O`zbek tili so`z birikmalar. Jabbarov R
Download 487.27 Kb. Pdf ko'rish
|
f53428e7aaca00e6b3b95ea69b821aa7 O`zbek tili so`z birikmalarining XX asrdagi taraqqiyoti masalalari
orqasidan kurashguchilarning tarafdorlari kun ba kun kuchaymoqda va
maorifchilar askari kuchaymakdir. Sof tojikcha grammatik formani qo`llashdan qochish maqsadida u anglatgan sintaktik ma`noni turkiy tillarga xos grammatik vosita bilan berish yo`lida izlanish davom etgani kuzatiladi. Bu qo`shilmaning kundan-kun, kunda-kun formalarida ishlatila boshlashi shundan dalolat beradi. Biroq kun-kundan, kunda-kun formalari ruz ba ro`z formasi anglatgan ma`lum vaqt chegarasida sodir bo`luvchi tadrijiylik ma`nosini aniq anglata olmas edi. Shuning uchun til taraqqiyoti protsessida shu ma`noni ifodalashga intilish k u n d a n - k u n g a yoki qo`llanish ellipsisga uchragan holda shakllanuvchi 44 k u n d a n - k u n qo`shilmasining normalashuviga olib keldi 1 . Bu qo`shilmalar vaqtning o`tib borishi (vaqtdagi tadrijiylik) bilan bog`liq ravishda sodir bo`luvchi voqea-hodisani aniq anglatishga xizmat qiladi, xuddi shuning uchun u normallashib, tilda turg`unlik kasb etdi. 20—30-yillarda bu qo`shilmaning yuqoridagi formalarida variantli qo`llanishi sababini o`sha davr matbuotida ishlagan xodimning qaysi sheva vakili bo`lganligi b i l a n ham bog`lash mumkin. Keltirilgan til faktlaridan ko`rinishicha, u Samarqand-Buxoro shevasi vakili bo`lganiga shubha qilmasa bo`ladi, chunki bu shevalarga tojik tilining ta`siri kuchli bo`lgani ma`lum. Yozma adabiy tilda bu ta`sirdan qutulish uchun ma`lum bir v a q t o ` t i s h i tabiiy b i r hol edi. O b ` e k t i v borliqdagi m u n o s a b a t n i qulay tarzda ifodalashga i n t i l i s h , bunda sodir bo`luvchi til vositalarining tanlanishi va turg`unlashishi jarayoni kundan-kunga qo`shilmasining normalashuvida yaxshi namoyon bo`ldi. Chiqish kelishikli birikmalarning dastlabki yillaridagi taraqqiyotiga xos bo`lgan o`zgachaliklar qisqacha yuqorida ko`rganlardan iborat. Bu kelishikning qator turkiy tillarda ham o`zbek tilidagi kabi sintaktik munosabat ifodalashga xizmat qilishi, uning o`rin, payt, vositali ob`ekt, butundan bo`lak, predmetning nimadan yasalganligi, sabab va boshqa munosabatlar ifodalashi uzoq tarixiy davrlardan hozirgi davrgacha saqlanib qoldi. 2 Bu hol sintaktik ma`no ifodalashda kuzatiladigan ba`zi hodisalar haqiqatdan ham ancha turg`un xarakterga ega ekanligini ochiq- oydin ko`rsatadi. Hozirgi kundagi o`zbek adabiy tili materiallaridan gazeta tilida uchraydigan, aniqrogi gazeta maqolalari, xabarlarida sarlavha tarzida qo`llanuvchi chiqish kelishikli konstruktsiyalar o`zbek tilining 1 Yakubova X. Zalogi v uzbekskom yazike v sopostavlenii s zalogami russkogo yazika. AKD. Tashkent 1954. 2 Baskakov A.N. Slovosochetaniya v sovremennom turetskom yazike. M.: Nauka. 1974 45 taraqqiyotining eng keyingi etaplariga xos bo`lgan sintaktik rivojlanishni aks ettiradi. To`plangan materialni o`rganish sarlavha funktsiyasida qo`llanadigan konstruktsiyalar struktura sxemasi (modeli)ga ko`ra bir qancha spetsifik xususiyatlarga ega ekanligi ma`lum bo`ldi. Bulardan yaqqol ko`zga tashlanadigani chiqish kelishigi formasidagi so`z bilan grammatik aloqaga kiruvchi hokim fe`lning aksariyati hollarda leksik jihatdan o`z ifodasini topmasligidir. Misollar: i n t e n s i v l a s h y o ` l i d a n , T A S S t e l e t a y p l e n t a s i d a n kabi konstruktsiyalar sarlavha funktsiyasida qo`llanuvchi tipik sintaktik birliklar hisoblanadi. Ularning qanday semantikali bo`lishi berilgan tekstning umumiy mazmunidan ma`lum bo`ladi. Masalan, i n t e n s i v l a s h y o ` l i d a n sarlavhasi ostida berilgan materialda ma`lum korxonaning ishlab chiqarishni intensivlash yo`lidan borayotgani hikoya qilinadi. Shu mazmunga tayangan holda bu konstruktsiyaning hokim komponenti Download 487.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling