«O’zbеk tili lеksikоlоgiyasi» fanidan m a ‘ r u z a L a r m a t n I


Nutq ko’rinishlariga xoslangan leksik qatlamlar


Download 445.56 Kb.
bet64/66
Sana06.11.2023
Hajmi445.56 Kb.
#1752765
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   66
Bog'liq
Хожибойга ma\'ruza-hozir.org

Nutq ko’rinishlariga xoslangan leksik qatlamlar 
Nutqning yuqoridagi ikki ko’rinishiga munosabat jihatidan lug’at boyligidagi 
so’zlar ikki xil qatlamga birlashadi:

I. Umumnutq qatlam so’zlari. Bunday so’zlar adabiy nutqda ham,

so’zlashuv nutqida ham bir xil darajada ishlatiladi. Lug’at boyligidagi so’zlarning 
ko’pchiligi shu qatlamga mansubdir: zamonaviy qatlam so’zlari, ishlatilishi
chegaralanmagan leksikaning aksariyati, shuningdek sinonimik qatordagi 
dominantalar, uslubiy bo’yog’i bo’lmagan betaraf ma’noli so’zlar umumnutq
qatlam birliklari sanaladi. 


II. Nutqning ma’lum ko’rinishlariga xoslangan so’zlar. Bunday so’zlar

nutqning faqat bir ko’rinishiga (mas., adabiy nutqqa) xoslangan bo’lib, boshqa 
ko’rinishida (mas., so’zlashuv nutqida) ishlatilmaydi yoki, aksincha, so’zlashuv
nutqida qo’llanib, adabiy nutqda ishlatilmaydi. 


1. Adabiy nutqning o’zi ham ikki xildir: rasmiy nutq va badiiy nutq: rasmiy

nutqda fikrning ifodalanishi isbotlarga, faktlar ta’kidlanishiga tayanadi, shuning


uchun unda tasviriy vositalar, uslubiy bo’yoqdor so’zlar ishlatilmaydi: to’g’ri 
ma’nodagi so’zlarning va soha terminlarining qo’llanishi ko’proq adabiy nutqning
shu ko’rinishiga xosdir; badiiy nutqda ko’chma ma’noli so’zlar, ijobiy baho 
semalari bo’lgan leksemalar (tabassum, mardonavor, chehra kabilar) faol
qatnashadi. 


2. So’zlashuv nutqida fikr ifodasi ancha erkin bo’ladi, unda adabiy nutqqa

xos bo’lmagan oddiy so’zlar (qittay, ketvorgan...), dialektizmlar (opoqi, opog’oy, 

kallapo’sh...), jargonizmlar (loy, yakan, satil...), salbiy emotsiya ifodalovchi


so’zlar (bashara, tirjaymoq...), vulgarizmlar (go’rso’xta, to’nka, so’tak, qizig’ar...), 
laqablar (Bo’tqa, Burun, Qilich...), ba’zan, hatto o’zbek tiliga o’zlashmagan,
demak, o’zbek tili birligi darajasiga yetmagan boshqa til so’zlari (alkash, bratan, 

molodes kabi varvarizmlar) ha qo’llanadi.





Download 445.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling