O’zbek tili o’zbekiston respublikasi davlat arxitektura va qurilish qo’mitasi toshkent arxitektura – qurilish instituti


-mavzu: Undov, taqlid va modal so`zlar


Download 1.56 Mb.
bet78/126
Sana08.08.2023
Hajmi1.56 Mb.
#1665858
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   126
Bog'liq
O’zbek tili o’zbekiston respublikasi davlat arxitektura va quril-fayllar.org

40-mavzu: Undov, taqlid va modal so`zlar

Reja:
1.Undov so`zlar va uninig turlari haqida ma`lumot.
2.Taqlid so`zlar va uninig turlari haqida ma`lumot.
3.Modal so`zlar va uninig turlari haqida ma`lumot.

His-hayajon, tuyg’uni, haydash-chaqirishni bildiradigan so’zlar turkumiundov so’zlar deyiladi.


Undovlar ma’no jihatidan ikki turli bo’ladi:


1.His-hayajon undovlari: oh, eh, ux, o, e, uf, voy, ura, ofarin, salom, xayr, xush, rahmat, hormang, balli, bay-bay, voy-bo’y, a, ax, ohho, obbo, ey, ehhe, i, ie, ux, uhhu, him, be, tuf, xo, hay, eh , ha, iye.
His-hayajon undovlari odatda gap bo’lagi vazifasida qo’llanadi. Ular yozuvda gap bo’laklaridan vergul bilan ajratiladi. Agar undov kuchli bo’lsa, his-hayajon bilan aytilsa, undov, belgisi qo’yiladi. Eh! Havo naqadar sof va musaffo!


2.Haydash-chaqirish undovlarikishilarning diqqatini tortish yoki hayvonlarnibiror ishni bajarishga undash uchun ishlatadi: hey, allo, ey, ma, tss, jim, marsh: kisht, chux, beh-beh, drr, ishsh, pisht, tu-tu-tu, bax-bax, mosh-mosh, xov-xov, chuk, tek, chu.

Taqlid so’zlar
Tovushga vaholatga taqlidni bildirgan so’zlar taqlid so’zlar deyiladi. Bunday so’zlar ma’no jihatidan ikki turga bo’linadi:


1.Tovushga taqlid bildiradigan so’zlar: gumbur-gumbur, dup-dup, duk-duk, shiq-shiq, tak-tuk, pix-pix, kult-kult, bidir-bidir, vov, uv, irr, muu, maa, baa, mee, ang-ang- ing-ing, miyov, vaq-vaq, ku-ku, ka-ka, g’aq-g’aq, parr, viz-viz.

2.Holatga taqlid bildirgan so’zlar: yalt-yult, apil-tapil, yarq-yurq, jimir-jimir, milt-milt, lip-lip, pildir-pildir, mult-mult, lop, dik-dik, lik-lik, xilp-xilp, duv-duv, pir-pir, lang, dang, hil-hil.
Taqlid so’zlar mustaqil so’zlar kabi gap bo’lagi bo’la oladi. Shamol g’Ir-g’ir (hol) esmoqda.



Download 1.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling