O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti o‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi 4-kurs “D” guruh talabasi Komilova Madinaning


-ijtimoiy-fuqarolik kompetentliligi


Download 60.97 Kb.
bet7/9
Sana23.03.2023
Hajmi60.97 Kb.
#1288630
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
O’quvchilarkompetentliginioshirishdaadabiyotdarslariningahamyati

-ijtimoiy-fuqarolik kompetentliligi (ijtimoiy tarmoq). Shaxsning fuqarolik, saylovchilik, iste’molchilik va boshqa bir qator vazifalarni bajarishga qaratilgan faoliyati;
- ijtimoiy-mehnat kompetentliligi (mehnat tarmogi). Odam- ning oz kasbiga doir mehnat bozori ma’lumotlaridan xabardor boʻlishi, undagi vaziyatni tahlil qila olishi, ozining professional imkoniyatlarini togri baholay bilishi, oʻzaro munosabatlardagi axloqiy qoidalarni hisobga olishi va amal qilishi;
- maishiy kompetentlilik (oila tarmog'i). Shaxsning ozi va oila a’zolarining salomatligi, oiladagi turmush tarzi, burchlari va vazifalari hamda boshqa oilaviy masalalarni bilishi;
- madaniy va dam olish kompetentliligi (madaniy tarmoq).Odamning bosh vaqtdan togri foydalanish, oz shaxsini madaniy- ma’naviy jihatdan rivojlantirishga doir faoliyati nazarda tutiladi.
Bugungi oqitish tizimi oz ishini har bir o'quvchining maktab davridayoq yuqorida sanab otilgan kompetentlilik xususiyatlariga ega boʻlishini kozda tutgan holda faoliyat koʻrsatishini tashkil etishi maqsadga muvofiqdir.
Shaxs tomonidan kompetentlilikning muayyan darajasiga eri- shish davomida shakllanadigan bilim va amaliy tajribalar orasida mustaqil va tanqidiy tafakkurga egalik, mustaqil ishlay bilish, oz faoliyatini uyushtira olish, oz-ozini nazorat qila bilish, odamlar bilan ishlay olish, erishiladigan natijalarni oldindan kora bilish, qa- bul qilgan qarorining oqibatlarini chamalay olish, narsa-hodisalar oʻrtasidagi sabab-oqibat munosabatlarini ilgʻay bilish, muammoni topish, uning yechimini shakllantirish va hal etish singari jihatlar alohida ahamiyat kasb etadi.
Bevosita adabiyot oqituvchisining kompetentliligi dasturda organish uchun taqdim etilgan badiiy asarlardagi oquvchilar ruhiyatining soglomlashuviga ijobiy ta’sir korsata oladigan, ular- ni ma’naviy kamolot sari yetaklaydigan, tuygularini noziklashti- radigan jihatlarni ilgay bilishi, ulardan dars jarayonida har bir oquvchiga mos ravishda foydalana olishini nazarda tutadi.
Oqituvchi kasbiy kompetentliligini Abdunabi Boyqoziyev qalamiga mansub «Neki yozdim» she’ri tahlili misolida quyidagcha korish mumkin:
Neki yozdim,
Konglimni yozdim,
Kongillarni konglimga yozdim.Kel, konglingni oqi konglimdan,
Neki bolsa kongildan yozdim.
Muhlisining konglini oqiy bilgan va undagi hislarni tuy- gan shoir konglidan tokilgan bu satrlar zamiridan har qanday she’rxon, jumladan, oqituvchi va oquvchi ham ozining ruhiyatiga xush yoqadigan nimalarnidir ilgaydi. She’rxonda shoir bilan oʻzi orasidagi oxshashlikdan yoqimli kayfiyat paydo boladi. Chunki satrlarda ifodalangan rostlar kongildan chiqqani uchun bevosita kongilga yetib boradi.
Kompetentli adabiyot oqituvchisi she’r mutolaasi asnosida konglidan kechgan hislarni soz yoki savol-topshiriqqa aylantira biladi, shu jihatlarga oquvchilar e’tiborini qaratib, ularni kongillaridan kechgan hislarga nom topishga yonaltira oladi.
Masalan: “ 1. Shoirning “Neki yozdim, Konglimni yozdim dega- nini siz qanday tushundingiz? 2. Sizningcha, “Ko'ngilni yozish nima degani? 3. “Kongillarni kongilga yozishni qanday tu- shundingiz? 4. Oquvchi shoirning konglidan, oz konglini oqiy oldimi? 5. Bu nimalarda koʻrinadi? 6. Bu olti misrali she’rda asosiy obraz qaysi? 7. Nega shoir olti qatorli sherda “ko'ngil” sozini olti marta qollagan?” va hk. Korinadiki, shaklan kichkinagina bolgan bu she’rning mohiyatiga kirish oqituvchi va oquvchidan bir qadar ham aqlan, ham ruhan zoriqishni taqozo etadi. Badiiy matnlar ustida shunday ishlash qobiliyatiga ega boʻlgan oqituvchi oquvchilarining ma’naviy kamoloti yolida togri ish olib borayotgan boladi.
Shu shoirning “Hech yoq” deb atalgan yana bir she’rini olib koraylik:

Qandayin tushingga kirdim, bilmadim,


Nahot baxt gulining bolsa armoni.
Demak, tushlaringga bejiz kirmadim,
Demak, senga hanuz zorman, armonim.

Soginch soqmoqlari... Tikonlar undi,


Bozsuv boylarida bozlashlar -xayol.
Umrning bu yogi bir ohli undir,
Endi unsiz-unsiz izlashlar - xayol.

Qani, u damlarga qaytolsak, qani,


Xato qildim, xato qildim, diloyim.
Bagringni bir umr band etdi ganim,
Hech yoq tushlaringga kirib turoyin...

Hech yoq tushlaringda... korib turoyin She’ri ifodali oqib berganidan keyin oqituvchi oquv- chilarning e’tiborini tortishni istagan orinlarini savol yoki top- shiriqqa aylantirib, ularga murojaat qiladi: “1. Ma’shuqa ko’rgan tushning ta’biri, sizningcha qanday?” Birinchi bandning keyingi ikki misrasida ilgari surilgan holat, odatda, boshqacharoq talqin qilinadi. Ya’ni, ma’shuqa oshiqni tush ko’ryaptimi, demak u haqda oylagan yoki shuurining bir chekkasida u bilan bogʻliq nima- largadir e’tibor qaratgan. Aslida, tushning ilmiy tarifi ham shu. “2. Unda nega she’r qahramonida buning aksi korinadi: “Demak, senga hanuz zorman, armonim” - bu satrlar kimga tegishli: oshiqqami yoki ma’shuqagami?” Oshiq oʻzining ma’shuqa tushiga kirishini ozgacha talqin qilyapti. Uning bu tushga bergan ta’biri hamma boshqa oshiqlar konglidan otishi mumkin bolgan holatning aksi. Ya’ni, armonga aylanib boʻlgan ma’shuqaning tushiga kirish, ogriqlari unutilmagan qadim muhabbatga intilish faqat oshiqning ozigagina daxldor. Bu holatga mashuqaning hech qanday aloqasi yoq. She’rda ma’shuqa tuygulari haqida birorta ham soz ishlatilmagan. “3. Mazkur she’r qahramoni boʻlgan oshiqning boshqa oshiqlardan farqli jihatlari haqida oʻylab koring. Buni, sizningcha, nimalarda koʻrish mumkin?” Ma’lumki, oshiqlar ma’shuqasini tushida korishni orzu qiladi va bu tabiiy hol. She’r qahramoni esa boshqa oshiqlarga oxshamagani holda hech qanday armoni yoq. Chunki u “baxt guli” – ma’shuqasi bilan uning tushlarida korishib turadi. Ma’shuqasi oz hayotiy tashvishlari bilan ovora. U oshiqning tuygularidan bexabar. Shuning uchun ham oshiq uni “baxt guli”, “baxt timsoli” deb biladi. “4. She’ming ikkinchi bandidagi: “Soginch soqmoqlari... Tikonlar undiwni qanday sharhlash mumkin, sizningcha?”. “5. Umrning bu yogi bir ohli undir, endi unsiz-unsiz izlashlar xayol”dan nimalarni angladingiz? Sizningcha, bu iztiroblar kimga tegishli?”. “6.Uchinchi bandning songgi satri: “Hech yoq tushlaringga... kirib turoyim bilan alohida satrga yozilgan oxirgi misra: “Hech yoq tushlaringda ... korib turoyinga e’tiboringizni qarating. Har ikki satrning mohi- yatiga kiring. Oxshash va farqli tomonlarini aniqlang.”


Bu satrlar oquvchining kongliga mayin hislar solib, ruhi- yatida inja tuygular uygotadi. Sherxon konglida oshiqqa nisbatan hamdardlik paydo boʻladi. Agar muallif “tushlarimda korib turayin” deganda bunday natijaga erisholmagan bolardi. She’r shu ikki satrda amalga oshirilgan fonetik oʻzgarishlar sabab sherxonni oziga boglab oladi.
Qarashlarni yakunlab shuni aytish mumkinki, oquvchilarini shu tariqa ishlashga, badiiy sozning mohiyatiga kirishga, sozni his qilib, undan tasirlanishga va tuyganlarini soz bilan ifodalab berishga orgata olgan oqituvchining ozi ham, u tarbiyalayotgan oquvchilari ham kompetentli shaxslar sanaladi.
Yurtimizda faol, intiluvchan, iqtidorli va yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega, zamonaviy bilim hamda kasblarni chuqur egallagan - bugungi va ertangi kunimizning hal qiluvchi kuchi bolgan yoshlarni voyaga yetkazish uchun barcha shart-sharoit va imkoniyatlar yaratilgan. Bugungi kunda fan va texnika rivoji ta’lim va uning natijalariga qoyiladigan talablarni tubdan ozgartirishni talab etmoqda. Shunga asosan, yangi avlod standartlarini yaratish pedagoglarning oldiga muhim vazifa qilib qoyilmoqda. Hozirgi vaqtgacha yaratilgan davlat talim standartlari tizimli-faoliyatli yondashuvga asoslangan, ya’ni ta’lim maskanlarining maqsadini bilim, konikma va malakalarni ozlashtirish tarzida aniqlashtirishdan iborat edi. Shu bois yangi davlat ta’lim standartlarini oz- ozini rivojlantirishga qaratilgan
Bunday reproduktiv tarzda ozlashtirilgan ma’lumotlar tinglovchining amaliy faoliyat tajribasini rivojlantirishga yetarlicha imkon bermaydi. Oqibatda, talabalar juda kop axborotni behuda jamgarilishi, ta’limning samarasi past ekani va uning real voqelikka mos kelmasligi kabi tafovutlar kozga tashlanmoqda. Aniqrogi, oquvchi real hayotdan uzoqlashib qolgandek, uning oldiga faqat ilgaridan toplangan axborotlarnigina ozlashtirish maqsadi qoyilgandek tuyuladi.
Yuqoridagi dolzarb muammolarni bartaraf etish maqsadida, ta’lim jarayonlarini turli yangicha yondashuvlar asosida tashkil qilish maqsadga muvofiq sanaladi. Muxtaram prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev “Yoshlarimiz mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma’naviy salohiyatga ega bolib, dunyo miqiyosida oz tengdoshlariga hech qaysi sohada bosh kelmaydigan insonlar bolib kamol topishi, baxtli bolishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz" [1], degan fikrlari ham mustaqil Ozbekistonimiz yoshlarini erkin fikrlashni tarkib toptirishga qaratilayotgani ham e’tibordan holi emas. Shunday ekan biz oqituvchilar hozirgi yangi davr talabi asosida darslarni tashkzamonaviy yondashuvlar asosida tashkil qilishimiz.
Ushbu muammoli vaziyatdan chiqishning yagona yoli -oily ta’limda yangicha, ya’ni kompetent yondashuvni joriy etishdir. Kompetent yondashuv tinglovchidan bilim va konikmalarni alohida-alohida emas, balki yaxlitlikda egallashni talab etadi. Mazkur talab bilan bogliqlikda, oz navbatida, oqitish metodlarini tanlash tizimi ham ozgarishga uchraydi. Oqitish metodlarini tanlash va amaliyotda qollash ta’lim jarayonida qoyiladigan talablarga muvofiq keladigan kompetensiya va funksiyalarni takomillashtirishni talab etadi.
Kompetent yondashuv oliy ta’limni modernizatsiyalash nuqtayi nazaridan yangi pedagogik voqelik hisoblanadi. Mazkur yondashuv doirasida amaliy faoliyat tajribasi, kompetensiya va kompetentlikni didaktik birliklar sifatida korib chiqish hamda ta’limning an’anaviy uch elementi (triada) – “bilim - konikma - malakani oltita birlik (sekstet) – “bilim konikma - malaka - amaliy faoliyat tajribasi - kompetensiya – kompetentlik” tarzida tahlil qilish talab etiladi. Dastlab “kompetensiya” tushunchasining mohiyatini aniqlashtirib olish zarur. Kompetensiya (lotincha soz bolib, erishaman, togri kelaman ma’nolarini bildiradi) - suyektning maqsadni qoyish hamda unga erishish uchun tashqi va ichki zaxiralarni samarali amalga oshirishga tayyorgarligi, boshqacha qilib aytganda bu subvaktning. samarali amalga oshirishga tayyorgarligi, boshqacha qilib aytganda, bu subyektning muayyan faoliyat obyekti bilan bogliq muammolarni muvaffaqiyatli hal etishga doir shaxsiy qobiliyatidir. Shuni alohida ta'kidlash lozimki, “kompetensiya” tushunchasiga berilgan aksariyat ta’riflar kasbiy ta’lim, kasbiy faoliyat bilan bogliqlikda bayon etilgan. Biroq umumiy orta ta’lim bilan bogliqlikda mazkur tushuncha innovatsiya tavsifiga ega bo'lganligi sababli, uning mohiyatini aniqlashtirishga alohida ehtiyoj mavjud.
Kompetensiya - lotincha “Competentia” soz bo'lib, o'zbek tilidagi lugaviy ma’nosi “inson yaxshi biladigan”, “tajribaga ega bolgan” kabi ma’nolarni bildiradi.
Kompetentlik - biron bir ishni samarali qila olish qobiliyati, ishni bajarishda talablarni qondira olish qobiliyati, aniq ishchi funksiyalarni bajarishda talablarni qondira olish qobiliyati [2].
Kasbiy kompetentlik - mutaxassis tomonidan kasbiy faoliyatni amalga oshirish uchun zarur bolgan bilim, konikma va malakalarning egallanishi va ularni amalda yuqori darajada qo'llay olinishidir [2].
L.M.Mitina pedagogik kompetentlik - deganda predmet haqidagi bilimlar, oqitish metodikasi va didaktikasi, pedagogik muloqot konikma va malakasi shuningdek oz ozini rivojlantirish oz o'zini takomillashtirish, ozozini amalga oshirish usullari va vositalarining uygun birlashishini tushungan.
U pedagogik kompetentlik tuzilmasida quyidagi uchta tashkil etuvchini ajratgan: faoliyatli, kommunikativ va shaxsiy. L.M.Mitina tomonidan taklif etilgan pedagogik kompetentlikni tuzilmalashtirishdan kelib chiqqan holda, biz, bolajak mutaxassislar uchun egallanish darajasi pedagogik kompetentlikning rivojlanish darajasini aniqlaydigan quyidagi kompetensiyalar majmuasi yetarli va zarur deb hisoblaymiz:
- faoliyatli yoki maxsus kompetensiya (bilim, konikma, malaka va pedagogik faoliyatni amalga oshirishning individual usullari);
- shaxsiy yoki kasbiy kompetensiya (kasbiy oz- ozini takomillashtirish va oz-ozini amalga oshirishga oid bilim, konikma va malakalar);
- kommunikativ kompetensiya (pedagogik faoliyatni ijodiy amalga oshirishga oid bilim, konikma va malaka)
Professionallik va kompetentlik tushunchalari umumiy xususiyatlarga ega. Shuni ta’kidlash kerakki, har doim ham belgilangan talablar va standartlarga toliq mos keladigan odamlar chinakam professionallar bolavermaydi, sabab, ba’zilari bilimlarni amalda qanday qollashni bilishmaydi, demak, bunday pedagogik faoliyat samarasiz bolib qolaveradi.
Kasbiy pedagogik kompetensiyalarni alohida turlarga ajratish maqsadga muvofiqdir:
- maxsus pedagogik kompetensiya;
- pedagogik faoliyatni zarur darajada amalga oshirish uchun yetarli ma’lumotga ega bolish. Bundan tashqari, pedagogning oz kasbiy darajasini munosib baholay olishi va mutaxassis sifatida oz rivojlanishini belgilash qobiliyati ushbu turga bogliq;
- ijtimoiy pedagogik kompetensiya;
- ijtimoiy vakolat darajasi pedagogning hamkasblari bilan munosabatlarni samarali qurishi, birgalikdagi harakatlarni rejalashtirish qobiliyatini belgilaydi. Samarali aloqa konikmalari, pedagogik madaniyat va ish natijalari uchun javobgarlik;
- bularning barchasi ijtimoiy pedagogik kompetensiya tushunchasiga kiritilgan;
- shaxsiy pedagogik kompetensiya;
- bu pedagogik ishni oqilona tashkil etish qobiliyati bolib, vaqtni boshqarish, shaxsiy osishga intilish uning asosiy tarkibiy qismlaridir [4-30].
Shaxsiy pedagogik kompetensiyaning yuqori darajasi ega bolgan ishchilar charchashga kamroq moyil, vaqt bosimida ishlashga qodir.

Download 60.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling