«O’zbеk tili lеksikоlоgiyasi» fanidan m a ‘ r u z a L a r m a t n I


Leksik, fonetik va grammatik dialektizmlarning uslubiy vosita sifatida


Download 445.56 Kb.
bet50/66
Sana06.11.2023
Hajmi445.56 Kb.
#1752765
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   66
Bog'liq
Хожибойга ma\'ruza-hozir.org

Leksik, fonetik va grammatik dialektizmlarning uslubiy vosita sifatida 

qo’llanishi 
Leksik, fonetik va grammatik dialektizmlardan badiiy asar tilida uslubiy 
vosita (uslubiy figura) sifatida foydalanish hollari ham uchraydi. Yozuvchi J.
Abdullaxonovning “To’fon” romanidan keltirilgan quyidagi matn parchasiga nazar 
tashlaylik:

Shu vaqt ko’cha eshigi taraqlab ochildi-yu, ostonada o’n yoshlardagi

maykachan, qop-qora bola paydo bo’ldi. U nihoyatda hansirar, ko’p yugurib

toliqqanidan nafasini rostlay olmasdi:

-Akamullo, akamullo, sizni yo’qloshopti, idoraga yo’qloshopti.

-Nima gap ?

-Hojar ayani bachasi sahroda borkan ekan... Bo’ronda qolgan ekan... Qaytib

kelmopti... So’g’in Xo’janazar akoning duxtori bo’ronga qolip o’lipti.

Hoshim yugurganicha chiqib ketdi. Mahmuda bilan Mohidil bir-biriga

hayron qarab qolishdi.


1
Qarang: B. To’ychiboyev. O’zbek tilining taraqqiyot bosqichlari. –T.: “O’qituvchi”, 1996, 7-b.

2
B. To’ychiboyev. Ko’rsatilgan asar, 23-24-b. 


1
Qarang: V. V. Reshetov, Sh. Shoabdurahmonov. O’zbek dialektologiyasi. –T.: “O’qituvchi” 1978, 42-b. 






Yuqoridagi nutqiy parcha muallif tili va personajlar tilidan tarkib topgan


bo’lib, unda nutqning dialogik shakli qatnashgan. Personaj tilida o’zbek-tojik ikki 
tilliligi ta’sirida bo’lgan o’zbek shevalari so’zlaridan (akamullo, bacha, duxtor,

so’g’in kabi leksik dialektizmlardan), shu shevaga xos grammatik shakllardan


(yo’qloshopti, kelmopti) va leksik-fonetik dialektizmlardan (aka so’zining ako 
shaklidan) unumli foydalanilgan, natijada obraz nutqining tipik va ta’sirchan
bo’lishiga erishilgan. 
Yozuvchi Erkin Samandarovning “Daryosini yo’qotgan qirg’oq” romanidan
keltirilgan quyidagi dialogda esa dialektizmlarning uslubiy vosita sifatidagi roli
personajlar nutqini tipiklashtirishdagi ahamiyati yanada yorqinroq ko’zga
tashlanadi: 

Ichkarian Anvar chiqdi. Nima bo’layotganini angshara olmay serrayib turdi.

-Voy, anavi olvolini ko’ring,- dedi Qumrixon o’rnidan turib.

-Olvoling nimasi ?

-Olvoli de, huv ana.

-Chiyani aytasanmi ?

Qumrixon bo’g’istoncha chiya so’ziga tushunmadi.

-Olchami ?

-Ha, olvoli yegum kelutti.

-Ma, Qumri,- dedi Ganja bir hovuch olchani uzib. (“Sharq yulduzi” j-li, 1989,


1, 39-b.)
Yuqoridagi dialog epizodida mevaning bir turi uch xil nom bilan- olvoli,

chiya, olcha leksemalari vositasida atalgan, bu hol ikki (Namangan va Bo’ston)


sheva vakillari o’rtasidagi nutqiy muloqotning jonli, hayotiy chiqishiga xizmat 
qilgan.

Download 445.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling