O`zbek tili so`z birikmalar. Jabbarov R


Download 487.27 Kb.
Pdf ko'rish
bet20/47
Sana18.12.2022
Hajmi487.27 Kb.
#1028360
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   47
Bog'liq
f53428e7aaca00e6b3b95ea69b821aa7 O`zbek tili so`z birikmalarining XX asrdagi taraqqiyoti masalalari

b o r m o q  fe`li ekanligi, konstruktsiya esa to`liq holda i n t e n s i v l a s h
y o ` l i d a n b o r i l y a p t i  ko`riiishida bo`lishi kerakligi aniqlanadi. 
Xuddi shuningdek, T A S S t e l e t a y p l e n t a s i d a n s a r l a v h a s i  
ostida berilgan material « T A S S t e l e t a y p l e n t a s i d a n o l i n g a n
x a b a r l a r » dan iborat ekani, ya`ni hokim fe`l vazifasida o l m o q fe`li 
qo`llanishi zarurligi ma`lum bo`ladi. Shunday qilib, sarlavha vazifasida 
kelgan sintaktik birlikning asl struktur-semantik xususiyati berilgan 
tekst mazmuni asosida aniqlanadi. 
Mana shu usulda chiqish kelishikli konstruktsiyalarning xokim 
komponenti vazifasidagi fe`l tiklangach, tekst mazmunan atributiv 
birikmalarga, ravishdosh oborotli gaplarga, shuningdek, boshqa tipdagi 
gaplarga mos kelishi aniqlanadi. Bunday bo`lishi bejiz emas, albatta. Bu 
konstruktsiyalar aslda o`zbek tilining sintaktik qurilishi qoidalariga 
asosan yuqorida aytilgan tilda shakllanishi kerak edi. Gazeta 


46 
sarlavhalarida ixchamlikka intilish, ortiqcha leksik elementlardan 
qochish yuqoridagi kabi leksik elementlari tejalgan, siqiq formadagi 
konstruktsiyalardan foydalanishga olib keldiki, bu xol o`zbek tilining 
sintaktik rivojlanishida yangi tendentsiyani aks ettiradi. 
To`plangan 
materialni 
o`rganish 
sarlavha 
funktsiyasidagi 
konstruktsiyalar leksik jihatdan to`la shakllanishi kerak bo`lgan 
konstruktsiyalarning 
qisqartirib 
ishlatilishi 
mahsuli 
ekanligini 
ko`rsatadi. Ular osonlikcha barcha konstruktiv elementlari mavjud 
bo`lgan holda tiklanishi mumkin. Sarlavha vazifasidagi konstruktsiyalar 
quyidagicha tipdagi birikma va gaplarning qisqaruvi, soddalashuvi 
natijasida hosil bo`lgan
1

1. Atributiv birikmalarning soddalashuvi natijasida hosil bo`lgan 
konstruktsiyalar: mamlakatlaridan yangiliklar, qit`alardan daraklar, xon 
atlasdan zamonaviy libos, teletayp lentasidan daraklar kabilar. Bu 
konstruktsiyalarning -gan formali sifatdosh bilan ifodalangan xokim 
komponenti tiklansa, ular tipik atributiv birikmalar ekanligi ma`lum 
bo`ladi: qit`alardan olingan daraklar, xonatlasdan tikilgan zamonaviy 
libos, teletayp lentasidan olingan xabarlar, mamlakatlaridan olingan 
yangiliklar kabi. 
2. Ravishdosh oborotli gaplarning qisqarishidan horis bo`lgan 
konstruktsiyalar: eaqtdan o`zib, mukofotdan ruhlanib, ilg`orlardan 
o`rnak olib, Vatandan ayrilib kabilar. Bu tipdagi ravishdoshli birikmalar 
leksik grammatik jihatdan to`la-to`kis shakllangan gapda ifodalangan 
harakatning qay tarzda sodir bo`lganiki anglatadi, ya`ni tarz holi 
funktsiyasini bajaradi: Mukofotdan ruhlanib, kollektiv a`zolari mehnat 
unumdorligini yanada oishrdilar. Vaqtdan o`zib, tsex ishchilari yillik 
planni 8 oyda bajardilar kabi. 
1
Akimova G.I. Novie yavleniya v sintaksicheskom stroe sovremennogo russkogo yazika. L., 1982. 


47 
3.Ba`zan chiqish kelishigidagi so`zni boshqaruvchi ravishdoshning 
tushib qolish hollari ham kuzatiladi: Otalar jasorati izidan, Ota izidan. Bu 
sarlavhalarning birinchisi ostida berilgan materialda otalar jasorati 
izidan borib Toshkentning 4-maktabida muzey tashkil qilishgani haqida, 
ikkinchisida esa ota izidan borib, u jang qilgan joylarda xizmat qilgan 
o`g`il haqida hikoya qilinadi. Har ikki holda borib ravishdoshi vositasida 
hosil qilinuvchi ravishdosh oborotda ravishdosh qisqarib, konstruktsiya 
soddalashib qo`llangani ko`rinadi. Bunday tipli konstruktsiyalarda 
qisqargan ravishdoshning qanday leksik ma`noli ekanini aniqlashda, uni 
tiklashda kontekst mazmuniga suyanish, undan kelib chiqish ayniqsa 
kuchli bo`ladi. Kontekst yordamisiz ota i z i d a n birikmasi mavhumlik 
kasb etadi, qanday ma`noli fe`l bilan birikishi kerakligi unga aniq 
bo`lmay qoladi. 
4. To`laqonli gaplarning ega va kesimi tushirilishi natijasida hosil 
bo`lgan chiqish kelishikli birikmalar: texnika taraqqiyoti yo`lidan, 
muddatidan oldin, uch o`yindan nol` ochko, bunyodkorlik yo`lidan, 
poligrafiya chiqindilaridan kabi bunday sarlavhalar ostida berilgan 
material mazmunidan osonlikcha shu birikmalar ishtirok etuvchi gaplar 
tiklanishi mumkin: Zavod ishchilari texnika taraqqiyoti yo`lidan 
bormoqdalar; Planlar muddatidan oldin bajarildi; «Avtomobilist» 
komandasi uch o`yindan nol` ochko oldi, poligrafiya chiqindilaridan 
universal ximiyaviy birikmalarning dastlabki turkumi olindi kabi. 
Yuqoridagi misollar tahlilidan ko`rinadiki, gazeta sarlavhalari 
vazifasida qo`llangan konstruktsiyalar turli xil qisqartishlar hisobiga 
hosil qilinadi. Bunday qisqartishlar ba`zan maksimum darajada bo`lgani 
kuzatidadi: Redaktsiyadan: yuqoridagi fikr mulohaza- lardan ko`rinib 
turibdiki, o`nlab ming so`m sarflab tiklangan sport inshootlaridan 
foydalanilmayotganiga hech qanday ob`ektiv sabab yo`q. Chiqish 
formasidagi r e d a k t s i y a d a n  so`zidan so`ng keltirilgan tekstdan 
ma`lum bo`ladiki, bu so`zdan oldin biz, undan so`ng izoh beramiz 


48 
bo`laklarini keltirish mumkin: Biz redaktsiyad a n izsh beramiz kabi. Bu 
holda gap to`la grammatik shakllangan bo`lardi. Bu misolda 
soddalashish 
shu 
darajada 
kuchli 
bo`lganki, 
bittagina 
chiqish 
formasidagy bo`lak — redaktsiyadan so`zining o`zi kontekst mazmuniga 
suyangan holda o`rin holi ma`nosini ifodalamoqda. 
Ma`lum bo`ladiki, soddalashgan konstruktsiyalarnnng tushirib 
qoldirilgan bo`laklari faqat kontekst vositasida tiklanadi. Bu tip 
konstruktsiyalar struktur-semantik xususiyatlarining kontekst bilan 
nihoyatda zich aloqa asosida namoyoi bo`lishi ularning faqat shunday 
koktekstual sharoit yaratilishi mumkin bo`lgan gazeta tilidagina yashay 
olishini, boshqacha aytganda, gazeta tiliga xoslanganini ko`rsatadi. 
Shuni alohida ta`kidlash kerakki, sarlavha vazifasida qo`llanuvchi 
konstrukdiyalar 
bevosita 
rus 
tili 
publitsistik 
stilining 
ta`sirida 
shakllandi. Bunga rad etib bo`lmaydigan ko`plab mnsollar keltirish 
mumkin. Bu ta`sir, shubhasiz, ijobiy xarakterda bo`lib, o`zbek tili 
sintaktik qurilishining mukammallashishiga, siqiq formalarda keng 
mazmun ifodalanishiga olib keldi.


49 

Download 487.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling