O’zbek tili o’zbekiston respublikasi davlat arxitektura va qurilish qo’mitasi toshkent arxitektura – qurilish instituti


Download 1.56 Mb.
bet97/126
Sana08.08.2023
Hajmi1.56 Mb.
#1665858
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   126
Bog'liq
O’zbek tili o’zbekiston respublikasi davlat arxitektura va quril-fayllar.org

Tayanch so`zlar: uslibiyat, stilistika, nutq, so’zlashuv, ilmiy, rasmiy, ommabop, publisistik, badiiy, nuta madaniyati

Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:
1.Uslubiyat deganda nimani tushinasiz?
2.O’zbek adabiy tilida qanday nutq uslublari bor?
3.So’zlashuv uslubni izohlang?
4.Ilmiy uslubni izohlang?
5.Rasmiy-idoraviy uslubni izohlang?
6.Ommabop uslubni izohlang?
7.Badiiy uslubni izohlang?

Topshiriq:Matnni o’qing. Nutq uslublarini aniqlang.

Muhammad Yusuf
Shoir Muhammad Yusuf 1951 yilda Andijon shahrida tug’ildi. Тoshkent Davlat universiteti (hozirda O’zbekiston Milliy universiteti) ni tamomlagan.
Muhammad Yusuf XX asr oxiri o’zbek she’riyatida o’z so’zini ayta olgan shoirlardan biri edi. Ayniqsa, uning qatag’on qurbonlari Cho’lpon, Qodiriy, Hayzulla Хo’jayevlarni yod olib yozgan she’rlari o’sha yillari xalq qalbidan chuqur joy egalladi.
Muhammad Yusufning odamiylik, sevgi va vafoni ulug’lovchi ko’plab she’rlari kuyga solinib, xalqimiz sevgan qo’shiqlarga aylandi.
Shoir she’rlari sodda va ravon til bilan yozilgan. Uning ijodida xalq qo’shiqlaridagi kabi ohangdorlik bor.
Istiqlol yillari Muhammad Yusuf Vatanni madh etuvchi bir qator she’rlar yozdiki, ularga kuy bastalanib, katta-katta bayramlarda ijro etilib kelindi.
Shoir qalamiga mansub “O’zbekiston” qo’shig’i mamlakatimz yoshlari madhiyasiga aylandi:
Oq yo’rgakka o’ragansan o’zing bizni,
Oq yuvib, oq taragansan o’zing bizni,
Beshigimiz uzra bedor ona bo’lib,
Kunimizga yaragansan o’zing bizni.
Adoying bo’lgaymiz seni, O’zbekiston,
Hech kimga bermaymiz seni, O’zbekiston,
Hidoying bo’lgaymiz seni, O’zbekiston,
Hech kimga bermaymiz seni, O’zbekiston.

Тuzing totib unutganlar xor bo’ladi,


Ko’zlariga ikki dunyo tor bo’ladi,
Тinch kuningni ko’rolmagan yurtfurushlar,
Bir kun bir kaft tuprog’inga zor bo’ladi.

Boldan shirin taxir qora bug’doying ham,


O’zingdan bo’lsa gar shohi, gadoying ham,
Bir jon-u tan bir-biringdan rozi yursang,
Хudoying ham sendan rozi xudoying ham.
Shoir Muhammad Yusuf 2001- yil vafot etdi. Uning qo’shiqlari, she’rlari xalq xotirasida hali uzoq yashaydi.


Download 1.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling