O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi o`zbek adabiyoti tarixi


Download 1.1 Mb.
bet30/155
Sana18.02.2023
Hajmi1.1 Mb.
#1211254
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   155
Bog'liq
portal.guldu.uz-O`quv-uslubiy majmua

Zaruratkim solib bir o’zgacha tarh,
Bu mehnatnomani qilgimdurur sharh (8, 46)
Ana shu ishoradan ravshanki, dostonda ifodalangan sevgi sarguzashtlari mehnat, hunar, qahramonlik, jasorat, sadoqat, yuksak insoniy birodarlik singari qator olijanob g’oyalarni yuzaga chiqarish uchun xizmat qilgan. Shu bois Alisher Navoiy tasviridagi Farhodni yuz baloga giriftor qilgan yagona dard - bu uning Shiringa bo’lgan samimiy va beg’ubor muhabbati bo’ladi. Aslida bu javonmardning, ya'ni Farhodning fe'1-atvori va tabiatiga ishq o’ti endi ta'sir qilayotgani yo’q. U dunyoga ko’z ochgan kundanoq uning qismatida ishqiy mojarolar bitiJgan edi. Shahzoda va taqdiri toj-u taxt qurshovida bo’ladigan Farhodni nimalar kutmoqda edi, degan savolga shoir uning ismi birinchi sharhi munosabati bilan yozadi:
Jamolidin ko’rungach farri shohi,
Bu fardin yorudi moh to bamohi.
Quyub yuz himmat-u iqbol-u davlat,
Hamul far soyasidin topdi ziynat.
Bu javharlarg’a chu isnod topti,
Murakkab aylagach Farhod topti (8, 67).
Muammo qoidalariga amal qilgan ulug’ shoir shu olti satrda shahzoda Farhod nasibasiga nimalar bitilganligi, aniqrog’i, shu muborak ismning birinchi sharhini berayotir. «Farri shohiy»dan (shohlik savlati, izzati, qadr-u qimmati) «Far»ni (porloqlik, hashamat, shukuh, bezak) olib, unga «Himmat», «Iqbol» (arab yozuvida alif bilan yozilishi nazarda tutilgan) va «Davlat» so’zlarining bosh harflarini ilova qilish orqali (Far - h - o -d) yasalishi ko’rsatilmoqda. Boshqacha aytganda, toj kiyib, taxtda o’tiiganida Farhodga o’sha fazilatlarning hamdam bo’Ushi tayin edi. Odam Ato singari zuvalasi ishq sharobi-la qorilgan bu farxunda shahzoda nomining ikkinchi talqini esa quyidagicha beriladi. Bu o’rinda ham ulug’ shoir muammo qonun-qoidalariga ko’ra ish ko’radi:
Bu nav' ermas ato qo’ymadi otin
Ki, ko’rgach ishq aning pokiza zotin.
Anga farzona Farbod ism qo’ydi,
Hurufi ma'xazin besh qism qo’ydi.
Firoq-u rashk-u hajr-u oh ila dard,
Biror harf ibtidodin aylabon fard.
Borin ustodi ishq etgach murakkab,
Tarakkubdin bu ism o’ldi murattab (8, 67).
Parchadan ikki jiddiy xulosa o’rtaga chiqadi. Birinchidan, tug’ilgan yosh chaqaloqqa bu ismni otasi qo’ygani yo’q. Azal kotiblari uning peshonasiga ishqiy qismatni katta qilib yozib qo’ygani uchun ham «Ustodi ishq» unga Farhod nomini ravo ko’rdi. Ikkinchidan, ushbu nom shunchaki qo’yilga emas. U «tarakkub» (bir necha moddaning birikishidan hosil qilish) talaboti asosida yuzaga kelgan sirli nomdir. Chinakam ishq yo’lini tanlab olgan va vmi yuksak ilohiy ne'mat maqomida qabul qilgan oshiq hech qachon aizongina visol nashidasi payida bo’Lmaydi. «Otadan o'g’il»-deganlaiiday Odam Atoning zurriyodi bo’lgani uchun ham Farhod pokiza ishqning kuyish, kuydirish oiqali poklanishga olib boruvchi tanti yo’liga munosib ko’rildi. Bunday sharafiii uning nasibasiga «Ustodi ishq»-Alloh munosib ko’rgani uchun ham «firoq», «rashk», «dard», «oh», «hajr» so’zlari birinchi harflarini tarakkub etishni loyiq topdi. Aksariyat hollanda arab yozuvida «a» harfi ifodasini toptnay qoladi. Shu qoidaga asosan Farhoddan ikkinchi harf «fard» bo’lgani, ajralib chiqqani (yozilmasligi) uchun nom so’zning arab alifbosidagi imlosida uning ko’rilmasligi lutf san'ati orqali shama' qilinadi.Alisher Navoiy Farhodning ma'naviy-jismoniy kamolotini uning bolalik yillaridan boshlaydi:
Uchunchi oy ravon bo’ldi savodi,
Burung’i yilda Qur'on bo’ldi yodi.
Agar bir qatla ko’rdi har sabaqni,
Yana ochmoq yo’q erdi ul varaqni...
o’qub o’tmak, uqub o’tmak shiori,
Qolib yodida safha-safha bori (8, 70).
Farhodning hunarga bo’lgan ishtiyoqi yilning to’rt fasliga moslab uning uchun bunyod etilayotgan hashamdor qasrlar qurilishi jarayonida yanada yorqinroq ko’zga tashlanadi. Shu o’rinda Alisher Navoiyning naqshbandiya tariqatining sidqiy muridi ekanligini yana bir karra his qilish qiyin emas. Asarning faqatgina XV bobida naqqosh, naqshin, naqshpayvand, naqshband kabi so’z-u birikmalar 15 martaga yaqin ifoda etiladi. Shuningdek, Farhodning qurilish jarayonida qo'l keladigan hunarlarni, ayniqsa, teshaga suv berib toblash, tosh kesish, naqsh solishni mohirlik bilan o’rganishida ham o’sha mayl seziladi. Aslida asarning 12-bobidan Farhodni Shaxs, Oshiq, ma'naviy-ma'rifiy olami shakllangan Inson pag’onasiga ko’tarish uchun tayyorlash jarayoni boshlanadi, «Tabiiy, riyoziy, ilohiy» fanlarni mukammal o’zlashtiigan Farhod qiyosida «Arastu kichik bir shogirdi»ga aylanib qoladi. Farhod— shahzoda, uning istiqbolida taxt turibdi. Tqj-u taxt esa qo’shin bilan himoya qilinadi. Uni sarkarda boshqarishi, ehtiyoj tug’ilganda oldinda shohning o’zi ot surishi va birinchi qilichni uning o’zi chopishi lozim. Shuning uchun Xoqon suyukli Farhodini jismoniy jihatdan shakllantirishga alohida e'tibor qiladi. Muallifning o’z e'tirofi bilan aytganda: «Bo’lub o’n yoshqa umrining mururi, yigirma yoshcha qadd-u jism-u zo'ri» bo’lib qoladi. Pahlavonsifat Farhod harbiy ilm-u mashqlarni ham maromiga yetkazib o’iganadi. Natijada «Qilichi zarbasi olinda har marz, Shigof andoqki suvdin yer aro darz» darajasiga ko’tariladi. Bunday qudrat-u shiddat faqat harb maydoni uchun emas, balki ishq-u hunar olami uchun ham zarur edi. Shundan bo’lsa kerak, dostonning 14-bobida Mulkoro sarkorligida yilning to’rt fasliga mo’ljallangan to’rt qasrning bunyod etilishi tashvish-taraddudlari boshlanadi. Keyingi boblarda esa (14-15-boblar) Farhodning toshyo’nuvchi Qoran, musavvir—naqqosh Moniy bilan tanishuv jarayonlari kechadi. Farhod—Alloh marhamatiga muyassar inson. Uning kuch-quvvatiga munosib fahm-u farosati, aql-u zakovati, zehn-u idroki bor. Alisher Navoiy ana shu tarzda uni komillikning ibratli maqomiga ko’tarish uchun tayyorlay boradi. Farhod Qoranning po’lat teshaga suv berishi sir-u asrorini o’iganadi. Bunday tesha xoroni—tog’ning eng qattiq toshini pichoq suvni ypxud yog’ni kesganday kesadi. Alisher Navoiy ijodiy uslubining tarkibiy qismi bo’lgan dalillash, ishontirish san'atlariga «Farhod va Shirin»da ayricha uig’u beriladi. Shundan bo’lsa kerak, asarda vazifasiz, muallaq turuvchi lavhani topib bo’lmaydi. Ana shu ma'noda muallif Farhodning kasb o’rganishini asoslash barobarida uni hunarli, iymon - e'tiqodi but, Alisher Navoiyning o’z so’zlari bilan aytganda «Demonkim ko’ngli pok-u ham o’zi pok, tili pok-u so’zi pok-u o’zi pok» naqshbandiya soliki maqomiga ko’tarib qo’yadi. Alisher Navoiy talqinicha, Farhod o’n to’rt yoshida balog’atga yetdi, uning qalbida ishq o’ti paydo bo’ldi. Aslida Farhod qismatida ishqdan dardnoklik u dunyoga kelgan kundan mayjud edi. Biroq shahzoda va uning atrofidagilar bu hazinlikning sababini idrok etolmasdi. Xoqon buyrug’i bilan qurdirilgan yilning to’rt fasliga mos hashamatli qasrlar ham Farhod qalbidagi tushkun kayfiyatni dunyo go’zalliklari bilan forig’ etish yo’lidagi bir urinish bo’ldi. Chin hukmdori farzandi ko’ngUni g’ashlik g’uboridan ozod qilish maqsadida bir yil davomida to’rt qasrda bazm uyushtirdi. Biroq bunday tadbirlar bilan shahzoda holida hech qanday o’zgarish paydo bo’lmadi. Xoqon dilbandining ruhiyatidagi o’sha tushkun kayfiyatni siquv ostiga olish orzusi bilan yashar, ammo o’zining barcha sa'y-harakatlari besamar ketishidan ajablanardi. U mamlakat taxtini shahzodaga topshirish vaqti keldi, deb o’ylaydi. Xoqon Farhodning bu ishga har jihatdan mos ekanligini yurak-yurakdan his etardi. Toj-u taxt o’g’lini anduhlar girdobidan xalos etishiga ishonardi.
U saroy ahlini chaqirib ulkan yig’in o’tkazadi. Farhodga taxti oldidan joy berib dilidagilarni tiliga keltira boshlaydi. Shoh Alloh beigan toj-u taxtdan minnatdorligini, buning ustiga Tangri unga Farhoddek solih farzand in'om etganidan mamnunligini bayon etadi. Keyinchalik muddaoga o’tib, yagona tilagi o’zining farzandi arjumandini taxt uzra ko’rish ekanligini Farhodga quyidagicha ma'lum qiladi:

Download 1.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling