O`zbek tili so`z birikmalar. Jabbarov R


Download 487.27 Kb.
Pdf ko'rish
bet15/47
Sana18.12.2022
Hajmi487.27 Kb.
#1028360
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   47
Bog'liq
f53428e7aaca00e6b3b95ea69b821aa7 O`zbek tili so`z birikmalarining XX asrdagi taraqqiyoti masalalari

U r m o q  fe`li jo`nalish formasini boshqarib, vositali ob`ekt ma`noli 
birikma yasagan: Otojon, voy dod! Bizlarni jin urdi! 
Hozirgi adabiy tilda u r m o q  fe`li z a r b b e r m o q  ma`nosida 
tushum formasini boshqaradi va k i m ? k i m n i ? (ba`zan n i m a
b i l a n ? )  so`roqlariga javob bo`luvchi bo`laklarga o`rin ochadi. Bola 
ukasini urdi.. “Dinamo”chilar dorvozaboni to`pni qo`li bilan uri 
qaytardi kabi. Bu konstruktsiyalarning leksik elementlari ma`nosiga 
e`tibor berilsa, harakatni bajaruvchi sub`ekt shaxs oti bilan, ya`ni 
konkret predmetlik ma`nosini anglatuvchi ot bilan ifodalanganini 


35 
ko`ramiz. Urish harakatining konkret shaxs tomonidan bajarilishi tabiiy 
bir hol, albatta. Lekin sub`ekt funktsiyasida yuqoridagi misoldagi kabi 
afsonaviy tushuncha anglatuvchi j i n  so`zi qo`llanganda u r m o q  fe`li 
«zarb bermoq» ma`nosini emas, «tegmoq» ma`nosini anglatadi. Bu 
ma`noli fe`l esa jo`nalish formasidagi so`zni boshqarishi ma`lum: Hay 
qo`shningizga nima jin tekkan, salom bersam teskari qaraydi? 
(So`zlashuvdan) Bechorani yozgi chillada jin urgan deyishadi. 
(Ertakdan) tipidagi tushum kelishikli konstruktsiyalarda ham urmoq fe`li 
zarb bermoq ma`nosini emas zarar etkazmoq ma`nosini anglatadi. Bu 
ma`no u r i s h  harakatining o q i b a t i d a «yetadigan zarar» tushunchasi 
bilan bog`liq ravishda yuzaga kelgan. Urmoq fe`li ma`nosidagi bunday 
o`zgarish 
asosida, 
yuqorida 
aytilganidek, 
afsonaviy 
tushuncha 
anglatuvchi jinning odam kabi biror qurol vositasida zarb berish 
qobiliyatiga ega emas degan tasavvur yotadi. 
Boshlamoq fe`li hozirgi adabiy norma bo`yicha «biror ishga 
kirishmoq, biror faoliyatni, harakatni boshlab bermoq» ma`nosida 
tushum kelishigini boshqarib, to`g`ri ob`ekt ma`noli birikmalar hosil 
qiladi. 20—30-yillar materialida bu fe`l ko`rsatilgan ma`noda tobe 
so`zni jo`nalish formasida boshqargan. 
Demak, b o s h l a m o q  fe`lining jo`nalish formasini boshqarishi 
turkiy tillar uchun, shu jumladan o`zbek tili uchun ham yot bo`lmagan 
hodisadir. 
Uning 
tushum 
formasini 
boshqara 
boshlashi, 
ya`ni 
boshqaruvdagi normaning o`zgarishi jarayoni nisbatan keyin (30-
yillardan keyin)gi davrga xos bo`lib, hozirgi kunda bu jarayon butunlay 
to`xtagan, ya`ni uning tushum formasini boshqarishi stabillashib, 
normativ holga kelgan. Lekin boshqaruv prodessidagi grammatik 
«raqobat»da 
jo`nalish 
formasi 
osonlikcha 
«taslim 
bo`lmagani», 
formalarning adabiy tilda turg`unlashishidagi kurash 40- yillargacha 
davom etganini tasdiqlovchi misollar bor

Yo`lchi...ishga boshladi. 


36 
Yuqoridagi material tahlili boshlamoq fe`lining jo`nalish formasini 
boshqarishi umumturkiy hodisa bo`lib, boshqaruvdagi evolyutsiya juda 
sekinlik bilan amalga oshadigan leksik-sintaktik hodisa ekanini 
tasdiqlaydi. 
Jo`nalish kelishikli birikmaning chiqish kelishikli birikmaga 
funktsiyadosh qo`llanishi. Jo`nalish kelishigining chiqish kelishigi 
funktsiyasida qo`llanish holati biz o`rgangan manbalarda bir martagina 
uchradi: O`g`illaridan Abutohir xo`ja tib va tarix ilmlariga, Ulgarxo`ja 
hayat ilmiga mutaxassis bo`lganlar. 
Mutaxassis so`zi «biror sohada maxsus bilim va tajribaga ega 
bo`lgan kishi, ixtisos egasi»
1
degan ma`noni anglatadi. Bu ma`nosi bilan 
u «Biror ishni mohirlik bilan bajaradigan» ma`nosini anglatuvchi so`zi 
bilan sinonim bo`ladi. Bu ma`noda usta so`zi jo`nalish formasidagi 
so`zlarni boshqarib, birikma hosil qila oladi: U shaxmat o`ynashga usta. 

Download 487.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling