O’zbek tili sintaksisi. So’z birikmasi. Gap bo’laklari. Gap va uning turlari. O’zbek tili stilistikasi. Nutq uslublari. O’zbek tilida tinish belgilaridan foydalanish Sintaksis haqida umumiy ma’lumot


Download 131.39 Kb.
bet1/8
Sana25.03.2023
Hajmi131.39 Kb.
#1295592
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1-mavzu Sintaksis

O’zbek tili sintaksisi. So’z birikmasi. Gap bo’laklari. Gap va uning turlari. O’zbek tili stilistikasi. Nutq uslublari. O’zbek tilida tinish belgilaridan foydalanish

Sintaksis haqida umumiy ma’lumot

  •  
  • Sintaksis (grekcha – syntaxis – «tuzish» so‘zidan olingan) grammatikaning bir bo‘limi bo‘lib, so‘zlarning birikish yo‘llari, so‘z birikmasi, gap, ularning turlari, xususiyatlarini tekshiradi.
  • Sintaksis, bir tomondan, so‘z va so‘z shakllarning, shuningdek, gaplarning aloqa qilish birikish yo‘llarini tekshirsa, ikkinchi tomondan, ma’lum bog‘lanish asosida yuzaga keladigan sintaksis birliklarni o‘rganadi.
  • So‘z birikmasi, gap, gap bo‘laklari asosiy sintaktik birliklar, sintaktik grammatik kategoriyalar hisoblanadi.
  •  

Sintaktik aloqa turlari

  •  
  • So‘zlarning, shuningdek, gaplarning orasidagi bog‘lanish, aloqa ikki xil bo‘ladi:
  • 1) teng bog‘lanish, yoki teng aloqa; 2) tobe bog‘lanish, yoki tobe aloqa.
  • Teng bog‘lanish sintaktik jihatdan teng huquqli bo‘lgan, biri ikkinchisiga bo‘ysunmagan so‘zlarning yoki gaplarning aloqasidir. Bunda teng aloqadagi so‘zlar yoki gaplar o‘zaro teng bog‘lovchilar, teng bog‘lovchi vazifasidagi yuklamalar, sanash ohangi (ohang) yordamida munosabatga kirishadi.
  • Masalan: 1. Beminnat qilingan ezgulik eng maqbul va go‘zal ezgulikdir. (Oz-oz o‘rganib dono bo‘lur). 2. Bilmaslik ayb emas, bilishni istamaslik aybdir. (Oz-oz o‘rganib dono bo‘lur).
  • Birinchi misolda eng maqbul, go‘zal sifatlari o‘zaro teng bog‘lanib, gapda uyushiq sifatlovchilar vazifasini bajargan. Ikkinchi misolda esa Bilmaslik ayb emas va Bilishni istamaslik aybdir gaplari bir-biri bilan teng aloqaga kirishgan.
  • Tobe bog‘lanishda biri hokim, ikkinchisi tobe bo‘lgan qismlar (so‘zlar, ergash gapli qo‘shma gap qismlari) o‘zaro aloqaga kirishadi. Ularning biri ikkinchisini aniqlash, izohlash, to‘ldirish uchun xizmat qiladi. Aniqlaydigan, izohlaydigan, to‘ldiradigan qismi tobe, izohlanadigan qism hokim deb yuritiladi: 1. Kitobni o‘qimoq, qiziqarli voqea. 2. Kimning himmati baland bo‘lsa, qadr-qimmati ham bo‘ladi (Oz-oz o‘rganib dono bo‘lur). Birinchi misolda so‘z birikmasi tarkibidagi so‘zlardan biri hokim qism (o‘qimoq, voqea), ikkinchisi (kitobni, qiziqarli) tobe qism bo‘lib kelgan. Ikkinchi misolda ergashgan qo‘shma gapning qismlaridan biri «qadr-qimmati ham baland bo‘ladi» hokim qism, bosh gap sifatida, ikkinchisi «kimning himmati baland bo‘lsa» tobe qism, ergash gap sifatida qatnashgan. Shunday qilib, bog‘lanishning ikki xil turini so‘zlar orasida ham, gaplar orasida kuzatish mumkin. (Gaplar orasidagi bog‘lanish haqida «Qo‘shma gap» bo‘limida bahs yuritiladi).
  • So‘zlar orasidagi tobe bog‘lanish ikki xil bo‘ladi:
  • 1) predikativ tobe bog‘lanish; 2) nopredikativ tobe bog‘lanish.
  • Ega va kesimning bog‘lanishi predikativ tobe bog‘lanish hisoblanadi va bunday bog‘lanishdan gap hosil bo‘ladi. Tobe (ergash) bog‘lanishning qolgan ko‘rinishlari (aniqlovchi+aniqlanmish, to‘ldiruvchi+to‘ldirilmish, hol+hollanmish) nopredikativ tobe bog‘lanish bo‘lib, bunday bog‘lanishdan so‘z birikmasi yuzaga keladi. So‘zlarning nopredikativ tobe bog‘lanishi uch xil bo‘ladi: 1) boshqaruv; 2) bitishuv; 3) moslashuv.

Download 131.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling