IV. O‘quvchilarni baholash. O‘quvchilar darsdagi faol ishtirokiga
ko‘ra rag‘batlantiriladi va baholanadi.
V. Uyga vazifa berish. 3-topshiriqdagi topishmoqni yod olish.
9-dars. BOG‘DA
Darsning maqsadi:
a) ta’limiy: Mavzuga oid tayanch so‘zlar va jumlalarni to‘g‘ri
talaffuz qilishga, hisob so‘zlarini nutqda belgi va faoliyat bildiruvchi
so‘zlar bilan qo‘llab gaplar tuzishga o‘rgatish;
b) tarbiyaviy: odob-axloq qoidalariga rioya qilish, o‘zaro mulo-
qotda muomala madaniyatiga amal qilish, mehnatsevarlik, to‘g‘rilik
kabi sifatlarni shakllantirish.
d) rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqini,
husnixat bilan yozish, kirishimlilik ko‘nikmasini rivojlantirish,
lug‘at boyligini oshirish.
Dars turi: yangi bilim beruvchi.
Dars metodi: interfaol usul, aqliy hujum, suhbat.
Dars shakli: yakka tartibda, guruh bilan ishlash.
Dars jihozi: darslik, AKT, bog‘ tasviri, mevalar aks etgan rangli
rasmlar, didaktik tarqatma materiallar; multimedia vositasi.
Nazorat: o‘quvchilarning darsda faolligi kuzatilib, hisobga olib
boriladi.
Baholash: o‘quvchilar reytingi dars oxirida e’lon qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |