O'zbek tili va adabiyoti Abdulla Niyoz
Download 37.11 Kb.
|
Документ Microsoft Office Word
O'zbek tili va adabiyoti Abdulla _Niyoz 1 Fonetika. 1.Quyidagi javoblarning qaysi birida jarangli til oldi undoshlaridan tashkil topgan so’z berilgan? A)dunyo,nazar,bunyod B)qiyg’os,dalda,dalalar C)mehnat,ziyo,shovqin D)dard,zarda,jondan 2.Vijdon azobi bu –hayotingni ichdan yemiradigan,umringni zavolga olib boradigan narsadir. Ushbu gapda portlovchi jarangli til tovushlari yopiq bo’g’in tarkibida necha marta ishtirok etgan? A)11 B)12 C)13 C)14 3.Safsata sotavermasdan o’qishimiz,bilimimizni oshirishimiz zarur.Bundan biz juda katta narsa yutamiz. Ushbu gap haqidagi to’g’ri hukmni belgilang? A)Lab undoshlari 8ta so’z tarkibida 10 marta qatnashgan. B)Jarangli juftiga ega undoshlar 12 ta ochiq bo’g’in tarkibida kelgan. C)Yopiq bo’g’inlardagi tovushlarning hech bo’lmaganda bittasi faqat til oldi yoki lab tovushidan iborat. D)Faqat jarangli undoshlardan iborat bo’lgan 4ta so’z mavjud. 4.Kuni kecha kapalak bilan gaplashgandim,u bilan do’st bo’lgandim,ammo … bugun uning aziz joni men bilmaydigan ko’pchilik esa orzu qiladigan joylarda. Ushbu gap haqidagi noto’g’ri hukmni belgilang. A)ushbu gapda 24ta ochiq bo’g’in qatnashgan. B)ushbu gapda 16ta jarangsiz tovush qatnashgan. C)Ushbu gapda bir jarangli va bir jarangsiz birga 4marta yopiq bo’g’in hosil qilishda qatnashgan. D)ushbu gapda toq jaranglilar juft jaranglilardan11 ta ortiq qatnashgan. 5.Jarangli til oldi undoshlari soni nechta? A)5 B)6 C)7 D)8 6. Portlovchi tovushlar eng ko’p qo’llangan javobni belgilang? A)Bu yerdan Samarqandgacha ming kilometrdan ziyod yurishimiz kerak. B)Samarqand siz o’ylagandan ham go’zal shahar ekan,dugonajon. C)Na gapga ko’nayin,na til bilayin, Ko’zdan uyqu qochdi,dildan halovat. D)Uch kunda sog’insam,nima qilayin? O'zbek tili va adabiyoti Abdulla _Niyoz 2 Chala qolar bo’ldi sayr-u sayohat. 7.Sirg’aluvchilar soni eng ko’p bo’lgan javobni belgilang. A)Bu yerdan Samarqandgacha ming kilometrdan ziyod yurishimiz kerak. B)Samarqand siz o’ylagandan ham go’zal shahar ekan,dugonajon. C)Na gapga ko’nayin,na til bilayin, Ko’zdan uyqu qochdi,dildan halovat. D)Uch kunda sog’insam,nima qilayin? Chala qolar bo’ldi sayr-u sayohat. 8.Vatanparvar so’zi tarkibida qanday tovushlar mavjud emas? A)portlovchi tovush B)jarangli tovush C)til orqa tovushi D)lab-tish tovushi 9.Qaysi so’z tarkibida qatnashgan qator undoshlar portlovchi undoshlar hisoblanadi? A)Baxt hech qachon o’zi kelib eshik qoqmaydi. B)Bu hammasi mashqning samarasi. C)Daraxt kuz boshlanishi bilan o’z barglarini to’ka boshladi. D)Bu ishlarimizning oqibatini u naqd qilib qo’ydi. 10.Qaysi qatorda tovushlari joylashish o’rniga ko’ra bir guruhga kiruvchi so’z berilgan? A)bilim B)yurak C)diltortar D)g’aniylik 11.Tarkibida hosil bo’lish usuliga ko’ra bir guruhga mansub tovushlardan tuzilgan so’z qatnashgan gapni belgilang? A)Million yilda bizni yaratdi hayot. B)Portlatgichlarni anavi yerga o’rnatamiz. C)Avvalo,biz bu yerdan uzoqlarga ketamiz. D)Sening yumushing unchalik ham qiyin emas. 12.Tarkibida qorishiq undosh mavjud bo’lmagan so’z qatnashgan gap berilgan javobni belgilang. A)Buncha bino qo’yma zarrin choponlarga. B)Yo’q,hali bu-chi hammasi tugadi degani emas. C)Mening zarracha qilgan gunohim boshimga balo bo’ldi. D)Mening ko’pdir gunohim, Ammo sen bor Ilohim. 13.Qaysi qatorda sirg’aluvchi undoshlar va quyi keng unlidan iborat so’z berilgan A)so’rov B)vafo C)shamol D)shifo O'zbek tili va adabiyoti Abdulla _Niyoz 3 14.Qaysi qatorda yuqori tor unlilar va jaranglilardan tuzilgan so’z berilgan? A)go’zallik B)uyimda C)usuli D)gulli 15.Lablangan unlilar va sonor tovushlar bir bo’g’in tarkibida kelgan so’z qatnashgan javobni belgilamang? A)yuqori B)muomala C)norkalla D)lolarang 16.Yuragimning osti cho’g’zor, Dil sitaming kulfat bozor, Muhabbatdan qilich olib, Kel qoshimga,qotilim bo’l! Ushbu she’rda necha marta shovqinli undoshlar quyi keng unli bilan ochiq bo’g’in hosil qilgan. A)4 B)5 C)6 D)3 17.Dunyoga boshqacha boqyapman endi, Go’daklar ko’zidan boqyapman asta. Beg’ubor sevgimning salomlarini, Go’daklar tilidan aytyapman asta. Ushbu she’rda berkitilgan bo’g’inlar tarkibida til oldi jarangli portlovchi undoshlar necha marta qo’llangan? A)13 B)14 C)15 D)16 18.Ko’zlardan ko’zlarga nurli bir manzil, Dillardan dillarga solingan titroq. Muhabbat,men tuproq,yetmog’im dushvor, Axir sen osmonsan,jannatsan yiroq. Ushbu she’rda faqat jarangli tovushlardan iborat so’zlar necha marta qo’llangan? A)5 B)6 C)7 C)4 19.Faqat jarangli juftiga ega bo’lgan va til oldi unlilaridan iborat so’zni toping. A)sassiq B)mashaqqat C)kakku D)safo 20.Ming mashaqqatlar bilan shu joygacha yetib kelganimizning o’zi baxt emasmi,azizim? Ushbu gapda chuqur til orqa tovushlari necha marta ishtirok etgan? A)3 B)4 C)5 D)6 21.Qaysi qatorda hosil bo’lish o’rniga ko’ra bir guruhga mansub undoshlar qatnashgan so’zlar berilgan? A)maktub B)hosil C)dilkash D)tulpor O'zbek tili va adabiyoti Abdulla _Niyoz 4 22. Qaysi qatorda faqat jarangsiz juftiga ega bo’lmagan tovushlardan iborat so’z qatnashgan gap berilgan? A)Buyurgan ishlarim senga shunchalik qiyinchilik tug’diradi deb o’ylamagan edim. B)Mayin shabada dilga xush yoqmoqda. C)Bunday xato qilmasligini undan yolvorib so’radi. D)Qachon biz kutgan kunlar kelar ekan-a? 23. Quyidagi gapda nechta yuqori tor unli ishtirok etgan. Mustahkam bilim takrorlash mevasidir. A)4 B)5 C)6 D)3 24. Qaysi qatorda yuqori tor unlilar va lab undoshlaridan tashkil topgan so’z berilgan? A)bilim B)kulgi C)buvi D)vafo 25.Tovush paychalarining ishtirokiga ko’ra bir guruhga mansub so’zlardan tashkil topgan so’z qatnashgan javobni belgilang. A)vijdon B)sovuq C)mardlik D)tog’lik 26.Bugun yana birga kitob o’qishimizni xohlagan bo’larmiding,do’stim? Ushbu gapda qo’llangan tovushlar bo’yicha eng to’g’ri fikrni belgilang? A)Qo’llanishi eng ko’p tovushlar jaranglilardir. B)24ta portlovchi qo’llangan. C)Sirg’aluvchilar qo’llanish soni bo’yicha 2-o’rinda turadi. D)Lab tovushlari 8ta bo’g’in tarkibida ishtirok etgan. 27.d va t tovushlarining birlashtiruvchi belgisi qaysi qatorda to’g’ri ko’rsatilgan? A)jaranglilik B)ovozdorlik C)sirg’aluvchilik D)til oldilik 28.Hamma ibodatning ham pinhoni yaxshi emasmi,birodar? Ushbu gap bo’yicha to’g’ri hukmni belgilang? A)ikki marta qo’sh undoshlar ishtirok etgan. B)bir marta qo’sh unlilar ishtirok etgan. C)4 marta jarangsiz til tovushlari ishtirok etgan. D)9 marta jarangsiz tovushlar ishtirokida bo’g’in hosil qilingan. 29.Hamma bu dunyoning muammolaridan noligani noligan. Ushbu gapda sonor til tovushlari necha marta ochiq bo’g’in hosil qilgan? A) 5 B)6 C)7 D)8 30.Vakilimizning so’zlariga qaraganda qamoqxona bu yerdan yetmish kilometr naridagi qishloqda joylashgan ekan. O'zbek tili va adabiyoti Abdulla _Niyoz 5 Ushbu gap haqidagi noto’g’ri hukmlarni belgilang. 1.Ushbu gapda 38 marta jarangli tovushlar qo’llangan. 2.Quyi keng unlilar soni 22ta. 3.Jarangli juftiga ega bo’lgan jarangsizlar soni 16ta. 4.Tor unlilar quyi keng unlilar sonining yarmiga teng. 5.Sirg’aluvchi undoshlar 8 marta ochiq bo’g’in hosil qilgan. 6.Lablangan unlilar soni Sirg’aluvchi undoshlar hosil qilgan ochiq bo’g’inlar soniga teng. A)1,2,3,4,5 B)1,5 C)2,3 D)2,5,6 Ushbu testlarni yechishdan oldin sizga berilgan unli va undoshlar tasnifini suv qilib ichib yuborgan bo’lishingiz kerak,aks holda… qanday natija bilan tugashini his qilgan bo’lsangiz kerak. Download 37.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling