O’zbek tili sintaksisi. So’z birikmasi. Gap bo’laklari. Gap va uning turlari. O’zbek tili stilistikasi. Nutq uslublari. O’zbek tilida tinish belgilaridan foydalanish Sintaksis haqida umumiy ma’lumot


Gap bo‘laklari haqida umumiy ma’lumot


Download 131.39 Kb.
bet4/8
Sana25.03.2023
Hajmi131.39 Kb.
#1295592
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1-mavzu Sintaksis

Gap bo‘laklari haqida umumiy ma’lumot

  •  
  • Gapda biror so’roqqa javob bo’lgan va o’zaro tobе bog’langan so’z yoki so’z birikmasi gap bo’lagi dеb ataladi. Gap bo’laklarini bеlgilashda asosiy xususiyat ular orasidagi sintaktik aloqadir. So’zlarga so’roq bеrish, ularning qaysi turkumga mansubligi, gap ichida joylashish tartibi, qanday qo’shimchalar olishi tom ma'noda gap bo’laklarining turlarini bеlgilashda asos bo’la olmaydi. Gap bo’laklarining turi odatda bir-biriga nisbatan aniqlanadi: ega kеsimga nisbatan, aniqlovchi aniqlanmishga nisbatan, hol hollanmishga nisbatan, to’ldiruvchi to’ldirilmishga nisbatan aniqlanadi. Nisbat bеriluvchi bo’lak bo’lmas ekan, u yoki bu gap bo’lagi haqida gapirish mumkin emas.
  • Gap bo‘laklarining gap tarkibidagi mavqei bir xil emas. Ba’zi gap bo‘laklari gap qurilishida markaziy o‘rinni egallaydi, bunday bo‘laklarsiz fikr anglashilmaydi. Ayrim bo‘laklar esa gap qurilishida asosiy rol o‘ynamaydi, ularning ishtirokisiz ham bosh bo‘laklar orqali fikr anglashilaveradi. SHunga ko‘ra gap bo‘laklari ikki turga ajratiladi:
  • 1) bosh bo‘laklar;
  • 2) ikkinchi darajali bo‘laklar.
  • Bosh bo‘laklar gapning grammatik asosini tashkil qiladi. Fikr, asosan, gapning grammatik asosi orqali ifodalanadi.
  • Ikkinchi darajali bo‘laklar gapning grammatik asosini tashkil qilmasdan, uni hajm jihatdan kengaytiradi yoki so‘z birikmasini shakllantirish uchun xizmat qiladi.
  • Ikkinchi darajali bo‘laklar bosh bo‘laklar bilan yoki o‘zaro tobe aloqada bo‘lib, ularni izohlash, aniqlash, to‘ldirish uchun xizmat qiladi.
  • Bosh bo‘laklar ega va kesimdan iborat. Ikkinchi darajali bo‘laklar aniqlovchi, to‘ldiruvchi va holdir.
  •  

Uyushiq bo‘laklar haqida umumiy ma’lumot

  • Gapda bir xil so‘roqqa javob bo‘lib, bir xil sintaktik vazifasini bajaradigan, o‘zaro teng aloqaga kirishgan, bir umumiy bo‘lakka bog‘lanadigan gap bo‘laklari gapning uyushiq bo‘laklari deyiladi. Masalan: Odamning eng shirin, lazzatli va halol taomi o‘z mehnati, qo‘l kuchi bilan topgan rizqidir. («Oz-oz o‘rganib dono bo‘lur»). Mazkur gapda eng shirin, lazzatli va halol hamda o‘z mehnati, qo‘l kuchi bilan guruh so‘zshakllari uyushib kelgan. Bunda birinchi guruhdagi so‘zshakllar bir xil so‘roqqa - qanday? degan so‘rog‘iga javob bo‘lib, sifatlovchi vazifasini bajargani holda, taomi umumiy bo‘lagiga – egaga bog‘langan; ikkinchi guruhdagi so‘zshakllar ham bir xil so‘roqqa - qanday? so‘rog‘iga javob bo‘lib hol vazifasida kelib, topgan umumiy bo‘lagiga – sifatlovchiga bog‘langan. Har bir guruhdagi so‘zshakllar o‘zaro teng aloqaga kirishgan.
  • Bunday teng aloqadagi so‘zshakllar soni ikkidan va undan ortiq bo‘lib, keyingi paytlarda ular tilshunoslikda «uyushiq qator», «tenglanishli qator» deb yuritilmoqda. Tenglanishli qatorda ikkidan tortib o‘n, hatto undan ko‘p so‘zshakl qatnashishi mumkin: Saroytoshning ikki tomonida qad ko‘targan dara sohillari, undagi archazorlar, soy bo‘yida o‘sguvchi yulg‘unzoru bizning uyimiz yaqinidagi eski chashma, chashma atrofida ko‘karib yotadigan nilufarlar, yana qishloqning tor, egri-bugri ko‘chalari, muyulishda do‘mpaygan go‘ng to‘dalari, atrofdan eshitilib turadigan kakliklar sayrog‘i, oqshom tushganida uylar ayvonida yonuvchi chiroqlar, chiroqlar tevaragida qur tutib suhbatga berilgan odamlar – bularning hamma-hammasi biz uchun aziz, qadrdon edi. (SH.Xolmirzaev).

Download 131.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling