O`zbek tili so`z birikmalar. Jabbarov R
Download 487.27 Kb. Pdf ko'rish
|
f53428e7aaca00e6b3b95ea69b821aa7 O`zbek tili so`z birikmalarining XX asrdagi taraqqiyoti masalalari
taraqqiyoti masalalari.
Umumiy xulosalar. Foydalangan adabiyotlar ro`yxati. 3 Dissertatsiyaning umumiy tavsifi Mavzuning dolzarbligi. Til doimiy ravishda xalq tarixi. Uning bosib o`tgan tarixiy bosqichlari, jamiyatning tuzilishi, har bir ijtimoiy tuzimning etakchi mafkurasi, g`oyalari bilan bog`langan bo`ladi. Tilda xalq bosib o`tgan tarixiy bosqichlar o`zining o`chmas izlarini qoldiradiki, bu til yaruslarining barcha bosqichlarini qamrab oladi. Uning o`zgarishi jarayonlarini aniq tasavvur qilish uchun uni diaxronik aspektda o`rganish, uning tarixining muayyan davrlarini hozirgi holatga solishtirish, bu evalyutsion taraqqiyotning nimalar, qanday omillar ta`sirida yuzaga kelganligini ochib berish, undagi eng kichik struktural o`zgarishlardan tortib, kattaroq hajmdagi yangilanish va tub o`zgarishlarni aniqlash, ularning qonuniyatlarini belgilash tilshunoslik oldida turgan muhim vazifalardan biridir. Ularni lisoniy metodlar asosida o`rganish tilga dialektik nuqtai nazardan yondashishning bir ko`rinishidir. Dunyoda qotib qolgan narsa yo`q, har qanday hodisaga yangilanish, jamiyat talablari asosida o`zgarish hodisasi xosdir.Shu ma`noda o`zbek tili tuzilishining shu kundagi holatini yaqin o`tmishimiz, ya`ni XX asrning boshlaridagi bo`lgan holatiga solishtirish muhim ahamiyatga ega. Faqat shu orqaligina biz o`zbek tilining evolyutsion taraqqiyotini to`g`ri anglashimiz, tilga ongli va madaniy munosabatda bo`lishimiz mumkin. Tilga e`tiborsiz holda unga yot bo`lgan konstruktsiyalarni qo`llash, hozirgi jamiyatimiz taraqqiyotiga, tushunchalariga umuman zid bo`lgan so`z va iboralarni ishlatish tilimiz taraqqiyotiga subitsiz munosabatda bo`lishga tenglashtiriladi. Shu ma`noda muhtaram prezidentimizning “biz ajdodlardan avlodlarga o`tib kelayotgan bebaho boylikning vorislari sifatida ona tilimizni avaylab-asrashimiz, uni boyitish, nufuzini yanada oshirish ustida doimiy ishlashimiz zarur” 1 , degan gaplari doim esimizda turishi va til tarixida sodir bo`lgan, hayotimiz uchun zarur bo`lgan har bir unsurni saqlab qolishimiz, uni milliy o`ziga xosligimiz negizida rivojlantirishimiz ham farz, ham qarzdir. 1 I. Karimov. Yuksak ma`naviyat –engilmas kuch. T., 2008, 87-b. 4 Ma`lumki, o`zbek tili tarixiy taraqqiyotida boshqa davrlarga nisbatan XX asr boshlaridagi tarixiy vaziyat, ijtimoiy qarama-qarshiliklarga boy jamiyat tuzilishi, har xil qatlamga, dunyoqarashi har xil bo`lgan turli xalq vakillarining hayotimizda aralash-quralash kirib kelishi, jamiyat mafkurasiga xos ibora va tushunchalarning zo`rlik bilan bostirib kirishi, hali adabiy tilning shakllanmagan bir davrida matbuot, kitob, o`qish-o`rganish ishlarida turli millat vakillariga xos odamlarning ishtiroki tilga katta ta`sir quvvatini olib kirdi. Bu jarayon tilga katta ta`sir o`tkazib, ko`pgina yot unsuralning tilga kirib o`zlashishiga, asrlar osha qo`llanilib kelayotgan til me`yorlarining buzilishiga, asl milliy-o`zbekcha til me`yorlarining kelgindi qatlam elementlari bilan raqobatlashishiga olib keldiki, natijada bu jarayon katta til o`zgarishlariga olib keldi. Shu sababli ham XX asr boshidagi til holati bilan hozirgi davr til qo`llanish jarayonini o`rganish o`zbek tili taraqqiyotidagi sodir bo`lgan tub yangilanishlarni kuzatishga, uning mohiyatini aniqlashga katta yordam beradi. Bu esa o`zbek tilshunosligi oldiga yangi ufqlar ochib, til tarixining noaniq tomonlarini ochib berishimizga yordam beradi. Til taraqqiyoti barcha sohalarda bir xil o`zgarishlarga uchrashi mumkin emas. Ayniqsa bu jarayon leksika sohasida nihoyatda faol bo`lsa, morfologik va sintaktik bosqichda ancha sust bo`lishi mumkin. Chunki grammatik bosqich o`zining konservativligi, davr va zamon ta`sirotlari unga unchalik ta`sir qilmasligi, bu sohalardagi o`zgarishlar asrlar osha sodir bo`lishi, makondan va zamondan bee`tiborliligi, turg`unligi bilan ajralib turadi. Shunga qarab bu sohalardagi o`zgarishlar e`tiborsiz bo`lib tuyulishi, katta til hodisalarini o`zida voqealantirmasligi mumkindek taassurot qoldiradi. Ammo til hodisalarini kuzatish bunday hadiksirashning asossizligini, grammatika sohasida ham katta struktural o`zgarishlar yashirinib yotganligini ko`rsatmoqdaki, bu hodisalarni o`rganish va ularga lisoniy baho berish til evolyutsiyasini aniqlashga katta yordam berishi mumkinki, buni tadqiq qilish doim dolzarbdir. Download 487.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling