O`zbek tili so`z birikmalar. Jabbarov R
Tadqiqotning ilmiy farazi
Download 487.27 Kb. Pdf ko'rish
|
f53428e7aaca00e6b3b95ea69b821aa7 O`zbek tili so`z birikmalarining XX asrdagi taraqqiyoti masalalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tadqiqot manbalari.
- Himoyaga olib chiqilayotgan asosiy holatlar.
Tadqiqotning ilmiy farazi: 1) So`z birikmasi sohasidagi o`zgarishlar
lingvistik va nolingvistik omillar ta`sirida maydonga kelgan; 2) Lingvistik omillar sifatida so`z semantikasidagi o`zgarishlar, ularning valentlik imkoniyatlarining kengayishi, uslubiy taqsimlanish kabilarni ko`rsatish mumkin; 3) Nolingvistik omillar sifatida ijtimoiy jamiyatning o`zgarishi, xalq turmush tarzidagi yangilanishlar, rus tilining va u orqali evropa tillarining ta`sirini ko`rsatish mumkin: 4) So`z birikmalari sohasidagi o`zgarishlar ularning uslubiy differentsitsiyasiga katta ta`sir o`tkazgan. Tadqiqot manbalari. Tadqiqotning nazariy asosini V.V. Vinogradov, O.S. Axmanova, N.N. Prakopovich, e.S. Skoblikova kabi rus olimlarining ishlaridagi so`z birikmalariga oid nazariy asoslar, turkiyshunos olimlardan S.e. Malov, e.D. Polivanov, A.N. Kononov, N.K. Dmitriyev, N.A. Baskakov, A.M. sherbak asarlaridagi, o`zbek tilshunoslaridan A. Hojayev, A.G`. G`ulomov, A. Safayev, K. Sharipov, U. Tursunov, Sh. Rahmatullayev, kabilarning, qozoq tilshunoslaridan M. Balaqayev, A.N. Nurmaxanova, K. Axanov kabilarning, qoraqalpoq tilshunoslaridan e. Davenov, M. Davletov, A. Bekbergenov, O. Dospanov, Sh. Abdinazimov, O. Bekbaulov kabilar asarlaridagi nazariy ma`lumotlar tashkil qildi. Shuningdek, ishda 20-30-yillarda chiqqan kundalik matbuot materiallari, jurnallar, A. Qodiriyning “O`tkan kunlar” romani matnlari, Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot instituti tilshunos olimlarining “O`zbek adabiy tilining sovet davridagi taraqqiyoti” bo`yicha amalga oshirgan tadqiqot ishlarda keltirilgan misollar, matnlar asosiy tahlil manbalari sifatida xizmat qildi. Hozirgi davrga xos materiallar esa 80-90-yillarda nashr qilingan gazeta va jurnallardan olindi. Himoyaga olib chiqilayotgan asosiy holatlar. - 20-30-yillardagi kundalik matbuot va jurnallardan so`z birikmalari tanlandi; - A. Qodiriyning “O`tkan kunlar” romanining oldingi nashrlaridan misollar to`planib, so`z birikmalarining har xil shakllantirilishiga xos lisoniy materiallar olindi. - boshqaruv yo`li bilan tuzilgan so`z birikmalari qoliplarining leksik to`lg`azilishiga misollar to`planib ularning tahlili berildi; 8 - Jo`nalish kelishigi shakli bilan hosil qilingan boshqaruvli birikmalarning 20- yillardagi leksik to`lg`azilishi hozirgi davrdagi shakllari bilan qiyoslandi; - Jo`nalish kelishigi bilan tuzilgan boshqaruvli birikmalarning boshqa kelishik shakllariga sinonim holatlari tavsiflab berildi; - Tushim kelishikli boshqaruvli birikmalarning boshqa kelishiklar bilan funktsional almashinib qo`llanilishiga misollar ko`rsatildi; - O`rin-payt kelishikli boshqaruv yo`li bilan tuzilgan so`z birikmalari shakllarining 20-30-yillardagi holati hozirgi davri bilan qiyoslandi va uning taraqqiyoti masalalari tavsiflandi; - Chiqish kelishikli boshqaruv yo`li bilan tuzilgan birikmalar sinonimiyasi tavsiflandi va ularning funktsional almashinib qo`llanilishi ko`rsatib berildi. va. h. Download 487.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling