O’zbek tili o’zbekiston respublikasi davlat arxitektura va qurilish qo’mitasi toshkent arxitektura – qurilish instituti


Download 1.56 Mb.
bet102/126
Sana08.08.2023
Hajmi1.56 Mb.
#1665858
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   126
Bog'liq
O’zbek tili o’zbekiston respublikasi davlat arxitektura va quril-fayllar.org

Dunyoviy fanlar va allomalarimiz.

Xorazmiy, Abu Ja’far (Abu Abdulloh) Muhammad ibn Muso al Xorazmiy (783, Xiva — 850, Bag’dod) — matematik, astronom, geograf, fan tarixidagi ilk qomusiy olimlardan. Dastlabki ma’lumotni Xiva shahrida olgan va yetuk olim bo’lib shakllangan. Bunda arab istilosidan so’ng muayyan darajada saqlanib qolgan qadimgi Xorazm fani an’analari asosiy rol o’ynagan. Xalifa Horun ar Rashidning o’g’li va uning Xurosondagi voliysi al Ma’mun huzuriga — Marvga taklif etilgan. 819 yilda Bag’dodni egallagan al Ma’mun Markaziy Osiyolik olimlardan Xorazmiy, Ahmad al Farg’oniy, Habash al Hosib Marvaziy, Abul Abbos Javhariy va boshqalarni o’zi bilan olib ketib, o’ziga xos ilmiy jamoa tashkil etgan. Bu jamoa fan tarixidagi dastlabki rosmana akademiya deb qaraladigan ilmiy muassasa — "Bayt ul Hikmat" ("Donishmandlik uyi") ning asosini tashkil etgan. Bu akademiyada X. yetakchi olim va ilmiy rahbar bo’lgan. U shu davrdan boshlab Bag’dodda al Ma’mun (813 — 833), so’ng al Mo’tasim (833 842), al Vosiq (842 —847) xalifaligi davrlarida yashab ijod etgan.



Beruniy jahon astronomiya va geografiya fani olimi-Beruniyning boy ilmiy merosi hali to’la o’rganilmagan. Beruniy yirik olim Abu Nosir ibn Iroqdan Evklid geometriyasi,Ptolemeyning astronomik ta’limotlari bo’yicha dars olgan. 995-yilgacha u astronomiya, geografiya, geodeziya amaliy masalalarini hal etish bilan birga Yer va osmon globusini yasadi hamda astronomiyaga oid bir necha kitoblar yozdi. Olimning ana shunday asarlaridan biri „Geodeziya“ 1025-yilda yozib tugatilgan.

Beruniyning 152 asarima’lumbo’lib, bizgachauningfaqat 30 tasiyetibkelgan. Jamiasarlarining 70 tasiastronomiyaga, 20 tasimatematikaga, 12 tasigeografiyavageodeziyaga, 4 tasimineralogiyaga, 1 tasifizikaga, 1 tasidorishunoslikka, 15 tasitarixvaetnografiyaga, 4 tasifalsafaga, 18 tasiadabiyotgabag’ishlangan. U 50 yoshida qadimiy sanskrit tilini o’rgandi, bundan tashqari, fors, arab, yahudiy, grek tillarini ham bilar edi.



Milliy hunarmandchilik rivoji.
Hunarmandchilik, hunarmandlik — milliy-an’anaviy mayda tovar ishlab chiqarish, oddiy mehnat qurollari yordamida yakka tartibda va qo’l mehnatiga asoslangan sanoat turi; shunday mahsulotlar tayyorlanadigan kasblarning umumiy nomi. Yirik sanoat ishlab chiqarishi vujudga kelishiga qadar keng tarqalgan, ayrim sohalari keyin ham saqlangan. Kam rivojlangan mamlakatlarning xalq xo’jaligida hozir ham muhim o’rin egallaydi.

Mamlakatimizda milliy hunarmandchilikni rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar o‘zining amaliy samaralarini bermoqda. Davlatimiz rahbarining shu yil 30 martda qabul qilingan “Xalq badiiy hunarmandchiligi va amaliy san’atini rivojlantirishni yanada qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi farmonibu borada yangi imkoniyatlar ochdi.




Download 1.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling