O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi o`zbek adabiyoti tarixi


Download 1.1 Mb.
bet39/155
Sana18.02.2023
Hajmi1.1 Mb.
#1211254
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   155
Bog'liq
portal.guldu.uz-O`quv-uslubiy majmua

Nazorat topshiriqlari:
1. « Layli va Majnun » syujetining Navoiygacha ishlanish tarixini aytib bering.
2. Layli va Majnunning pok sevgisi haqidagi mushohadalaringizni bayon qiling.


3- asosiy masala bo’yicha darsning maqsadi: Talabalarga «Layli va Majnun» dostoni- ning obrazlari haqida ma’lumot berish.


Identiv o’quv maqsadlari:
1. «Layli va Majnun» dostonida Qaysning qanday shaxs ekanligini bilib oladi.
2. «Layli va Majnun» dostonida obrazlar xilma-xilligiga amin bo’la oladi.
3- asosiy masalaning bayoni:
Qays - dostonning bosh obrazi. U oshiq, iste`dodli shoir, olijanob inson. U keksa qabila boshlig’ining o’g’li. Uni 4-5 yoshlarida o’qishga beradilar. Uning butun umri Layliga bo’lgan sevgisiga bag’ishlangan. Qays bu yo’lda ko’p qiynaladi. Halok bo’ladi. Qays farzandga orzumand oiladi tug’iladi. Ota-onasi unga mubtalo:
Sevmakda ato-ano muvofiq,
Ma`shuq bir erdi, ikki oshiq.
Yetgach yoshi to’rtu besh arosi,
Ta`lim so’zin solib atosi.
O’z qabilasida maktab bo’lmagani uchun Laylining qabilasidagi maktabga beradilar. Shu orada Laylini uchratadi. Bog’ sayrida ko’rib qolib, hushidan ketadi:
Ota-onasida g’am uza g’am,
Ne g’am uza g’amki, so’gu motam.
Bu mehr ila manglayin o’pti
Ul boshig’a evrulurg’a qo’pti.
Fahm ayladi qays chun bu holat
Suv qildi vujudini xijolat
Ul birga xijolat aylabon fosh
Bu bir oyog’idin olmayin bosh
Ya`niki uyotdin o’zda qolmay
Andoqki yuqori boqa olmay
Chun ko’rdi ato bila onosi,
Kim oni halok etar hayosi (21-bet).
Sevgi Qaysni aqldan ozdiradi. O’zini boshqara olmay qoladi. Gap-so’zlar, choralar unga ta`sir etmaydi. Dardli kishilar, oshiqlar uni tushunadilar. Bag’ri toshlar uning bu holidan kuladilar. Majnun (jinni) deb ataydilar:
Layli, Layli debon chekib un
El deb: Majnundir, ushbu Majnun.
Laylining otasi dastlab unga achinadi:
...Aqli komilu, kalomi ma`qul,
Bor erdi menga ham asru maqbul.
Laylining otasi qizini maktabdan chiqaradi. Majnun va otasiga do’q uradi:
Bilmongmu shukuhi savlatimni
A`rob aro molu-shavkatimni?
Ham o’g’lunga, ham senga bilurmen
Kim har ne qilay desam qilurmen. (26-bet).
Majnunga kishan uriladi. Layli qon yig’laydi. Majnun hajga olib boriladi. U erda Majnun shunday tilovat qiladi:
Bu ishq o’tikim, bayon qilurmen,
Muhlik g’amini ayon qilurmen
Demonki, meni tarabg’a xos et
Yoxud g’ami ishqdin halos et.
Dermanki, menga bu o’tni har dam
Afzun qilu, qilma zarrae kam...
Qays Navfal hurmatini qozonadi. Navfal uni ham o’g’il, ham kuyov qilib, qizini berishga qaror qiladi. Navfal qizining ko’ngli boshqada. Majnun uni tushunadi. Dostondagi Layli o’zining tashqi qiyofasi bilan ham ma`naviy dunyosi bilan ham ajralib turadi. Bilim oladi. Majnunning dardlarini anglaydi. U bilan birga iztirob chekadi. Laylining otasi uni Ibn Salomga berishini eshitib qayg’uga botadi. Asardagi Navfal obrazi ham o’ziga xos. U bahodir va olijanob. Dashtda ov qilib yurib, Qaysni uchratadi. Unga hamdardlik ko’rsatadi. Laylining otasiga uchrashadi. qaysi yo’l bilan bo’lsada Qaysni baxtli qilishni o’ylaydi. Dostonda Qaysning ota-onasi, Laylining onasi va enagasi ijobiy obrazlardir.
Laylining otasi, Ibn Salom salbiy obrazlardir. Navoiyning «Layli va Majnun» 38 bobdan iborat. Har bir bob saj` yo’li bilan yozilgan maxsus sarlavha bilan boshlanadi. Asarda psixologik tasvir, ruhiy kechinma kuchli. Doston xotimasida shoir tomonidan shunday misralar bitiladi:
So’ngin nechakim uzottim oxir,
Yig’lay - yig’lay tugottim oxir.
Layli va Majnun bahorda uchrashadi. Sevishadi. Sevgilari xazon faslida poyoniga etadi. Shoir jonlantirishdan keng foydalangan.
O’rgamchi shaboqqa julni tirmab,
Tumshug’ini rishta birla chirmab...
Tazod:
Majnun tobonig’a qo’ydi boshin (qarshilantirish)
Na`l etti etuklarig’a qoshin (o’xshatish)
Laylining vafoti munosabati bilan onasi chekkan nola kishini larzaga soladi.
Bu doston ozarbayjon, turk, turkman, tatar va boshqa xalqlar orasida keng shuhrat topdi. Fuzuliy «Layli va Majnun» dostonini yozdi. Umar Boqiy «Layli va Majnun»ning nasriy variantini yaratadi. Xalq shoirlari Navoiy dostoni asosida «Layli va Majnun»ning folklor variantini yaratdilar.



Download 1.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling