O`zbek tili so`z birikmalar. Jabbarov R
Download 487.27 Kb. Pdf ko'rish
|
f53428e7aaca00e6b3b95ea69b821aa7 O`zbek tili so`z birikmalarining XX asrdagi taraqqiyoti masalalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.2 Jo`nalish kelishikli birikmalar.
27 1.2 Jo`nalish kelishikli birikmalar. Jo`nalish kelishikli birikmalar o`zbek tilining so`z birikmalari sistemasida jo`nalish kelishikli konstruktsiyalar juda salmoqli va muhim o`rin egallaydi. Bu hol jo`nalish kelishigining real borliqda mavjud bo`lgan shaxs, predmet, hodisalar bilan harakat-holatlar orasidagi turli xil munosabatlarni ifodalashga xizmat qilishi bilan izohlanadi. Turkiy tillarda jo`nalish kelishigining funktsiyasini tekshirgan tadqiqotchilar bu kelishikning makon, sabab, maqsad, vositali ob`ekt munosabatlarini ifodalashini qayd etadilar. Hozirgi o`zbek adabiy tilida jo`nalish kelishigi o`zining polifunktsionalligi bilan xarakterlanadi. Poliifunktsionallik jo`nalish formasining turli semantik gruppaga oid otlar yoki fs`lning sifatdosh, harakat nomi kabi funktsional formalariga qo`shilib, xilma-xil simtaktik munosabat ifodalash xususiyatidir. Til materialini kuzatish bu forma vositasida yasalgan ba`zi birikmalar dastlabki bosqichlarida hozirgi davrdagi jo`nalish kelishikli birikmalar ifodalagan sintaktik munosabatlardan farqli bo`lgan munosabatlarni ifodalaganini, aniqrog`i, jo`nalish kelishigining sintaktik munosabat ifodalashdagi diapazoni kengroq bo`lganini ko`rsatadi. Shuni ta`kidlash lozimki, so`z birikmasi struktur-semantik tiplarining hosil qilinishini belgilab beruvchi qator omillar bu taraqqiyot davrida o`z ta`sirini o`tkazmay qolmadi. Til sistemasidagi, shu jumladan bu sistemaning ajralmas tarkibiy qismi bo`lgan so`z birikmasi sistemasidagi sodir bo`lgan evolyutsiya mana shu omillar bilan belgilanadi. Jo`nalish kelishikli konstruktsiyalar taraqqiyotini o`rganish bu jarayon asosida ichki lingvistik va ekstra-lingvistik omillar yotishini 28 ko`rsatdi. Masalan, muayyan tip konstruktsiyalarni shakllantiruvchi leksik elementlarning, ya`ni ularning hokim va tobe komponenti vazifasida qo`llanuvchi ot (keng ma`noda) va fe`lning semantik xususiyatiga ko`ra tanlanishi, maqbul ma`noli leksik elementlarning saqlanib qolishi, nomaqbullarining iste`moldan chiqib borishi ichki lingvistik omil ta`siri bilan izohlanadi. Bunda birinchi navbatda, hokim va tobe komponent semantikasida sodir bo`lgan o`zgarishlarni va ularning qo`llanishi, ma`no va funktsiyasi jihatdan hozirgi mavjud leksik-grammatik normaga qanchalik mos kelishi yoki mos kelmasligini ko`rsatish taqoza etadi. Bu keng ko`lamli masala bo`lib, bunda fe`l o`z semantik xususiyatini o`zgartirmagan holda boshqaruv formasini o`zgartirishi hollari (qo`shinig`o g`alaba qilmoq, yigitga qizg`anmoq kabilar),o`sha davrda hozirgi adabiy tilda ifodalangan ma`nosidan boshqa ma`noni ifodalagan, hozirgi kunda semantik jihatdan arxaiklashgan fe`llar vositasida yasalishi hollari (oldig`o bir vazifa kelib to`xtadi, kuchlariga yo`nalimiz, er egalariga qarshi boshlamoq kabi) tasvirlanadi. Bundan tashqari, qadimgi turkiy tilga xos bo`lgan norma ta`sirida kelishik formasining hozirgi formasi -ga o`rnida -a formasining qo`llanishi, boshqaruvchi qo`shma fe`lni yasovchi komponentlardan birining boshqa leksik birlik bilan ifodalanishi (humindonchilarga dahshat bermoq, hukumatga zarar bermoq kabi), tobe so`zning hozirgi adabiy tildagidan boshqa leksik birlik bilan (o`z uhdasiga olmoq, Download 487.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling