O`zbek tili so`z birikmalar. Jabbarov R
Download 487.27 Kb. Pdf ko'rish
|
f53428e7aaca00e6b3b95ea69b821aa7 O`zbek tili so`z birikmalarining XX asrdagi taraqqiyoti masalalari
Buyurmoq fe`li «biror shaxsni biror ishni bajarishga qat`iy ravishda
undash» ma`nosida hozirgi norma nuqtai nazaridan sub`ekt, vositali ob`ekt va vositasiz ob`ekt valentliklarini reallashtiradi, Bu hol fe`lga qo`yiladigan kim? nima? kimga? nimani yoki nima qilishni? so`roqlarida o`z aksini topadi. Jo`nalish formasidagi vositali ob`ekt funktsiyasida odatda shaxs anglatuvchi ot, vositasiz ob`ekt funktsiyasida -(i)sh formali harakat nomi yoki infinitiv formasi qo`llanadi: ...qo`llarining keskin harakati bilan xalqqa tinchlanishni buyurishdi. Buyurmoq fe`li 20—30-yillarda yuqorida ko`rsatilgan ma`noda harakat nomini tushum emas, jo`nalish formasida boshqargan. B u y u r m o q fe`li polisemantik xarakterga ega. Uning har bir alohida ma`nosi o`ziga xos valentlikka ega bo`ladi. Masalan, d a ` v a t q i l m o q , y o ` l l a m o q ma`nosida bu fe`l k i m n i ? n i m a g a ? ( n i m a q i l i s h g a ? ) savollariga javob bo`luvchi bo`laklar bilan konkretlashtirilishni talab qiladi: Bolani ishga buyur, ketidan o`zing yuur.Bunda buyur fe`li ko`rsatilgan ma`noda qo`llangani uchun shu ma`noni mustaqil ifoda qiluvchi leksik birlik –yo`llamoq, da`vat qilmoq fe`llari bilan almashtirilishi mumkin. Bolani ishga yo`lla (da`vat qil) kabi. Bunda buyur fe`li ko`rsatilgan ma`noda qo`llangani uchun shu ma`noni mustaqil ifoda qiluvchi leksik birlik — y o ` l l a m o q , d a ` v a t q i l m o q fe`llari bilan almashtirilishi mumkin: B o l a n i i s h g a y o ` l l a ( d a ` v a t q i l ) kabi. Bu fe`lning ko`rsatilgan ma`nosi izohli lug`atda 1 aks ettirilmagan, natijada biz misol tariqasida keltirgan maqol u yerda b u y u r m o q fe`lining «buyruq bermoq, amr, farmon qilmoq, hukm qilmoq» ma`nolariga misol tariqasida keltirilgan. 1 O`zbek tilining izohli lug`ati, t1. M., 1982. 34 H u k m q i l m o q ma`nosida bu fe`l k i m n i ? n i m a g a ? so`roqlariga javob bo`luvchi so`zlar bilan birikadi: Ertasiga Azizbek mazkur ikki kishini o`z huzuriga oldirib, maqtovga ulug` mansab ato qilar va ikkinchisini o`limga buyurar. Qiyoslang: ikkinchisini o`limga hukm qilar. B u y u r m o q fe`li B o l a n i i s h g a b u y u r , i k k i n c h i s i n i o ` l i m g a b u y u r a r konstruktsiyalarida ayni bir xil omonimik modelda («tushum formasidagi ot + jo`nalish formasidagi ot + fe`l») reallashganiga qaramay, ikki xil ma`noli bo`lishiga sabab shuki, birinchi konstruktsiyadagi s h i so`zi ma`lum faoliyat, harakat ideyasini anglatadi: i s h g a b u y u r — i s h q i l i s h g a b u y u r . Ikkinchi konstruktsiyadagi o ` l i m so`zi fiziologik holat ma`nosini anglatadi. Tobe komponent vazifasidagi so`zlarning ma`nolaridagi bu farq b u y u r m o q polisemantik fe`lining turli ma`nolarining rellashuviga asos bo`lgan. Bu tahlil, bir qarashda o`zbek tilining taraqqiyotiga aloqasi yo`qdek ko`rinadi. Biroq b u y u r m o q fe`lining 20—30-yillarda harakat nomi formasini jo`nalish kelishigida boshqarishi hodisasi bu fe`lning turli xil semantikali otlarni shu kelishik formasida boshqarish hodisasidan tubdan farqlanishini ko`rsatadiki, fe`l semantikasining konstruktsiyasining struktur-semantik jihatlariga ta`sirini ko`rsatish zarurati shunday tahlil qilishni taqozo etadi. Download 487.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling