O’zbek tili sintaksisi. So’z birikmasi. Gap bo’laklari. Gap va uning turlari. O’zbek tili stilistikasi. Nutq uslublari. O’zbek tilida tinish belgilaridan foydalanish Sintaksis haqida umumiy ma’lumot


Download 131.39 Kb.
bet2/8
Sana25.03.2023
Hajmi131.39 Kb.
#1295592
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1-mavzu Sintaksis

Gap va uning belgilari

  •  
  • Sintaksisda o‘rganiladigan asosiy sintaktik birlik gap hisoblanadi. Gap – kishilar nutqining eng kichik birligi bo‘lib, u grammatik jihatdan tashkil qilingan, mazmun va ohang jihatdan nisbiy tugallikka ega bo‘lgan so‘zlar bog‘lamasi yoki yakka so‘zdir. Aloqa birligi bo‘lmish gap fikrni ifodalash va shakllantirish birligi hamdir. Shunga ko‘ra gap kommunikativ (aloqa qilish) va kognitiv (fikr ifodalash) vazifalarni bajaradigan nutq birligi sanaladi. Gapning mazkur xususiyatlari uni so‘zdan va so‘z birikmasidan farqlaydi.
  • Gapning quyidagi asosiy belgilari mavjud:
  • 1. Gapning ko‘pgina turlari mantiqiy hukm bilan chambarchas bog‘liq. Hukmda esa biror narsa haqida nimadir tasdiqlanadi yoki inkor etiladi va aynan ana shunda predikativlik o‘z ifodasini topadi. Demak, gapning muhim belgilaridan biri predikativlikdir. Predikativlik gap mazmunining obyektiv borliqqa bo‘lgan munosabatini ifodalaydi. Predikativlik ifodalovchi grammatik vositalar mavjud bo‘lib, ular mayl, zamon, shaxs-son kategoriyalaridir.
  • Predikativlik, odatda, so‘zlarning predikativ aloqaga kirishuvi bilan, ya’ni ega-kesim aloqasi bilan ifodalanadi. Masalan: Bolalar keldi. Bolalar xursand.
  • Ayrim hollarda predikativlik bir bosh bo‘lak bilan ham ifodalanishi mumkin. Masalan: Tinchlik uchun kurashaylik.
  • 2. Gapda bayon qilinayotgan fikrga so‘zlovchining munosabati ham ifodalanadi. Bunday munosabat modallik deb yuritiladi. Anglashiladiki, gapning asosiy belgilaridan biri modallik hisoblanadi. Modallik (tasdiq, inkor, gumon, shubha kabilar) mayl kategoriyasi, modal so‘zlar, yuklamalar kabi vositalar orqali ifolanadi.
  • 3. Gap ohang (ohang) jihatdan tugallikka ega bo‘ladi. Ohang ham predikativlik, modallik belgilari singari gapni so‘z birikmasidan chegaralashga xizmat qiladi. Ohang, birinchidan, so‘zlar bog‘lanmasi yoki yakka so‘z gapni shakllantirganini ko‘rsatsa, ikkinchidan, gapning tugallanganligini ifodalab, uni boshqa gapdan ajratib turadi. Ohangning xabar, so‘roq, buyruq va boshqa turlari farqlanadi.

Download 131.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling