«O’zbеk tili lеksikоlоgiyasi» fanidan m a ‘ r u z a L a r m a t n I
LEKSEMALARNING ISHLATILISH DOIRASI
Download 445.56 Kb.
|
Хожибойга ma\'ruza-hozir.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Ishlatilish doirasi chegaralanmagan leksemalar
- 2. Ishlatilish doirasi chegaralangan leksemalar
LEKSEMALARNING ISHLATILISH DOIRASI
Leksemalarning ishlatilish doirasi Leksemalarning ishlatilish doirasi chegaralangan va chegaralanmagan bo’lishi mumkin. Bunday ikki guruhga ajralish asosan ot, sifat, ravish va fe’l turkumlaridagi leksemalarga xosdir. Son va olmosh turkumlarida, shuningdek, bog’lovchi, yuklama, ko’makchi va undovlarda ishlatilish doirasi chegaralangan so’zlar yo’q. 1. Ishlatilish doirasi chegaralanmagan leksemalar o’zbek tilida so’zlashuvchilarning barchasi uchun umumiy bo’lgan, hammaga tushunarli va hammaning nutqida bir xil darajada qo’llanadigan so’zlardir: bosh, qo’l, ko’z, daraxt, meva (otlar); oq, qora, qizil, katta, kichik, yaxshi, yomon (sifatlar); tez, oz, ko’p, jo’rttaga, atayin (sifat-ravishlar); yurmoq, ishlamoq, o’qimoq, yozmoq
a) dialektizm-so’z. Bunda so’zning ifoda plani, demak, nomemasi shevaga xos bo’ladi: buzog’- Toshk. sh., go’sala- Bux. sh., o’djak- Xorazm. sh. (ad.-orf. buzoq); rayhon- Toshk. sh., nozvoy- Sam. sh. (ad.-orf. rayhon); yostiq- Toshk. sh., taka- og’iz. dial, bolish- Bux. sh. (ad.-orf. yostiq); do’ppi, to’ppi- Toshk. sh., qalpoq- Sam. sh., kallapo’sh- Bux. sh. (ad.-orf. do’ppi) kabi. b) dialektizm-ma’no. Bunda leksemalarning ifoda plani (nomemasi) emas,
chopqi nomemasi dialektizm so’z sanalmaydi, ammo uning shevalardagi ma’nolari bir xil emas. Qiyos qiling: chopqi (Toshk. sh.-“shox-shabba qirqish, go’sht, piyoz qiymalash va sh. k. ishlarda qo’llanadigan katta va og’ir, pichoqqa o’xshash asbob”) - chopqi (Sam.sh.-“tig’i sopi ichiga qayirib yopib qo’yiladigan pichoqcha, qalamtarosh”) – chopqi (ad. tilda.-“shox-shabba qirqish, go’sht qiymalashda qo’llanadigan katta va og’ir, pichoqqa o’xshash asbob”). Demak, chopqi leksemasining semantik tarkibida ikkita semema (leksik ma’no) bor: 1) Toshkent shevasi va adabiy tildagi ma’nosi. Bular dialektizm emas; 2) Samarqand shevasidagi ma’nosi. Bu ma’no faqat shevaga xos bo’lib, adabiy tilga o’tmagan, shuning uchun u dialektizm- ma’no (dialektizm-semema) sanaladi. Bunday holni lagan leksemasida ham ko’ramiz. Bu leksema adabiy tilda “quyuq ovqatlar solinadigan, tarelkadan katta yassi idish” ma’nosini anglatadi. Demak, u shu shaklda va ma’nosida dialektizm emas, ammo lagan leksemasining shevalarda “katta chuqur to’garak idish”, “kir yuviladigan tog’ora” ma’nolari ham bor, lagan so’zining ayni shu ma’nolari dialektizm-sememalar sanaladi. Tilning lug’at boyligida leksik dialektizmlardan tashqari, frazeologik dialektizm ham uchraydi (Bu haqda “Frazeologiya” bo’limiga qarang). Leksik va frzeologik dialektizmlar birgalikda lug’aviy dialektizmlar hisoblanadi. Dialektizm hodisasi tilning fonetik va grammatik sathlarida ham bor: a) fonetik dialekizmlar dialektga xos nutq tovushlari yoxud so’zning u yoki bu shevadagi fonetik tarkibi. Masalan, o’zbek tilining qipchoq lahjasi shevalarida 9 ta unli fonema bor: i-ы, a'-a, u'-u o'-o va e. Bunday zidlanishning har bir a’zosi ma’nosini farqlashga xizmat qiladi. Qiyos qiling: tish (“odamning tishi”) – tыsh (“tashqari”), ыs («qurum») – is («hid»), sыz («chiz») – siz («siz») 1 , ot (o't: «olov», «o'simlik») – o't («o'tishga buyruq»), or (o'r: «bedani o'r») – o'r («sochni o'r»), tur («turishga buyruq») – tu'r («xil», «jins») 2 kabi. Biroq hozirgi o’zbek adabiy tilining fonologik tizimida unli fonemalarning bunday zidlanishi (“yo’g’onlik” va “ingichkalik” belgilari bilan farqlanish) yo’q, demak, yuqoridagi so’zlarning har biridagi unli fonema faqat shevaning o’zigagina xos, shunga ko’ra ular fonetik dialektizmlar sanaladi. Sirg’aluvchi y va qorishiq dj undoshlari shevalarda ham, adabiy tilda ham bor. Demak, ular dialektizm emas, ammo bu tovushlarning shevada va adabiy tilda qo’llanishi farqlanadigan o’rinlar uchraydi. Xususan, so’zning boshida adabiy tildagi y o’rnida qipchoq lahjasining “dj”-lovchi shevalarida qorishiq dj ishlatiladi: yo’q (ad.-orf.) - joq (shevada); yigit (ad.-orf.) - jigit (shevada); yilon (“y”-lovchi shevalarda)-jilan (“j”-lovchi shevalarda) kabi. Bu hodisa k va g, t va d undoshlarining qo’llanishida ham yuz beradi: ko’z (ad.-orf.) – go’z (Xorazm sh.), kel (ad.-orf.) – ga’l (Xorazm sh.), til (ad.-orf.) – dil (o’zbek tilining o’g’uz lahjasida) kabi 1 . Bu hodisa leksik-fonetik dialektalizm deb baholanadi. b) grammatik dialektizmlar- biror shevaning o’zigagina xos (adabiy tildagidan o’zgacha) grammatik shakllari. Mas., adabiy tildagi “-miz” (shaxs-son affiksi) o’rnida Toshkent shevasida “-vuz” affiksi ishlatiladi: boramiz (ad.-orf.) – borovuz (Toshk. sh.) kabi. Adabiy tildagi “-da” (o’rin-payt kelishigi qo’shimchasi) o’rnida Samarqand shevasida “-ga” qo’llanadi: Toshkentda o’qiyapman (ad. tilda) - Toshkentga o’qopman (Sam. sh.) kabi. Hozirgi zamon davomli fe’li shakllari shevalarda “-vot” (Toshk.), “-op” (Sam.), “-utti” (Nam.) affikslari bilan ifodalanadi: borvotti, boropti, borutti kabi. Keltirilgan misollarning shevalardagi turlari grammatik dialektizmlar sanaladi. Download 445.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling