O`zbek tili so`z birikmalar. Jabbarov R


Download 487.27 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/47
Sana18.12.2022
Hajmi487.27 Kb.
#1028360
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   47
Bog'liq
f53428e7aaca00e6b3b95ea69b821aa7 O`zbek tili so`z birikmalarining XX asrdagi taraqqiyoti masalalari

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


27 
1.2 Jo`nalish kelishikli birikmalar. 
Jo`nalish kelishikli birikmalar o`zbek tilining so`z birikmalari 
sistemasida jo`nalish kelishikli konstruktsiyalar juda salmoqli va muhim 
o`rin egallaydi. Bu hol jo`nalish kelishigining real borliqda mavjud 
bo`lgan shaxs, predmet, hodisalar bilan harakat-holatlar orasidagi turli 
xil munosabatlarni ifodalashga xizmat qilishi bilan izohlanadi. 
Turkiy tillarda jo`nalish kelishigining funktsiyasini tekshirgan 
tadqiqotchilar bu kelishikning makon, sabab, maqsad, vositali ob`ekt 
munosabatlarini ifodalashini qayd etadilar. 
Hozirgi 
o`zbek 
adabiy 
tilida 
jo`nalish 
kelishigi 
o`zining 
polifunktsionalligi bilan xarakterlanadi. Poliifunktsionallik jo`nalish 
formasining turli semantik gruppaga oid otlar yoki fs`lning sifatdosh,
harakat nomi kabi funktsional formalariga qo`shilib, xilma-xil simtaktik 
munosabat ifodalash xususiyatidir. Til materialini kuzatish bu forma 
vositasida yasalgan ba`zi birikmalar dastlabki bosqichlarida hozirgi 
davrdagi 
jo`nalish 
kelishikli 
birikmalar 
ifodalagan 
sintaktik 
munosabatlardan farqli bo`lgan munosabatlarni ifodalaganini, aniqrog`i, 
jo`nalish kelishigining sintaktik munosabat ifodalashdagi diapazoni 
kengroq bo`lganini ko`rsatadi. 
Shuni 
ta`kidlash 
lozimki, 
so`z 
birikmasi 
struktur-semantik 
tiplarining hosil qilinishini belgilab beruvchi qator omillar bu taraqqiyot 
davrida o`z ta`sirini o`tkazmay qolmadi. Til sistemasidagi, shu jumladan 
bu sistemaning ajralmas tarkibiy qismi bo`lgan so`z birikmasi 
sistemasidagi sodir bo`lgan evolyutsiya mana shu omillar bilan 
belgilanadi. 
Jo`nalish kelishikli konstruktsiyalar taraqqiyotini o`rganish bu 
jarayon asosida ichki lingvistik va ekstra-lingvistik omillar yotishini 


28 
ko`rsatdi. Masalan, muayyan tip konstruktsiyalarni shakllantiruvchi 
leksik elementlarning, ya`ni ularning hokim va tobe komponenti 
vazifasida qo`llanuvchi ot (keng ma`noda) va fe`lning semantik 
xususiyatiga ko`ra tanlanishi, maqbul ma`noli leksik elementlarning 
saqlanib qolishi, nomaqbullarining iste`moldan chiqib borishi ichki 
lingvistik omil ta`siri bilan izohlanadi. Bunda birinchi navbatda, hokim 
va tobe komponent semantikasida sodir bo`lgan o`zgarishlarni va 
ularning qo`llanishi, ma`no va funktsiyasi jihatdan hozirgi mavjud 
leksik-grammatik normaga qanchalik mos kelishi yoki mos kelmasligini 
ko`rsatish taqoza etadi. Bu keng ko`lamli masala bo`lib, bunda fe`l o`z 
semantik xususiyatini o`zgartirmagan holda boshqaruv formasini 
o`zgartirishi hollari (qo`shinig`o g`alaba qilmoq, yigitga qizg`anmoq 
kabilar),o`sha davrda hozirgi adabiy tilda ifodalangan ma`nosidan 
boshqa ma`noni ifodalagan, hozirgi kunda semantik jihatdan 
arxaiklashgan fe`llar vositasida yasalishi hollari (oldig`o bir vazifa kelib 
to`xtadi, kuchlariga yo`nalimiz, er egalariga qarshi boshlamoq kabi) 
tasvirlanadi. Bundan tashqari, qadimgi turkiy tilga xos bo`lgan norma 
ta`sirida kelishik formasining hozirgi formasi -ga o`rnida -a formasining 
qo`llanishi, boshqaruvchi qo`shma fe`lni yasovchi komponentlardan 
birining boshqa leksik birlik bilan ifodalanishi (humindonchilarga 
dahshat bermoq, hukumatga zarar bermoq kabi), tobe so`zning hozirgi 
adabiy tildagidan boshqa leksik birlik bilan (o`z uhdasiga olmoq, 

Download 487.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling