O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi o`zbek adabiyoti tarixi


FAN BO’YICHA TA’LIM TEXNOLOGIYALARINI ISHLAB CHIQISHNING KONSEPTUAL ASOSLARI


Download 1.1 Mb.
bet3/155
Sana18.02.2023
Hajmi1.1 Mb.
#1211254
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   155
Bog'liq
portal.guldu.uz-O`quv-uslubiy majmua

FAN BO’YICHA TA’LIM TEXNOLOGIYALARINI ISHLAB CHIQISHNING KONSEPTUAL ASOSLARI
Bilim olish jarayoni bilan bog’liq ta’lim sifatini belgilovchi holatlar: darsni yuqori ilmiy-pedagogik darajada tashkil etilishi, muammoli mashg’ulotlar o’tkazish, darslarni savol-javob tarzida qiziqarli tashkil qilish, ilg’or pedagogik texnologiyalardan va multimedia qo’llanmalardan foydalanish, tinglovchilarni mustaqil fikrlashga undaydigan, o’ylantiradigan muammolarni ular oldiga qo’yish, talabchanlik, tinglovchilar bilan individual ishlash, ijodkorlikka yo’naltirish, erkin muloqotga kirishishga, ilmiy izlanishga jalb qilish kabilar ta’lim ustuvorligini ta’minlaydi. Fanni o’qitishning maqsadi va ta’lim berish texnologiyasini loyihalashtirishdagi asosiy kontseptual yondashuvlar quyidagilardan iborat.
Fanning maqsadi: «O’zbek mumtoz adabiyoti tarixi» fani adabiyotimiz tarixini o’rganishga bag’ishlanganligi bilan muhim ahamiyatga ega. Uning mustaqil fan sifatidagi shakllanish bosqichlari, bu fanning o’quvchilar ma’naviyatini shakllantirishdagi ahamiyati, o’ziga xos xususiyatlarni o’rganish asosida talabalarda ilmiy iftixor tuyg’usini shakllantirish.
Fanni o’qitishning vazifalari: Mazkur fanni ta’limning zamonaviy talablari darajasida o’rganish, talabalarni «O’zbek mumtoz adabiyoti tarixi»ning o’ziga xos tomonlari bilan tanishtirish orqali ularning intelektual salohiyati va ma’naviyatini o’stirish.
Shaxsga yo’naltirilgan ta’lim. O’z mohiyatiga ko’ra ta’lim jarayonining barcha ishtirokchilarini to’laqonli rivojlanishlarini ko’zda tutadi. Bu esa ta’limni loyihalashtirilayotganda, albatta, ma’lum bir ta’lim oluvchining shaxsini emas, avvalo, kelgusidagi mutaxassislik faoliyati bilan bog’liq o’qish maqsadlaridan kelib chiqqan holda yondoshishga e’tibor qaratishni amalga oshiradi. Har bir talabaning shaxs sifatida kasbiy takomillashuvini ta’minlaydi. Ta’limning markaziga bilim oluvchi qo’yiladi.
Tizimli yondoshuv. Ta’lim texnologiyasi tizimning barcha belgilarini o’zida mujassam etmog’i lozim: jarayonning mantiqiyligi, uning barcha bo’g’inlarini o’zaro bog’langanligi, yaxlitligi bilim olish va kasb egallashning mukammal bo’lishiga hissa qo’shadi.

Download 1.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling