O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi o`zbek adabiyoti tarixi
Download 1.1 Mb.
|
portal.guldu.uz-O`quv-uslubiy majmua
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fanning maqsadi va vazifalari
GLOSSARIY LUG’ATI
Advor va musiqiy ilmi – bastakorlik va musiqashunoslik ilmi Aqoidi diniy – diniy qoidalar targ’ibotchilari Bahromi go’r – “Sab’ai sayyor” dostoni qaharmoni. Go’r – qulon, kiyik turi. Shoh Bahrom shu turdagi kiyielarni ovlashni xush ko’rgani uchun unga shu laqab berilgan. Zuhal – Saturn planetasi Iyjoz – arabcha-qisqa, lo’nda degani. Oz so’z bilan ko’p ma’no ifoda etish. Kavkabi anzori – yulduzlar o’zaro munosabat darajalari Majoz – arabcha – ko’chma ma’nodagi so’z degani Masnaviy – arabcha ikkilik degani. 2ta o’zaro qofiyalangan misralardan tarkib topuvchi band turi, shunday bandlardan tarkib topuvchi she’riy asar Soqiynoma – soqiy nomidan aytiladigan she’r Tariqat – tasaqqufdagi bosqichlarning umumiy nomi. Masalan, Naqshbandiya tariqati va h.k. Tasavvuf – suf (so’fiylar kiyimi) so’zidan olingan bo’lib, mumtoz adabiyotdagi diniy yo’nalish “Tuhfatul afkor” – Navoiyning Abdurahmon Jomiyga bag’ishlab yozgan qasidasi nomi Qulzum – Hozirgi Suvaysh yaqinida, Qizil dengiz bo’yidagi port Qorun – bahilligi uchun Ollohning qahriga uchragan va butun mol-mulki bilan er yutgan odam Qof – er sharini halqa shaklida o’rab olgan afsonaviy tog’. Ba’zan Qof tog’i Kavkaz tog’i o’rnida tasavvur etiladi Huruf roqimi – harflarni bituvchi shaxs. Kirish Ushbu dastur O’zbek filologiyasi fakultetining 1-, 2-, 3-bosqich bakalavr yo’nalishidagi talabalar uchun mo’ljallangan. Mazkur dastur “O’zbek mumtoz va milliy uyg’onish adabiyoti” fanining dolzarb muammolari, adabiy-madaniy muhit haqidagi qarashlar va ularga munosabat, tarixiy-adabiy jarayonning taraqqiyot qonuniyatlari va ijtimoiy muhit bilan bog’liqligi, jadidchilik harakatining adabiyotdagi ifodasi o’laroq dunyoga kelgan milliy uyg’onish adabiyotining xos xususiyatlari kabi masalalar to’g’risida ma’lumot beradi. Fanning maqsadi va vazifalari Talaba yoshlarni xalqimizning boy ma’naviy merosiga suyangan holda ajdodlarga hurmat ruhida tarbiyalashga qaratilgan. Adabiy-badiiy manbalarni, o’zbek mumtoz va milliy uyg’onish adabiyoti namunalarini o’rgatish, o’zlashtirish orqali ularning dunyoqarashini kengaytirish, tafakkur ko’lamini yuksaltirish, komil ma’naviyatni shakllantirish nazarda tutilgan. Mazkur fan oldiga quyidagi vazifalar qo’yilgan: - O’zbek mumtoz va milliy uyg’onish adabiyoti namunalari bilan izchil va tizimli suratda tanishtirish; noyob adabiy hodisalar, badiiy va ilmiy asarlarning jamiyat, millat va shaxs rivojidagi ahamiyatini tushuntirish; talabalarda badiiy asar mohiyatini chuqur yanglash, ularni tahlil va talqin qilish ko’nikmasini shakllantirish; mavjud matnlarni tahlil va tadqiq etish, teran ilmiy-nazariy xulosa va echimlarga kelish; egallangan bilim va malakani xalq ma’naviyatini rivojlantirish yo’lida amaliyotga tatbiq etishdan iborat. Download 1.1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling