6
asosiy diqqat-e’tibor nutqiy va lingvistik kompetensiyaga qaratilgan
bo‘lib, o‘quvchilar o‘zbek tilidan egallaydigan lingvistik bilimlari
vositasida
kundalik turmush, tabiat va jamiyat, ijtimoiy-madaniy
hayot hamda mutaxassislik sohalarida og‘zaki va yozma erkin mu-
loqot yuritish ko‘nikma
va malakalari, hamda tayanch kompeten-
siyalarning elementlarini shakllantirish ko‘zda tutiladi. O‘quv das-
turida fan yuzasidan belgilangan ta’lim mazmuni o‘quvchilarning
yoshi va psixofiziologik xususiyatlari hamda ta’lim turi talablaridan
kelib chiqib belgilangan va uzluksizlik, uzviylik tamoyillariga to‘liq
javob beradi.
Boshlang‘ich ta’limda e’tibor, asosan, o‘quvchilarning lug‘at
boyligi
bilan ishlash, o‘zbek tilini amaliy egallash ko‘nikmalarini
hosil qilishdan iboratdir. Shuningdek, o‘quvchilarda shakllantiri-
ladigan tayanch va fanga oid kompetensiyalarning elementlari dars-
ning maqsadida har bir nutqiy mavzuning
mazmunidan kelib chiqib
namuna sifatida taqdim etildi.
Do'stlaringiz bilan baham: