O`zbek tili so`z birikmalar. Jabbarov R


Download 487.27 Kb.
Pdf ko'rish
bet17/47
Sana18.12.2022
Hajmi487.27 Kb.
#1028360
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   47
Bog'liq
f53428e7aaca00e6b3b95ea69b821aa7 O`zbek tili so`z birikmalarining XX asrdagi taraqqiyoti masalalari

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


40 
1.3 Chiqish kelishikli birikmalar. 
 
Chiqish kelishikli birikmalar makon kelishikli birikmalar orasida 
funktsional-grammatnk jihatdan eng kam o`zgarishga uchragan kelishik 
chiqish kelishikli birikmalardir. Bu kelishik vositasida hosil qilingan 
birikmalar hozirgi davrda ham asosan qadimgi davrlarda ifodalangan 
sintaktik ma`nolarni ifodalashi bilan xarakterlanadi. Bular shu jihatdan 
sintaktik tuzilish taraqqiyotiga xos bo`lgan konservatizm haqidagi fikrlar 
ayni chiqish kelishikli birikmalarga juda mos kelishini ko`rsatadi. 
Chiqish kelishikli birikmalarning boshqa kelishikli birikmalarga 
funktsiyadosh qo`llanishi ham nihoyatda cheklanganligi ma`lum bo`ldi. 
Bu hodisa chiqish kelishigining uzoq tarixiy taraqqiyot etaplarida
taraqqiyot ztaplarida ham boshqa kelishiklarga funktsiyadosh bo`lishi 
juda chegaralanganligi bilan izohlanadi. Masalan, tadqiqotchilar uning 
o`rin 
kelishigi 
o`rnida 
O`rxun-enisey 
yodgorliklari 
davridan 
qo`llanganini, bu hodisa asosan XIII—XIV asrlar tili uchun xarakterli 
bo`lganini aytadilar.
1
Boshqa kelishiklar bilan funktsiyadosh bo`lishi 
qayd etilmagan. Bundan boshqa xulosa ham kelib chiqadi: chiqish 
kelishigi ifodalagan sintaktik munosabatlar turi ancha ilgarigi tarixiy 
davrlardayoq shakllanib, turg`unlashib bo`lgan. Bu holat chiqish 
kelishikli birikmalarning taraqqiyotida aks etmay qolmadi. Chiqish 
kelishigining boshqa kelishiklar o`rnida nihoyatda kam qo`llanishi xuddi 
mana shu sabab bilan izohlanadi. 
Biz o`rgangan manbalarda bu kelishik bir holda tushim, boshqa ikki 
joyda o`rin kelishigi funktsiyasida qo`llangani ma`lum bo`ldi: Ikki marta 
kelib, anavi qo`shninggiznikida choy ichib, sizdan so`rashdim.Bunda 
chiqish formasidagi so`z (sizdan) ob`ekt ma`nosini ifodalagan. So`ramoq 
1
Abdurahmonov G`., Shukurov Sh. O`zbek tilining tarixiy grammatikasi. Morfologiya va sintaksis. Toshkent. 1973 


41 
fe`lidan yasalgan birgalik daraja formasidagi so`rashmoq fe`lining 
chiqish kelishigini boshqarib kelish sababini fe`l semantikasi talabi 
nuqtai nazaridan ham, tarixiy norma ekanligi jihatdan ham ishonarli 
qilib izohlash mushkul ish. Uning yasalishiga asos bo`lgan so`ramoq 
fe`li birov haqida qandaydir ma`lumot olmoq ma`nosida tushim kelishigi 
formasidagi so`zni boshqaradi. 
G`. Karimov chiqish kelishigining 20-30 yillarda tushim kelishigi 
o`rnida qo`llangan qayd etib, O`zlaridan gapirtirish misolini keltirgan
1

Orttirma 
daraja 
formasidagi 
fe`l 
semantikasi 
ham 
tushum 
formasidagi so`z — vositasiz ob`ekt qo`llanishini taqozo etadi. Bosh va 
orttirma darajadagi fe`lning qo`llanishini qiyoslang: O`quvchilarning 
o`zlaridan biri gapird i — O`qituvchi o`quvchilarning o`zlaridan birini 
gapirtirdi. 
Hokim komponent vazifasidagi fe`l asl leksik. Ma`nosidan o`zgacha 
ma`no anglatishi natijasida hosil bo`lgan chiqish kelishikli birikmalar 
ham uchraydi. Masalan.barbod bo`moq fe`li hozirgi adabiy tilda vayron 
bo`lmoq, bekor bo`lmoq, xarob bo`lmoq ma`nolarida sub`ekt valentlidir. 
Niyatali barbod bo`ldi, rejalari barbod bo`ldi kabi. Bu fe`l ayrilmoq 
ma`nosida chiqish kelishigidagi so`zni boshqarib, vosita ob`ektli birikma 
hosil qilgani kuzatiladi: Bizni kecha-kunduz jigargohimiz ezilib, hamma 

Download 487.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling