O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi o`zbek adabiyoti tarixi


Download 1.1 Mb.
bet18/155
Sana18.02.2023
Hajmi1.1 Mb.
#1211254
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   155
Bog'liq
portal.guldu.uz-O`quv-uslubiy majmua

2- asosiy masala: Navoiy - g’azalnavis.
O’qituvchi maqsadi: Alisher Navoiy g’azaliyotining shakliy,g’oyaviy xususiyatlari va yetakchi qahramonlari bilan tanishish orqali ijodkorning ulkan shoirona jasorat sohibi ekanligini dallilash.


Identiv o’quv maqsadlari:
2.1. Talaba shoirning g’azal mulkining sultoni ekanligiga ishonch hosil qiladi.
2.2. Navoiy g’azaliyotining hajman buyukligi, she’riy janrlarga boyligining guvohi bo’ladi.
2.3Navoiyning daho shoirligiga talaba tan beradi.
2- asosiy masalaning bayoni:
Alisher Navoiyning o’zbek tilidagi qomusiy devoni «Xazoyin ul-maoniy» mumtoz adabiyotimiz xazinasidagi jozibali she'riyatning eng yuksak cho’qqisi sanaladi. Ulug' shoirning kichik she'riy janrlar taraqqiyoti tarixidagi muhim xizmatlaridan biri shuki, u o’zi yashagan davriga qadar turkiy badiiy so’z san'atida mavjud bo’lgan g’azal, masnaviy, qasida, tuyuq, qit’a, ruboiy, fard, soqiynomani yuksak ravnaq pog’onasiga ko’tardi. Shuningdek, yig’ma devonlarini rang-barang mavzularda bitilgan, turkiy she'riyat uchun nisbatan taqchil bo’lgan muxammas va musaddas, musamman va mustazod, tarje'band va tarkibband, muammo va lug’z-chiston singari adabiy shakllar bilan bezadi.
Alisher Navoiy ma'naviy merosi tarkibidagi 16 janr orasida g’azal alohida mavqega ega. Ulug’ shoir o’ziga xos uslubda ijod etgan bunday badiiy yaratmalarida, avvalo, mavzuni batafsil yoritish uchun matla’da aytilgan fikrni mantiqiy rivojlantirib borish, she'r qahramoni hissiy-ruhiy kechinmalarini badiiy san'atlar yordamida haqqoniy va samimiy tasvirlashga erishdi. Oshiqona g’azallari tarkibida mav'iza pand-nasihat mazmunidagi baytlarga keng o’rin berdi.
Ayni mayl g’azal janrini tor oshiqona qoliplardan ma'no-mavzu ko’lamdorligiga olib chiqish uchun qulay imkoniyat yaratdi. Badiiy tasvir vositalaridan foydalanishda ulug’ shoir yuksak san'atkorlik namunalarini namoyish qildi. o’zidan keyingi ijodkorlar uchun ilhom manbai, adabiy maktab vazifasini o’tagan navoiyona bunday uslubning shakllanishida, shubhasiz, XV asrga qadar musulmon mintaqa adabiyotida vujudga kelgan adabiy an'analarni teran o’rganish muhim ahamiyat kasb etgan. G’iyosiddin Xondamirning ma'lumotiga ko’ra, Alisher Navoiyning bolalik chog’laridanoq ulug’ turkiygo’y shoir malik ul-kalom Mavlono Lutfiyning nazariga tushib, uning yuksak bahosiga loyiq ko’rilishi yosh shoirning ijod maydonida zavq bilan javlon urishi uchun o’ziga xos adabiy maktab vazifasini o’tagan. Xazoyin ul-maoniy» tarkibidan o’rin olgan besh musammat
(3 muxammas, 2 musaddas) barchasining faqatgina Mavlono Lutfiy g’azallariga bog’langan taxmislar ekanligi fikrimizni to’la quvvatlaydi. Ulardan birining maqtaida quyidagi satrlar mavjud:
Har gado egnida bo’lsa eski to'n yo choki jayb,
Bilmay asli niyatin qilnoq g’alatdur shakku rayb,
Ey Navoiy, chun sanga ma’lum emastur sirri g’ayb,
Lutfini mayxonada oshufta ko’rsang, qilma ayb,
Kim, bu majnun ixtiyori zulfi qullobindadur. (5. 457.)



Download 1.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling