O’zbek tili o’zbekiston respublikasi davlat arxitektura va qurilish qo’mitasi toshkent arxitektura – qurilish instituti


Ko'chirma gapda tinish belgilarining ishlatilishi


Download 1.9 Mb.
bet5/7
Sana30.08.2020
Hajmi1.9 Mb.
#128185
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
O`zbek tili-0`quv qo`llanma



Ko'chirma gapda tinish belgilarining ishlatilishi
Ko'chirilgan gap qo'shtirnoq ichiga olinadi, badiiy asarlarda tire bilan ajratib beriladi. Ko'chirma gapda, ko'chirilgan gapning o'rniga qarab, tinish belgilarining ishlatilishi quyidagicha bo'ladi:
1. Ko'chirilgan gap darak gap bo'lib, muallif gapidan oldin kelsa, undan keyin vergul va tire qo'yiladi: "Yuring, men o'sha tomonga boraman", - dedi Komila (badiiy asarlarda tire ishlatiladi). So'roq va undov belgilari qo'shtirnoq yopilmasdan oldin qo'yiladi.
2. Ko'chirilgan gap muallif gapidan keyin kelsa, muallif gapidan keyin ikki nuqta qo'yiladi: Bir kun Husayn Mirzo shipga qarab yotib, vazirlariga shunday debdi: - Olib keling! (“El desa Navoiyni”)
3. Muallif gapi ko'chirilgan gap ichida kelsa, tinish belgilari quyidagicha qo'yiladi: 1) ko'chirilgan gapning uzilib qolgan qismida hech qanday tinish belgisi bo'lmasa yoki vergul yoxud ikki nuqta bo'lsa, bu belgilar tushirilib, muallif gapi har ikki tomondan vergul va tire bilan ajratiladi: "Hazrat, - debdi Xudoyberdi unga qarab, - tandirni qurolmadim". (“El desa Navoiyni”)
2) ko'chirilgan gapning uzilib qolgan qismidan so'ng nuqta qo'yish lozim bo'lsa, muallif gapidan oldin vergul va tire, muallif gapidan so'ng esa nuqta qo'yiladi: "Noyib to'raning gaplaridan bilinadi o'zi, dedi Miryoqub. – Siz bo'lgan gaplarni aytib bering" (Ch.Avaz).
) 3) ko'chirilgan gapning uzilib qolgan qismidan so'ng so'roq yoki undov belgisi qo'yish lozim bo'lsa, muallif gapidan avval o'sha belgi va tire qo'yiladi, muallif gapidan so'ng nuqta va tire qo'yilib, ko'chirma gapning davomi bosh harf bilan boshlanadi: "Xadichaxon ko'zlarini ayyorlik bilan o'ynatib turib, kundoshiga qaradi: - Gapni eshitayotirsizmi? – dedi. – Ertaga biznikiga shaharlik mehmonlar kelishar ekan!" (Ch.Avaz) .
4. Ko'chirilgan gap muallif gapining o'rtasida kelsa, tinish belgilari quyidagicha qo'yiladi:
1) muallif gapining uzilib qolgan qismining oxiriga ikki nuqta qo'yilib, ko'chirilgan gap qo'shtirnoq ichiga olinadi; ko'chirilgan gapdan keyin vergul va tire qo'yilib, keyin muallif gapining davomi yoziladi: Saodat: "Biz ham astoydil mehnat qildik", - dedi.
2) ko'chirilgan gap so'roq yoki his-hayajon gap bo'lsa, ularning belgilari qo'shtirnoq ichida bo'ladi: O'qituvchimiz : "Sen qaysi badiiy kitoblarni o'qib chiqqansan?" - deb so'radilar.
5. Ko'chirma gaplar hamsuhbatlarning luqmasi tarzida ifodalanganida yozma nutqda har bir luqmadan avval tire qo'yiladi. Bu luqmalarda muallif gapi bo'lmaydi: - Shaharda qarindoshingiz bormi? - Yo'q.




O'zlashtirma gap.
O'zgalarning shakli o'zgartirilib, mazmuni ifodalangan gapi o'zlashtirma gap deyiladi. O'zlashtirma gap ko'chirma gapga aylantirilishi mumkin bo'lgan gapdir: Qurbon ota ertaga kelishini aytdi (o'zl. gap) – Qurbon ota dedi: “Men ertaga kelaman”(ko'ch. gap).
So'roq, buyruq mazmunini ifodalagan ko'chirma gaplar o'zlashtirma gapga aylantirilganda, darak gap shaklida bayon qilinadi. - Bu qanday bino, nimaga mo'ljallaysiz? - dedi O'ktam(ko'chirma gap).O'ktam bu qanday bino ekanligini, uning nimaga mo'ljallanishini so'radi(o'zlashtirma gap).
Undov, kirish so'z qatnashgan ko'chirma gaplar o'zlashtirma gapga aylantirilganda, kirish so'zlar tushib qoladi, undalma vositali to'ldiruvchiga aylantiriladi, 1-, 2-shaxs­larni ko'rsatuvchi so'zlar 3-shaxsga aylantiriladi:
- Xo'sh, Kanizakxon, qanday yangiliklar bor? - so'radi O'ktam(ko'chirma gap).
O'ktam Kanizakxondan qanday yangiliklar borliginiso'radi(o'zlashtirma gap).
Biror matndan ko'chirilgan gaplar ko'chirma deyiladi. Ko'chirma ikki xil bo'ladi:
1. Muallif gapi bilan birga qo'llangan ko'chirma:Alisher Navoiy ilm olishga da'vat qilib: "Olim bo'lsang, olam seniki", - degan edi .
2. Muallif gapisiz qo'llangan ko'chirma: Shoira Zulfiya o’z qahramonlarini eng yaqin kishilarim deb bilar edi. Baxtiyor bo’lardim she’rlarim bilan shu do’stlar qalbiga kirolsam agar .Muallif gapi bilan qo'llangan ko'chirma bayon qilinayotgan fikrni asoslash, tasdiqlash yoki inkor etish uchun keltiriladi. She'riy parchalar ko'chirma tarzida keltirilsa, qo'shtirnoqqa olinmaydi. Ko'chirma muallif gapisiz qo'llansa ham, qo'shtirnoqqa olinmaydi. Bu tarzdagi ko'chirmalar epigraf tarzida qo'llanadi va qo'shtirnoqqa olinmaydi.





Tayanch so`zlar: ko`chirma, o`zlashtirma, muallif, o`zga, tinish belgillari.

Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:
1.Ko`chirma gap qanday ifodalanadi?

2.O`zlashtirma gapqanday ifodalanadi?

3.Ko’chirma nima?

Topshiriq:Matnni o’qing. Ko`chirma va o`zlashtirma gaplarga aylantiring.

OTA – ONANI E’ZOZLANG

Ota – onani e’zozlash va ulug’lash asrlar davomida avloddan – avlodga o’tib kelayotgan el – yutga xos olijanob an’analardan biridir. O’z ota – onasining qadrini bilmagan odam, do’stlarining ham hurmatiga arzimaydi. Ota – onaning qalbi mehr – muruvvatga to’liq bo’ladi, farzandlaridan jonini ham ayamaydi. Lekin yaxshi farzand ularning mehr chashmasi-dan oqilona foydalanadi, suiste’mol qilmaydi.

Farzandlarning ota – onasiga bo’lgan shirin so’zi, xushmuomalasi, mehribonliklari ustiga ularning jamiyat ustiga qilgan go’zal ishlari ham qo’shilsa, nur ustiga a’lo nur bo’ladi. Ota – onaning umri boqiy bo’lib tetik yashashini istasang, doimo ularning ko’ngillarini shod et. Oqil o’g’il, komila qiz :“Ota –onamni shod qilish uchun nima ish qiloldim?” , deb vijdoni bilan suhbatlashib turadi.

Insonlardagi vijdon va or – nomus ota – onasining qadr – qimmatini tushunishdan boshlanadi. Inson bo’lishning alifbosi shu, chunki barcha xalqlar qay tilda gapirmasin, dastlabki so’zlari ona tilida “ota – ona” deyishdan boshlanadi, insonning birinchi so’z debochasi ham ota – onadir.

Bizning dunyoga kelishimizga, o’sib – ulg’ayib kamolotga yetishishimizning birinchi sabablari ham – bu buyuk insonlardir. Ota – onaning jamoli, qora ko’zlari, qoshu sochlari, kuch qudrati, go’zal chehrasi, qaddu qomati – bularning hammasi bizda namoyon bo’ladi.

Ular bizni kata hayotga taqdim qiluvchi ulug’ zotlardir.

Farzand ota – onaga kuch quvvat baxsh etadi. Otalarimizning “Farzand ota – ona ko’zi-ning oqu qorasi, belining quvvatidir” degan qimmatli so’zlari farzandga bo’lgan mehr muhabbatni ifoda etadi. Ota- ona qayerda bo’lmasin – ishdami, uzoq safarda, ularning ko’z oldida doim bolalarning timsoli gavdalanib turadi, fikr-u zikri bolada bo’ladi. Albatta, bizga ko’rsatilgan bunday mehribonchilikni biz his etishimiz va o’zimizning na’munali xulqimiz va odobimiz bilan javob qaytarishimiz zarur. Bekorga xalqimizda biror xayrli ish qilgan kishiga qarata “Sen tarbiya qilgan ota – onangga rahmat” deb aytilmaydi. Shunday ekan ota- onamiz nomiga doimo rahmatlar yog’dirishimiz – farzandlik burchimizdir. Chunki ota – onalarning eng baxtlisi – bu farzandlari ortidan tashakkur eshitganlaridir. Ota – onangizni doimo izzat qiling va e’zozlang, chunki ular bizga g’nimat.

2-topshiriq. She'rni ifodali o'qing, unga sarlavha toping.

Bilmam qanday ayol bo'lgan

Alisherning onasi?

Balki uning aqliga ham

Lol qolgan zamonasi.

Balki uning ko'zlarida

Qolgan og'ir bir hayol

Balki g'amgin bir zotdir u,

Balki sho'xchan bir ayol.

Balki buyuk farzandiga

Terib bergan chechaklar.

Balki tunlar unga bedor

Aytib bergan ertaklar.

Yolg'iz bir so4z ma'nosi:

Alisherning onasi - u

Navoiyning onasi.

Abdulla Oripov

48-mavzu: Uslubiyat (Stilistika). Nutq uslublari.

Reja:

1.Stilistikaning o’rganish ob’yekti.



Download 1.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling