O`zbek tili so`z birikmalar. Jabbarov R
Download 487.27 Kb. Pdf ko'rish
|
f53428e7aaca00e6b3b95ea69b821aa7 O`zbek tili so`z birikmalarining XX asrdagi taraqqiyoti masalalari
Bu
kamchiliklaroldimizga qo`yg`on vazifalarni bajarishg`o yo`l bermaydilar . Hozirgi adabiy norma bo`yicha qo`ymoq fe`li bosh daraja emas, majhul daraja formasida qo`llanadi. Qiyoslang: ....oldimizda qo`yg`on vazifa/ oldimio`ga qo`yilgan vazifa. 51 Aralashmoq fe`li: Eski shahar aholisi, eski shahardagi voqealarg`o qiziqib tursalar ham biroq namoyishlarda juda sust orolashadir. Bu konstruktsiyada aralashmoq fe`li ko`proq ishtirok etmoq ma`nosini ifodalashga moyilligi seziladi. Shu ma`noda uning o`rin kelishigini boshqarishi to`g`ri bo`ladi. Lekin bu fe`l hozirgi adabiy tilda asosan «biror voqea-hodisaga qo`shilmoq» ma`nosini ifodalaydi. Garchi bu ma`nolar bir-biriga yaqin bo`lsada, keyingi ma`nosida qo`llanish norma tusiga kirgan. Qiyoslang: ...namoyishlarda orolashmoq — namoyishlarga aralashmoq: Bu oilada nima sir o`tsa, barchasi menga ayon. To`y, aza barisiga aralashaman. O`rnashtirmoq fe`lli birikma: U voqtdog`i Shahrisabz hokimi Niyozali devondegi (Kenagas) bu kishini g`oyat ehtirom bilan qarshi olib Kitob shahrida o`rnashdirgan. Ko`rinadiki, bu fe`l hol vazifasidagi so`zni o`rin kelishigi formasida boshqarib kelgan. Hozirgi o`zbek adabiy tili normasi bo`yicha bosh daraja formasidagi o`rnashmoq fe`li «biror joyda yashamoq, hayot kechirmoq» ma`nosida variantli boshqaruvga ega bo`lib, jo`nalish kelishigini ham, o`rin kslishigini ham boshqara oladi: ...Arabboy bultur Toshkentga kelib, bu yerda o`rnashgan edi. U shaharga o`rnashib qoldi. Kvartiraga o`rnashmoq kabi. 1 Bu fe`l bosh daraja formasida sub`ekt va o`rin holi valentligiga ega, u quyidagi modelda birikadi: «Sub`ekt+o`rin holi( jo`nalish yoki o`rin kelishigi formasidagi ot) +fe`l»: U shaharga o`rnashib qoldi; U bu yerda o`rnashgan edi kabi. Biroq orttirma daraja vazifasida u variantlilikni saqlamaydi, o`rin holi vazifasida keladigan so`zni faqat jo`nalish formasida boshqaradi, shu xususiyat bilan 20—30 yillardagi boshqaruvdan farq qiladi. Qiyoslang: ...devonbegi bu kishini kitob shahrida urnashtirdi ...devonbegi bu kishini Kitob s h a h r i g a o ` r n a s h t i r d i . Birinchi konstruktsiya «Sub`ekt + to`g`ri ob`ekt+o`rin 1 Abdurahmanov G`. Tarixiy sintaksis// “O`zbek tili tarixiy grammatikasi” kursi bo`yicha materiallar. Toshkent 1974. 52 kelishigi formasidagi hol + fe`l» modelida tashkil topgan bo`lsa, ikkinchisi — hozirgi adabiy til normab» asosida hosil qilingani — o`rin holining jo`nalish formasida shakllangani bilan farqlanadi. Bu hol hozirgi davrda o`rnashmoq fe`li orttirma daraja formasida boshqaruv xususiyatini o`zgartirganini; yangi boshqaruv modeliga ega bo`lib qolganini ko`rsatadi. Yotqizmoq fe`lli birikma: Uni Mechnikuf kasalxonasida yotqizdilar. Orttirma daraja formasidagi fe`lni o`rin kelishigidagi so`z bilan qo`llashni boshqaruv normasini buzish oqibati deb qarash kerak bo`ladi. Chunki o`rin kelishigi semantikasi harakatning ma`lum bir o`rinda sodir bo`lishini ko`rsatadi. Bunday sintaktik ma`no esa yotqizmoq fe`li bosh daraja formasida «o`rin band qilmoq» leksik ma`nosini anglatganda ifodalanadi: Ukam kasalxonada yotibdi kabi. 1 Orttirma daraja formasida bu fe`l «bir shaxsning boshqa shaxs tomonidan ma`lum o`ringa majburan yo`llamoq» ma`nosi ifodalanadi. Yo`nalganlik ma`nosi esa jo`nalish formasi vositaside ifodalanadi. etqizmoq fe`lining hozirgi davridagi birikish modeli yuqorida aytilgan ma`no strukturasi asosida aniqlanadi: Download 487.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling