O’zbek tili va adabiyoti kafedrasi o‘ta-21. 2 Guruhi talabasi sultonova diloromning


Shoir timsolida komil inson qiyofasi


Download 184 Kb.
bet9/10
Sana18.01.2023
Hajmi184 Kb.
#1099241
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Jannatga Yol

2.3 Shoir timsolida komil inson qiyofasi. 
Komil inson tarbiyasi hamma davrlarda muhim ijtimoiy vazifa hisoblanib, yaxshi tarbiya koʻrgan insonga jamiyat boyligi deb qaralgan. Inson ziynati u egallagan bilimlari bilan oʻlchangan. Islom dini taʼlimotida bilimli insonlar yetuk deb sanalsa, mutafakkirlarimiz qarashlarida komil inson boʻlish uchun koʻpgina xususiyatlarni egallash lozimligi oʻz aksini topganini koʻrishimiz mumkin. Avloniyning fikricha, odam tugʻilishidan yomon xulq bilan tugʻilmaydi. Muayyan bir sharoitda yomon tarbiya natijasida ularda yomon xulq paydo boʻladi va shakllanib boradi. Insondagi qobiliyatni kamolga yetkazish tarbiya bilan amalga oshadi. Agar inson yaxshi tarbiya topib, yomon xulqlardan saqlansa, goʻzal xulqlarga odatlanib, voyaga yetsa, u barchaning hurmati va eʼtiboriga sazavor boʻladi. Aksincha boʻlsa, har qanday buzuq ishlarni qiladigan, nodon, johil, yovuz bir odam boʻlib yetishadi.
Abu Nasr Forobiy deydiki, inson kamolotga yolgʻiz oʻzi erisha olmaydi. U boshqalar bilan aloqada boʻlish, ularning koʻmagi yoki munosabatlariga muhtoj boʻladi. Bunga taʼlim-tarbiyani toʻgʻri yoʻlga qoʻyish orqali ham erishish mumkin. Chunki maqsadga muvofiq amalga oshirilgan taʼlim-tarbiya insonni ham aqliy, ham axloqiy jihatdan kamolga yetkazadi. Natijada inson tabiat va jamiyat qonun-qoidalarini toʻgʻri bilib oladi, hayotda toʻgʻri yoʻl tutadi, boshqalar bilan yaxshi munosabatda boʻladi. Komil insonni shakllantirish tarbiyaning bir butun, yaxlit ikki yoʻnalishi ekanligiga urgʻu beradi.
Abu Rayhon Beruniy komillikning asosini ilmli boʻlishda deb hisoblaydi va barcha illatlarning asosiy sababi ilmsizlikdir, deya urgʻu beradi. Allomaning fikricha, axloqiylik, toʻgʻrilik, odillik, tadbirkorlik, oʻzini vazmin tutish, kamtarlik, insof, ehtiyotkorlik, shuningdek, adolatli va vijdonli boʻlish komil inson qiyofasida aks etishi zarur boʻlgan eng asosiy sifatlardir.
Abu Ali ibn Sino ham kamolotga erishishning bosh mezoni sifatida bilimli boʻlishni alohida qayd etadi. Bilimli insonning adolatli boʻlishi esa uning yanada yuksalishini taʼminlaydi, deya baholab, adolat ruhiy xotirjamlikning muhim koʻrsatkichi ekanligini uqtiradi. Bolada axloqiy xususiyatlarni mehnat, jismoniy, aqliy tarbiya bilan uzviy birlikda shakllantirish, uni chin inson qilib kamol toptirishda asosiy omil deb biladi.
Alisher Navoiy asarlarida komil inson muammosi markaziy oʻrinni egallaydi va oʻz orzusidagi yetuk shaxsni asarlarining qahramonlari timsolida gavdalantirishga urinadi. U komil inson aqlli, axloqli, bilimli, ijodkor, qobiliyatli, dono, kamtar, insonparvar, saxovatli, sabr-qanoatli, adolatli, muruvvatli, sogʻlom, jismonan baquvvat, mard va jasur boʻlishi lozimligini taʼkidlaydi.
Shuningdek, ilm oʻrganish mashaqqatli yumush boʻlib, uni oʻrganishda ayrim qiyinchiliklarni yengib oʻtishga toʻgʻri kelishi, bu yoʻlda chidamli, qanoatli, bardoshli boʻlish orqaligina mukammal bilimga ega boʻlish mumkinligini uqtiradi.
Yusuf Xos Hojib har bir kishi jamiyatda munosib boʻlib kamol topmogʻi kerak, degan qarashni ilgari suradi. Buning uchun u tugʻilgan kunidan boshlab zarur tarbiyani olmogʻi lozim. Oilada qobil qizni tarbiyalash haqida fikr yuritar ekan, eng avvalo onalarning maʼrifatli boʻlishlari muhimligini taʼkidlaydi. Farzand tarbiyasi qancha erta boshlansa, shundagina ularning nooʻrin xatti-harakatlarga berilishining oldi olinadi.
Husain Voiz Koshifiyning uqtirishicha, insonni taʼlim-tarbiya orqali qayta tarbiyalash, aqliy qobiliyatini oʻstirish mumkin. U oʻzining pedagogik qarashlarida bolalarda mustaqil fikrlash qobiliyatini oʻstirish masalasiga alohida eʼtibor beradi. Ota-onalar, muallimlardan bu masalaga jiddiy yondashishlarini talab etadi. Bunda oilaviy hamda tashqi muhit muhim oʻrin tutadi. Bolaning toʻgʻri soʻzli, vaʼdaga vafodor, yaxshi xulqli boʻlib tarbiyalanishida ichki va tashqi muhitning ahamiyati katta.
Saʼdiy Sheroziy fikricha, oila, ota-ona bolaning baxti, kelajagi uchun zamin yaratuvchidir. Oilaning tayanchi otadir. U masʼuliyatli tarbiyachidir. Oʻz bolalarini tarbiyalashi, oʻqitishi, hunarga oʻrgatishi, jismonan chiniqtirishi kerak. Bola qobiliyatli va kamqobiliyatli boʻlishi mumkin. Qobiliyat oʻz-oʻzidan rivojlanmaydi. Uning rivojlanishi uchun bolani tarbiyalash kerak, tarbiya boʻlmasa, boladagi qobiliyat soʻnadi. Mutafakkir tarbiyani uchta asosiy turga: aqliy, nafosat va jismoniy mehnat tarbiyasiga boʻladi. Adib bola tarbiyasida ota-onaga, yaʼni oilaviy tarbiyaga katta eʼtibor beradi.
Komil Xorazmiy esa ilm-hunar, ilm-maʼrifat inson axloqiy kamoloti, ijtimoiy-maʼnaviy hayotning rivoji uchun xizmat qilishini taʼkidlaydi. U insondagi kamtarlikni eskirmaydigan, eng goʻzal insoniy fazilat deb biladi. Bu fazilatlarga ega boʻlganlar obroʻ-eʼtiborli, komil insonlardir. Chunki kamtarlik insonni turli noxushlik va xijolatdan saqlaydi hamda obroʻsini oshiradi.
Shoir, tarixshunos, tarjimon va xattot Shermuhammad Munis Xorazmiy tilga koʻp erk bermaslikni maslahat beradi. Uning taʼkidlashicha, ortiqcha soʻzamollik kishi boshiga qattiq tosh boʻlib tegishi mumkin. Shoir oʻz asarlarida xalqni adolatli, ongli, bilimli boʻlishga, jaholatdan yiroq turishga daʼvat etadi. Uning fikricha, adolat sharaf koʻrki, osoyishtalik, xushnudlikdir. U yoshlarni kattalar bilan muloqotda kamtarlikka, ularni hurmat qilib eʼzozlashga chorlaydi.
Mohlaroyim (Nodira)ning inson va tabiatga nisbatan qarashlarida faqat shaxsiy tuygʻu emas, balki yoshlar tarbiyasida milliy anʼanalarning roli haqidagi fikrlari ham namoyondir. U tarbiyani insonparvarlik gʻoyalari – adolat, insof, xalq manfaati bilan bogʻlaydi. Nodira hayotning tub mohiyatini yaxshilik binosini barpo etishdan iborat deb biladi. Uning fikricha, kimki tiriklik chogʻida yaxshilik bunyod etgan boʻlsa, oʻzining bu ezgu ishlari bilan oʻzidan keyin hayotda yorqin xotira qoldiradi.
Muhammad Rizo Ogahiyning ijodiy qarashlarida nafosat tarbiyasi ham yuqori baholanadi. Ogahiy milliy anʼanalarimizdan mehmondoʻstlikni goʻzal fazilat deb hisoblaydi. Mehmonga chuqur hurmat bilan qarash, mehmon kutish, kuzatish odobi Ogahiy ijodida oʻz ifodasini topdi, odamlarni bu fazilatni egallashga daʼvat etdi. Insonga doʻst va dushmanni ajratib olish, hayotda oʻz oʻrnini topib olishda gʻoyat muhimligini aytadi. Uning fikricha, toʻgʻrisoʻz kishilar hayotda qiyinchilik bilan yashasalar-da, dunyoning mavjudligini saqlab turadilar, mangu yashaydilar. U ilmlarni mukammal egallash va til bilish, goʻzal xislatlarni oʻzlashtirish insonni kamolotga eltuvchi yoʻl deb biladi.
Berdimurod Berdaq ijodini kuzatar ekansiz, shoir insonning shaxsiy baxtini xalq baxti bilan bogʻliq deb bilishini anglaysiz. Berdaqning fikricha, inson oliy axloqiy sifatlarga, chunonchi, begʻarazlik, olijanoblik, vijdoniylik, mehnatsevarlik, mardlik kabi fazilatlarga ega boʻlishi lozim. U yoshlarning aqliy tarbiyasida maktabning oʻrni katta ekanligini taʼkidlaydi. Maktabda bolani yaxshi xulq-atvorli qilib tarbiyalash lozim. Ayniqsa, dars beruvchi muallim oʻz xushmuomalaligi, pok qalbliligi, haqgoʻyligi, oʻz fanini puxta bilishi bilan bolalarga oʻrnak boʻlishi kerak. U inson tugʻilgan kunidanoq tarbiyaga muhtojdir, uning ilk tarbiyachilari, albatta ota-onadir, deb biladi.
Mirzo Ulugʻbek Markaziy Osiyo xalqlari ilm-fani va madaniyatini jahon miqyosiga olib chiqqan, pedagogik fikr taraqqiyotiga munosib hissa qoʻshgan ulugʻ siymolardan biri. U avvalo yosh avlodning aqliy va maʼrifiy tarbiyasiga katta ahamiyat berib, ularni dunyoviy bilimlarni egallashga daʼvat etadi. Faqat rivojlangan fan va madaniyat inson tafakkurining kamol topishini taʼminlashiga ishonadi. Allomaning uqtirishicha, bolaning bilim olishga boʻlgan qiziqishi, havasini oshirishda u tarbiyalanayotgan muhit muhim oʻrin egallaydi. Oilada ota-ona ayniqsa, oʻqimishli ota-ona oʻz farzandlarining haqiqiy inson boʻlib kamol topishiga alohida eʼtibor berishi lozim.
Mana shu kabi komil inson uchun har bir yozuvchi alohida ta’rif beradi. Abdulla Oripovning “Jannatga yo’l” dramatik dostonida ham komil inson uchun ta’riflar aynan yuqoridagi ta’riflar ososida ham shakllangan deyish mumkin. Chunki bu ta’riflar islom aqidasi asosida shakllangan hisoblanib shoirning “Jannatga yo’l” dramatik dostoni ham ana shunday islom aqidasi asosida va umuman inson komilligi ta’rifi asosida shakllantirilgandir.
Savob — yaxshi. Savob — mo'tabar. Biroq savobdan savobning farqi bor ekan.
Soydagi toshqinda yigit bir qizaloqni qutqardi, biroq o'zi bevaqt vafot etdi. Tarozibon hisob-kitobiga ko'ra, tasodif tufayli yoki faqat ayrim hollarda qilingan savobli ishning o'zigina jannatga tushish uchun yetarli bo'lolmaydi. «Savob degan narsa axir tasodif emas, Yetmish ikki tomirdan u oqib kelgusi”, deb yozadi shoir. Dostonda markaziy qahramon sifatida ijodkor shaxsning o'ziga xos qiyofasi yaratildi. Ijodkor hamisha el g'amida, haqiqat yo'lida ezgu ishlar qilishi, ezgu so'zlar aytishi lozim ekani ma'lum. Biroq mazkur fikr asarda qahramonga “narigi dunyoda” ko'rsatilgan munosabat orqali original yo'sinda talqin etiladi.Bosh qahramon Yigit hayotligida shoir bo'lgan. Mezon tarozisi yonida fe'l-atvori tekshirilganda jannatga tushish uchun ikki paysa yetmasligi ayon bo'ladi. Holbuki, u odamlardan yaxshiligini sira ayamagan, Halol, Insofli, Imonli. Unday bo'lsa, Yigitning gunohi nimada?
Tarozibon ma'lum qilishicha, Yigit huyoiligida shoir ekan, odamlarning boshiga yetgan hasadgo'y, qora yurak, tuhmatchi, pismiqlarni ba'zan ko'ra-bila turib, ularga qarshi kurashmagan, fosh etmagan. Azob ko'rganlarningdardini kuylash, ularm himuya qilish o'rniga, gul-u yulduzga she'r bitish bilan andarmon bo`lib yuravergan. Haqiqat tarozisining e'tiroficha bu ish gunoh sanalar ekan. Fitratning “Qiyomat”idagi Pochamir gunoh-savob o'lchovida Tarozibon bilan obdon tortishsa, A.Oripovning Yigiti gunohlarini bo'yniga oladi. Bu—shoir Yigit obraziga A.Oripov nainki asar yozilgan davr shoiri haqidagi xalq orzu-umidini, balki ijodkor shaxs haqidagi o'z idealini ham asarga singdirganini ko'rsatadi. Ota bilan dardlashuv, Ona sog'inchi Yigit obrazi ochilishida muhim rol o'ynaydi. A.Oripov — nozik realist. Ota — u dunyoda ham ota, ona — u dunyoda ham ona ekan-da. Ikkovlari u dunyoda ham farzandlariga jon kuydirish bilan ovora. Tamom pokdomon eding, o'zing ham boshqalardan jabr ko'rgansan, jabr chekkan-larga keragicha yordam bcrolmaganing noilojliging tufayii edi, deydi Ota. Yigitning esa, bu masalada endi chuqurroq o'z fitlsafasi bor. Uning shu holaldagi fikrlariga muallif katta ma'no yuldaydi. Yigit shunday xulosaga keldi: insonning faqat pokdomonligi hali butkul gunohsizlik uchun asos bo'lolrnas ekan. O'zgalarning azob chekishiga sababchi bo'lgan kimsalarga qarshi kurashmaslik o'sha azoblarni keltirib chiqaruvchi sabablarga sheriklik kabidir. Shoir esa, shunday mukarram zotdirki, hayotdagi yaramaslikka, qabihlikka qarshi kurashish uning xohishi emas, burchidir. Bu ishni amalga oshirmagan ekan, demak, toptalgan or-nomus uchun, yomonlar tufayli ojiz-bechoralarning azobda qolgani uchun u ham aybdordir, gunohkordir.A.Oripov hayotdagi murakkablik, ziddiyatlarni «u dtmyolidagi qahramonlar orqali ham namoyon etish lozimligini unutmaydi. Bu e'tibor xarakter hayotiyligi. haqqoniyligini ta'minlashda muhim rol o'ynaydi. Mualiif Yigitning yaxshi niyatlarni amalga oshira olmagani sabablari bo'lganini ko'rsatadi. U ham ne-ne ig'volarga uchragan, sadoqatli odamlarga muhtoj, gohi yolg'iz, gohida nochor edi. Yolg'iz edi dimyoda u, lekin chinakam Yolg'izlatib qo'ygan edi hayot beshafqat.
Umuman, Oripovning she'r va dostonlarida olg‘a surilgan ma'naviy muammolar mustaqillik davrida, ayniqsa, dolzarb ahamiyat kasb etib, shoirning xuddi shu masalalar tasvirida o‘z davriga nisbatan (ularning aksari 90-y.larga qadar yozilgan) ilg‘orlab ketganini namoyish etdi. Uning ijodida, bir tomondan, G‘afur G‘ulom lirikasiga xos falsafiylik ko‘zga tashlansa, ikkinchi tomondan, Hamid Olimjon she'rlariga xos musiqiy ravonlik va badiiy soddalik aks etib turadi. Mazkur 2 manba Oripov she'rlarida o‘zaro tutashgan holda orifona she'riyatning asosiy xususiyatlarini ifodalab keladi.
Abdulla Oripov shoir timsolida komil inson qiyofasini ana shu tarzda ifodalaydi va bu dostonning falsafiyligi va badiiyligiga o’zgacha ta’sir ko’rsatadi. Biz bu dramatik doston orqali komil inson qiyofasini yana bir bor kashf etamiz.

XULOSA
Xulosa tariqasida shuni aytishmumkinki, Abdulla Oripovning “Jannatga yo’l” dramatik dostoni o’quvchida o’zgacha taasurot qoldiradi. Shoir uchun bu asar katta shuhrat keltirgan. 1980-yil chop etilgan bu asar katta qiyinchiliklar bilan nashrdan chiqqan va uni mushtariylarga yetkazishga shoir juda harakat qiladi.Hattoki, bu asar qo’lyozmasi yo’qolganida, uni shoir qaytadan eslab, yozib chiqadi. Bundagi maqsadni esa shoir quyidagicha aytib o’tadi:-”Bular ham axir tarix-ku! Ko’zim ochiqligida bu gaplarni aytmasam, kim sizga guvohlik beradi?”
Shoirning qalbidagi bu so’zlar har bir mutolaachiga o’zgacha ta’sir etadi. Ularni yana bu asar falsafiyligi haqida o’ylashga, fikrlashga chorlaydi. Biz bu dramatik doston orqali: inson hayotda ezgu amallarni ado etib yashab o’tish, hayotda qilgan savoblarimizga hali qabul bo’lgan yoki bo’lmaganini bilmay turib, katta miqdor bermaslik,kibrlanmaslik , ota-onaga hurmat darajasini yuksak ko’tarish va hatto ularni bir bora ham senlamaslik, har bir amalni Alloh rizoligi uchun amalga oshirish, do’stga nisbatan ulkan hurmat va mehrni his qila bilish, mening savoblarim ko’p deya fikrlamaslik va boshqa ko’plab shu va shu kabi xulosalarni olamiz o’zimizga.Ushbu gramatik dostonning falsafiyligi va badiiyligi ham balanddir. Unda shoir qiyofasida komil inson qiyofasini yana bir bor kashf etam

Download 184 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling