O`zbek tili so`z birikmalar. Jabbarov R


Download 487.27 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/47
Sana18.12.2022
Hajmi487.27 Kb.
#1028360
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   47
Bog'liq
f53428e7aaca00e6b3b95ea69b821aa7 O`zbek tili so`z birikmalarining XX asrdagi taraqqiyoti masalalari

ta`qib etmoq (amalga oshirmoq), ta`qib etmoq (kuzatmoq), anglatmoq 
(tushuntirmoq), ishlamoq (amalga oshirmoq), saqlamoq (muhofaza 
qilmoq), bajarmoq (bartaraf qilmoq), ayirmoq (ajratmoq), tutmoq 
(ishlatmoq, 
qo`llamoq), 
yuzaga 
chiqarmoq 
(o`rnatmoq), 
yuzaga 
chiqarmoq (amalga oshirmoq), qo`shmoq (xisobga olmoq), uxdasiga 
olmoq (zimmasiga, ixtiyoriga olmoq), bitirmoq (bajarmoq), anglatmoq 
(tushuntirmoq), 
borliqqa 
chiqarmoq 
(yuzaga 
chiqarmoq, 
amalga 
oshirmoq), tortmoq (chizmoq), yurimoq (amalga oshirmoq), to`ldirmoq 
(qondirmoq), siqishtirmoq (kiritmoq), barobar qilmoq (tenglashtirmoq), 
1
O`zbek tili grammatikasi. II. Toshkent. 1974., G`ulomov A. O`zbek tilida urg`u. Toshkent. 1947. 


21 
tayin etmoq (aniqlamoq), tutmoq (topmoq), tutmoq (egallamoq) shatmoq 
(ishlovini 
keltirmoq), 
o`rinlaigdirmoq, 
(tarqatmoq), 
kechirmoq 
(tarqatmoq), 
kechirmoq 
(o`tmoq), 
yasamoq 
(amalga 
oshirmoq), 
taraqqiylashdirmoq (rivojlantirmoq), chet ko`rmoq (yotsiramoq), tanimoq 
(bilmoq) kabilar. 
Boshqaruvchi funktsiyada qo`llangan bu fe`llarning semantikasiga 
e`tibor berilsa, ularning ba`zilari semantik jihatdan hozirgi kunda ularga 
ekvivalent ma`noli fe`llardan mutlaqo uzoqlashib ketganini, ko`rish 
mumkin: o`xshatmoq (ishlovini keltirmoq), chet ko`rmoq (yotsiramoq), 
tutmoq (topmoq), ta`qib etmoq (qo`llamoq), to`ldirmoq (qondirmoq), arz 
qilmoq (ma`lum qilmoq, bayon qilmoq), bajarmoq (bartaraf qilmoq) va 
boshqa ko`p fe`llar shunday xarakterga ega. Misollar: Lekin kelgusidagi 
hayotiyot ilmining kuchlik va asoslik tajribalari bu kamchilikni yuz foiz 
bajarg`usidir (M. va o`.). Ko`rinadiki, bajarmoq fe`li hozirgi kunda bu 
kontekstda anglatgan «bartaraf qilmoq» ma`nosini anglatmaydi. Bu fe`l 
ma`nosida sodir bo`lgan differentsiatsiya uning hozirgi tilda kamchilik 
so`zi bilan emas amalga oshirilishi kerak bo`lgan hodisalarni 
anglatuvchi so`zlar bilan birikishini norma holatiga keltirgan: planni 
bajarmoq, va`dani bajarmoq kabilar. Ba`zi fe`llarga xos bo`lgan ko`p 
ma`nolilik davr o`tishi bilan yo`qolib boradi. Monosemantik xarakter 
kasb etgan bunday fe`llar o`z semantik evolyutskyasining so`nggi 
davri—hozirgi 
paytda 
avvalgi 
davrlardagi 
birikuvchanlik 
xususiyatlarining ba`zi birlarini yo`qotib, ob`ekt ma`nosini anglatuvchi 
birikma hosil qiladi. Masalan, ta`qib qilmoq fe`li hozirgi davrda 
«qo`llamoq» ma`nosini yo`qotgan. Bu fe`l hozirgi tilda 1) diqqat bilan 
kuzatmoq, 2) zimdan ko`z-quloq bo`lib kuzatmoq, 3) turtkilamoq, 4) 
iziga, payiga tushmoq ma`nolarini anglatadi
1
va shunga mos ravishda 
muayyan ma`noli so`zlar bilan birikma hosil qiladi. Misollarni 
1
Abdullaeva F., Ibrohimova F. So`z birikmasi sintaksisining rivojlanish masalalari// O`zbek tili va adabiyoti. 1972. 

2. 


22 
qiyoslaylik: Surxon viloyatining Sherobod shahridagi muallimlar ham bu 
usulni ta`qib etm a k d a l a r  (M. va o`.).O`qitishda muvaffaq bo`lish 
uchun 
bu 
yo`lni 
tamoman 
tashlab 
buning 
butunlay 
a k s i n i t a g q i b e t i s h kerak (M. va o`.). 
Bu misollarda ta`qib qilmoq fe`li «qo`llamoq» ma`nosida ishlatilgan 
va shu ma`no taqozosi bilan usul, aks so`zlari bilan birikma hosil qilgan. 
Yuqorida bu fe`l hozirgi o`zbek tilida to`rt xil ma`no angtatishi aytilgan 
edi. Bu ma`nolarning birortasida ham u usul, aks so`zlari bilan birika 
olmagan bo`lur edi. 
20—30-yillarda bu fe`l diqqat bilan kuzatmoq ma`nosida ham 
ishlatilgan. Bu ma`noda u kuzatiluvchi ob`ektni anglatuvchi so`z bilan 
to`g`ri ob`ekt ma`noli birikma hosil qiladi: Muallim planni chiza 

Download 487.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling