d) rivojlantiruvchi: o‘z fikrini og‘zaki va yozma tarzda aniq va
tushunarli bayon qila olish, husnixat bilan yozish ko‘nikmasini
r ivojlantirish, lug‘at boyligini boyitish.
Dars turi: yangi bilim beruvchi.
Dars metodi: interfaol metod, aqliy hujum, suhbat, «Kim top-
qir?», «To‘g‘ri toping», «Xatoni tuzating» o‘yinlari.
Dars shakli: yakka tartibda, guruh bilan ishlash.
Dars jihozi: darslik, AKT, didaktik tarqatma materiallar, mav-
zuga oid rangli tarqatma rasmlar, multimedia vositalari.
Nazorat: o‘quvchilarning darsda faolligi kuzatilib, hisobga olib
boriladi.
Mavzuga oid tayanch tushunchalar: ko‘cha, ko‘p, uylar, xo-
nadonlar, hovli, zamonaviy, yorug‘, keng, chiroyli, gullar, daraxtlar,
bir qavatli, ko‘p qavatli, ozoda, aziz, yashamoq, yoqmoq, ketmoq,
Kutilayotgan natija: kundalik muloqotga oid oddiy jumlalar-
ni tinglab tushunish, o‘qish, gapirish, yozish bo‘yicha dastlabki
ko‘nikmalar shakllantiriladi. O‘z fikrini og‘zaki va yozma tarzda
aniq va tushunarli bayon qila olish, mavzudan kelib chiqib savollar-
ni to‘g‘ri qo‘ya olish va javob berish, mavzuga oid tayanch so‘zlar
o‘zlashtiriladi va ma’lumotlarga ega bo‘linadi.
Baholash: o‘quvchilar reytingi dars oxirida e’lon qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |