Ozbek tili metodikasi 4-sinf indd


Mavzuga oid tayanch tushunchalar


Download 1.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/195
Sana05.01.2022
Hajmi1.29 Mb.
#203720
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   195
Bog'liq
ozbek tili qollanma 4

Mavzuga oid tayanch tushunchalar:  bozor, sotuvchi, xaridor, 
sabzavotlar, ko‘katlar, quruq meva, yong‘oq, yeryong‘oq, qancha, 
narx, arzon, qimmat, necha pul, necha dona, necha so‘m, ko‘rsating, 
tortib bering kabi tayanch so‘zlar. 
Darsning borishi: 
I. Tashkiliy qism:
– o‘quvchilarning davomati aniqlanadi; 
– o‘quvchilarning darsga tayyorgarligi tekshiriladi. 
II. O‘tilgan mavzuni mustahkamlash. Aqliy hujum. O‘quvchilarga 
slaydda quyidagi topshiriq beriladi. O‘quvchilar topshiriqni o‘qiydilar 
va javob beradilar.
 Agar sizga tanlash imkoniyati berilsa qaysi birini sotib olgan 
bo‘lar edingiz? Bittasini tanlang. 
Kitob
Muzqaymoq 
sotib olmoq
Shokolad 
O‘qituvchi har bir o‘quvchidan so‘raydi va tanlaganlarini daftar-
lariga yozishlarini so‘raydi. 
III. Yangi mavzuning bayoni. 
Bozor mavzusida videolavha ko‘rsatiladi. Hozirdagi zamonaviy 
bozorlar ko‘rinishi tasviri paydo bo‘ladi va quyidagi izoh beriladi. 
Bozor – savdo-sotiq qilinadigan joy. Har bir mamlakatda, uning 
shahar, qishloq markazlarida, gavjum joylarida bozorlar bo‘ladi. 
Bozorlarda nimalar sotilishiga qarab ularga nom berilgan: qishloq 
xo‘jalik mahsulotlari bozori, yoyma bozor, mol bozori, ko‘chat bo-
zori, mashina bozori.
Videolavha asosida 1-topshiriq bajariladi. O‘qituvchi matnni 
o‘qib beradi. So‘ngra o‘quvchilar zanjir usulida o‘qiydilar. Quyidagi 
savollar asosida mavzu mustahkamlanadi. 
Rasmda nimalarni ko‘rayapsiz?
Bu qaysi bozor ekan?
Yulduz kim bilan qoldi?
Yulduz buvisi bilan nima tayyorlamoqchi?


63
Bozorga kim boradigan bo‘ldi?
Yulduzning buvisi qanday maslahat berdi?
Yulduz bozordan nimalar olishi kerak?
Lug‘at bilan ishlash. «Xotira mashqi» o‘yini. O‘quvchilarga 
darslikda berilgan lug‘atni o‘qish va eslab qolish vazifasi beriladi. 
O‘qituvchi o‘quvchilardan lug‘atni og‘zaki zanjir usulida o‘zbekcha 
va ruscha variantda aralashtirib so‘raydi va o‘quvchilarning so‘zlarni 
eslab qolish darajasini aniqlaydi. 

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling