (“Tarixi mulki ajam”dan); Janobi o’shal Hodixo’ja eshon, Olur o’zlarin ag’niyon zamon (Muq.); Fath tolibga etishmas, agar ermas muxlis, Kim o’shul fotihaning lozimasidur ixlos. (“Xazoyinul-maoniy”dan). Bunday arxiaklashish bilan ko’makchisida ham kuzatiladi: Xoh tanobingni duchandon qilay, Xoh karam birla boshingni silay. (Muq.). Bu gapdagi birla hozirgi bilan so’zining arxiaklashgan talaffuz variantidir. Download 445.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling