«O’zbеk tili lеksikоlоgiyasi» fanidan m a ‘ r u z a L a r m a t n I
Leksik ma’no taraqqiyoti natialari
Download 445.56 Kb.
|
Хожибойга ma\'ruza-hozir.org
Leksik ma’no taraqqiyoti natialari ikki xil bo’ladi: 1) so’zning semantik
tarkibidagi ma’nolar miqdori ko’payadi, demak, miqdor o’zgarishi yuz beradi, bu hol polisemiyaga (ko’p ma’nolilikka) va omonimiyaga olib keladi. Xususan, metafora, vazifadoshlik (funksiyadoshlik) va sinekdoxa yo’llari bilan ma’no ko’chirilishida ko’proq polisemiya yuzaga keladi, chunki bir leksemaning semantik tarkibida leksik ma’nolar miqdori ko’payadi: ko’z (ko’rish a’zosi) -ko’z (uzukning ko’zi) - ko’z (taxtaning ko’zi)-metafora; tish (odamning tishi) - tish (arraning tishi) - metafora va funksiyadoshlik; gilos (mevaning bir turi)-gilos (gilos daraxti) – sinekdoxa. Metonimiya yo’li bilan ma’no ko’chishida natija ikki xil bo’ladi: a) polisemiya yuzaga keladi (bunda ma’nolar o’rtasidagi bog’lanish saqlanadi); til (nutq a’zosi)- til (aloqa-aralashuv quroli); b) omonimiya paydo bo’ladi. Bunda ma’nolardagi bog’lanish kuchsizlanadi, uzoqlashadi va hatto unutiladi, natijada shakli bir xil bo’lgan ikki so’z yuzaga keladi. Masalan, issiq (sifat) leksemasi asosida issiq (ot) leksemasi yuzaga kelgan. Bunda “belgi” kategorial semasi “predmet” kategorial semasiga almashgan; sifatdagi semalar tarkibida “norma (o’lchov)”, “ortiq” semalari tashlangan; “harorat” semasi yana ham abstraktlashish tomon taraqqiy qilgan, ana shu abstrakt sema ot leksemasining semantik mundarijasini tashkil etib qolgan. Demak, sifatdagi semalar tarkibiga “harorat” predmet semasi aktuallashib, qolgan semalar so’ngan, shu bilan ot leksema (semema) yuzaga kelgan. Bu hol issiq (sifat) va issiq (ot) omonimlarining yuzaga kelishiga sabab bo’lgan. Bunday omonimlashishni bir so’z turkumidagi kun (quyosh) va kun (sutkaning ertalabdan kechqurungacha bo’lgan qismi) so’zlarida ham ko’ramiz; 2) so’zning semantik tarkibida ma’no hajmi o’zgaradi. Bunda ma’nolar miqdori ortmaydi, bitta ma’noning hajm ko’lami kengayadi yoki torayadi, xolos Tekshirish savollari va topshiriqlar 1. Leksik monosemiya hodisasini qanday tushunasiz ? Leksik polisemiyani- chi ? 2.
3.
4.
(ekstralingvistik) omillar haqida ma’lumot bering. 5. Ma’no taraqqiyotining qanday yo’llari bor ? 6. Metafora yo’li bilan ma’noning ko’chishi. 7. Vazifadagi o’xshashlik asosida ma’noning ko’chirilishi. 8. Metanimiya yo’li bilan ma’noning ko’chirilishi. 9. Sinekdoxa yo’li bilan ma’noning ko’chirilishi. 10.Leksik ma’no miqdorining ortishi 11.Leksik ma’no hajmining o’zgarishi: ma’noning kengayishi va torayishi. 12.Leksik ma’no miqdorining o’zgarishida polisemiya va omonimiyaning yuzaga kelishi. Tayanch tushunchalar Download 445.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling